KECHKI ROMANTIKA – AYOLLARNING SEVGI MUNOSABATLARIGA HOHISHI YO'QOLISHINING SABABLARI

  1. XAFALIK XISSI
    – Ayolning xissiyotlari jinsiy hayoti bilan uzviy bog‘liq. Agar turmush o‘rtog‘i uni amalda xafa qilgan bo‘lsa, bu darrov yaqinlikda aks etadi. Bordi-yu, xafalik juda kuchli va pinhon (aytilmagan) bo‘lsa, ayol umuman eridan sovishi mumkin.
    Foto: hafa bo‘lib turgan ayol
  2. MUAMMOLAR TA’SIRI
    – Ishda yoki uyda paydo bo‘lgan muammo erkak nazdida arzimas holatdek tuyuladi. Ammo ayol uchun buning aksi. hatto, jinsiy xohishning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi ham hech gap emas. Ishdagi nizoli holat, farzandining maktabdagi sho‘xliklari, qaynona bilan bo‘lgan ziddiyatlar uni ruhiy tushkunlik holatiga tushiradi. Yurakka qil sig‘may turgan bir paytda ayol yaqinlik haqida o‘ylay oladimi?
  3. TOLIQISh
    – E’tibor bering, ayol ham, erkak ham kun davomida baravar ishlaydi. Ammo uyga kelgach, bu tenglikka barham beriladi. Erkak charchaganini pesh qilib, yonboshlab olsa, ayol uy ishlari, onalik vazifalarini uddalashga kirishadi. Shuning uchun kechga borib, uning yagona istagi boshini yostiqqa qo‘yib, uxlash bo‘ladi.Erkak har qanday ziddiyatli vaziyatda ham yaqinlikni talab qilishi mumkin. Lekin ayolning kayfiyati yaxshi, o‘zi esa eridan mamnun bo‘lishi kerak. Erkak-ayol organizmining o‘ziga xosligi ham shunda.
  4. ERINI JAZOLASh
    – Ba’zida ayol juftidan azbaroyi og‘ringanidan ham eri bilan yaqinlikni istamaydi. Bunga erning xiyonati sabab bo‘lishi ham mumkin. Uning ko‘zida erkak shafqatsiz mahluqqa aylanadi. Erini kechirish yoki kechirmaslik ayolning o‘ziga havola. Bir narsa aniq-ki, buning uchun ayolga vaqt kerak.
  5. OG‘RIQ
    – Ba’zan ayol jinsiy yaqinlik paytida og‘riq sezadi. Bunga qin sohasining kichikligi yoki qinda yallig‘lanishlar sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik ayollar bu haqida umr yo‘ldoshiga ochiq aytisholmaydi. Ba’zan esa erkakning o‘zi ham jiddiy e’tibor qilmaydi. Natijada ayolning ongida yaqinlikka qarshi: og‘riq –shikastlanish-qoniqmaslik hissi paydo bo‘ladi. Bunga qarshi u rozi bo‘lmaslikni qalqon qilib oladi.
  6. ERTA KLIMAKS
    – Tez-tez asabiylashadigan, ruhiy beqaror, hamma muammolarni ko‘ngliga yaqin oladigan ayollarda klimaks davri odatdagidan ancha erta, misol uchun 35-40 yosh atrofida boshlanishi mumkin. Bu esa nafaqat ayol, balki erkak uchun ham sinovdir. Bunday paytda ayol eridan butkul sovishi, uni istamay qolishi va bu to‘g‘risida qo‘rqmay gapira olishi mumkin.

«KEL, GAPLAShIB OLAMIZ…»
– Jinsiy hayotingizda yuzaga kelgan vaziyatni eringiz bilan suhbatlashishdan cho‘chimang. Gap orasida siz ham bezovta ekaningizni qistirib o‘ting. Bu erkakning sizdan xafa bo‘lmasligi uchun muhimdir.
– Erkak ham o‘z o‘rnida ayolning yaqinlikdan qoniqishi, uni xursand bo‘lishini so‘rashi va shunga yarasha muomala qilishi kerak. Chunki ayolning u uchun qadrli va sevimli ekanini bilishning o‘zi ikki tomon uchun ishonch ko‘prigidek gapdir.
– Ba’zan buning uchun bir suhbatning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bunday paytda er-xotinga shifokor-androlog, seksopatolog maslahati asqotishi mumkin.

ShIFOKOR MASLAІATI
Jinsiy yaqinlikni istamaslik holatida muammoning asl sababi aniqlanib, so‘ng zarur choralar qo‘llanilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Misol uchun:
❤️agar ayolning salomatligida biron-bir muammo bo‘lsa, vaqtni paysalga solmay, shifokorga birgalikda borish kerak. Albatta, davolanish paytida yaqinlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bunday paytda ayolni asrab-avaylash, kerak bo‘lsa, parvarish qilishdan ham erkak uyalmasligi lozim.
❤️jinsiy hayotga biron-bir yangilik kiritish lozim. Bu munosabatlarni yangilanishiga, ayolning yaqinlikka boshqacha yondashishiga yordam beradi. Misol uchun, ayollar yaqinlikdan oldingi erkalashni yoqtirishadi. Erkakning sezgirligi bu borada ancha qo‘l qelishi mumkin. Lekin ayol ham bu paytda unga nima yoqayotganini, nimadan esa beziganini uyalmasdan aytishi kerak.

ERKAKLARGA AYTAR SO‘ZIMIZ
❤️Ayolning hech qanday muammosi yo‘q, ammo yaqinlikdan bosh tortmoqda. Bu vaziyatda erkak bor mahoratini ishga solib, munosabatlarga romantikani kiritishi lozim. Lekin buni did bilan amalga oshirishi darkor. Misol uchun, ayolni biron bir ko‘ngilochar maskanga taklif qilish, birgalikda kechki sayr, bir-biriga yoqimli bo‘lgan so‘zlar (erkalash)ni ishlatish ishonch xissini paydo qiladi.
❤️Tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartiring, yangi atir, sochlar taralishi, yangi libosda ko‘rinishni unutmang. Ayolingiz sizni yangi obrazda ko‘rishi unga xush yoqadi, hech bo‘lmasa hayron bo‘lish, undan keyin esa qiziqish hissi paydo bo‘ladi. Eriga astoydil qiziqqan ayol esa yaqinlikdan bosh tortmasligi aniq.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish