? «QIZIL» — bu rangni yoqtiruvchilar o‘ziga ishongan odamlar hisoblanadi. Ular cho‘rtkesar, qiziqqon va bir oz jaxldor bo‘lishadi. Qizil rang-kuchli his-tuyg‘u belgisi hamdir. Demak, qizil rang uchrashuvlar uchun ham ayni muddao!
? «SARIQ» rang melanxolik va g‘amginlik asirasiga aylanganlarga mos. Ya’ni bu oftobdek iliq rangdagi libosnikiysangiz, hayotga xushkayfiyat bilan boqish bilan birga, o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni ham kuchaytiradi. Bu rangni yoqtiruvchilar g‘a’yrati va shashti past insonlar hisoblanadi. Ammo ular o‘z so‘zida turadigan mard odamlar. Sadoqat bobida tengsiz. Sariq rang insonga yuqori kayfiyat va energiya bag‘ishlaydi. Aqliy salohiyatni yaxshilaydi, ko‘z nurini tiniqlashtiradi!
? «TO‘Q SARIQ» — bu rangdagi liboslarni quvnoq va hayotdan mamnun odamlar kiyadi. Ular uchun do‘stlar davrasi eng yaxshi joy. Ular bilan suhbatlashish juda qiziq va maroqli. Ular sarguzashtlarsiz yashay olmaydilar. Bu rang ham
kuch-g‘ayrat ramzi bo‘lib, bu rangdagi kiyimlarni kiygan odamlarda ish faoliyati yuqori bo‘ladi!
? «YaShIL» rang avvalo, kishining ruhiy holatini muvozanatga keltirishda yordam beradi. Bundan tashqari, yashil rang fikrni jamlashda ham foydali. Bu esa mas’uliyatli ishda juda muhim. Bu rangli kiyimlarni kiyuvchi ayollar qat’iyatli, serg‘ayrat, o‘ziga ishongan odamlar. Sinchikovlik va tanqid qilishda ustasi farang. Ular his-tuyg‘ularga qattiqqo‘l.
? «KO‘K» rangdagi liboslarni kiyadiganlar vazmin va jiddiy odamlar. Ular tabiatan o‘ta mehribon odamlar. Agar ular sevib qolsa, o‘sha odamga butun umr bog‘lanadilar. Ishonchsizlik va vahima xurujidan aziyat chekadiganlarga shu rangdagi libos kiyishni tavsiya etamiz!
? «SIYoHRANG» — bunday rangli libosni kiyadiganlar hayotda faol g‘ayratli odamlar hisoblanadi. Ular har doim o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu rang asab faoliyatini yaxshilaydi, uyqusizlikda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu rang ijodiy imkoniyatlarga ilhom baxsh etadi!
⚪️ «OQ» — bu rangni kiyadiganlar hayotdan nima
istayotganlarini o‘zlari ham bilmaydi. Ularning fe’l-atvori qarama-qarshiliklarga to‘la. Bugun boshqacha o‘ylasa, ertaga boshqacha o‘ylaydi. Ammo bu rang ichki siqilishga barham beradi. Sof va toza his-tuyg‘u yetishmaganda bu rangdan foydalanish maqsadga muvofiq. Dilni yayratib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi!
⚫️ «QORA» — bu rang haqida ruhshunoslar hali ham bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ayrimlar bu rangni tevarak-atrofga norozilik bilan qaraydiganlar tanlaydi desa, boshqalar esa, o‘z so‘zida qat’iy odamlar tanlaydi deydi. Ushbu rang fikr jamligi, vazminlik va barqarorlik belgisi!
? «KULRANG»– Bular sinchkov odamlar hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda atrofdagilarga o‘z his-tuyg‘ularini oshkor qiladi. Ular tashqi tarafdan sipo ko‘rinsalarda, ichki olami juda nozik odamlar.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.