Qon guruhingiz nima deydi?

Aslida XIX asr oxirlariga kelib, qon guruhi borasidagi tadqiqot va izlanishlar avj oldi.
1907-yili Chex olimi Ya. Yanskiy insonlarda to'rt xil qon guruhi mavjudligi, qon tarkibidagi oqsillarga aloqador tarzda kishilar xarakteri nasldan-naslga o'tishi to'g'risidagi ilmiy farazlarni e'lon qildi.
Shundan so'ng qon guruhlarini o'rganish bo'yicha izlanishlar avj olib ketdi.
O'tgan asrning 20-yillarida Yapon olimlari bu mavzuni davom ettirishdi.
1971-yilda Masaxiko Nomining
"Qon guruhingiz qanday bo'lsa, siz shundaysiz" nomli kitobi 1 million 200 ming nusxada bosilib chiqdi.
Unda olimning 25 yillik tadqiqotlarini natijalari bayon etilgan edi.
Xullas, bugungi kunda ham Yaponlar kishining qon guruhi ko'p narsani hal etishiga ishonadilar.
Hatto ba'zi korxona va tashkilotlar ishga kiruvchilardan qon guruhi to'g'risidagi ma'lumotnomalarni ham talab etishadi.
Gapni muxtasar qilib, mutaxassislar ta'kidlagan qon guruhlariga aloqador tasnifga murojaat etamiz:

I guruh (yoki nolinchi):

Kuchli iroda sohibi, maqsadga intiluvchan, hukm o’tkazishga moyil kishilar guruhi.
Bu guruhdagilar moliyaviy jihatdan ancha baquvvat hisoblanishadi.
Shunga qaramay, ularning ayb va nuqsonlarini betiga aytish xavfli:
tez jahli chiqib, janjallashgacha borishadi.

II guruh (yoki A):

Tomirlarida bu guruhdagi qon oquvchilar tartib-intizomni xush ko’radi.
Mehnatsevarlik va bosiqlik ham ularga xos.
O’ta qasoskor bo’lib, oradan ancha vaqt o’tishiga qaramay, albatta, o’ch olishga intilishadi.
Ajoyib tashqi ko’rinish, mehribonlik va nafosat ularni bir qadar yuqoriga olib chiqishi kuzatiladi.
Aytgancha, bu qon guruhidagilardan ko’p hollarda iste’dodli shoir-yozuvchilar, aktyor va xonandalar yetishib chiqadi.

III guruh (yoki B):

Qiziqqonlik va bo’ysunmaslik, ijodkorlik va yaratuvchanlik guruhi.
Bu guruhdagilarni «g’oyalar generatori» deb atash mumkin.
E’tiborlilik, tiyiqsizlik va o’zgaruvchanlik ham ularning xususiyati.
III guruhdagi qon egalari tartib-qoidalarni yoqtirishmaydi, jamoadan ajralishni xush ko’rishadi.
Ular ajoyib oshpaz!
Shundanmi, Yaponiyada bosh oshpazlikka ko’pincha ana shu guruhdagilarni tanlab olishadi.

IV guruh (yoki AB):

Ajoyib rahbarlik, tashkilotchilik timsoli.
«MUNOSABATLAR USTASI» deyish mumkin.
Bunday qonga ega insonlar kuchli ichki sezgi (intuitsiya) sohibidir:
ko’pincha ektrasenslar, bashoratchilar shu guruhda.
«AB»lar o’zlari istamagan ishni bajarishni yomon ko’rishadi.
Shu bilan birga, hayotsevar bo’lib, hashamat va go’zallikni xush ko’rishadi.
Aytish kerakki, ular «Ko’ngil kishilari» ham:
bor boyligini kimgadir tuhfa qilish, ko’z ko’rib-quloq eshitmagan tarzda qasos olish, o’z joniga qasd qilish kabilar faqat ularga xos.

Umuman, qon guruhi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, inson umrining qadriga yetuvchi, vatanparvar, insonparvar, samimiy bo’lganiga nima yetsin?!
Asosiysi esa – salomatlik va tani sihatlik.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish