QANDAY QILIB BARVAQT UYG'ONISH MUMKIN?

Tadbirkor Zdravko Svetich o‘zining Medium’dagi blogida qanday qilib barvaqtroq turib, ertalabki soatni shaxsiy ishlarga sarflash kerakligi haqida batafsil maqola qoldirdi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, maslahatlarni yig‘ish uchun to‘rt yil vaqt ketgan.

Muallif aytishicha, barvaqt turish uchun dastavval o‘z hayot tarzingizni o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi. «Muhim qoidalarni sanab o‘tishga to‘rt yil vaqt sarflanganini asosiy sababi, — avvaliga men talabalik (keyin esa tadbirkorlik) hayot tarzimni hisobga olmagan edim. Erta turish vaqti ish, oila, ijtimoiy davra, xobbi, sayohat va boshqalar hisobiga siz nima bilan shug‘ullanishingizga qarab aniqlanadi».

«Erta tongda 5 yoki 6da uyg‘onish — agarda siz tungi navbatchilikda ishlaydigan shifokor yoki kechasi bilan ishlaydigan (aylanishni xush ko‘radigan) talaba bo‘lsangiz, bu bajarib bo‘lmaydigan vazifadir. Agarda siz ko‘p sayohat qilsangiz, har kuni bir vaqtda turish jismonan qiyinchilik tug‘diradi», — deya tushuntiradi tadbirkor.

Professional’ va shaxsiy faoliyatga asoslanib, birdaniga hayotning bir necha jabhalarida tartib o‘rnatish kerak:

maqsad va tayyogarlik;

tungi mashg‘ulot;

uyqu sifati;

uyg‘onish va ertalabki ishlar

  1. Maqsad va umumiy tayyorgarlik

Odamlar — ko‘p tomonlama rohat qidiruvchi mavjudot. Shu sababli, sizda doim ertalab ko‘proq uxlab olish uchun bahonalar tug‘ilaveradi. Bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim narsa — siz ko‘p narsani qurbon qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bunga tayyor turing.

Avvaliga sizning samaradorligingiz susayadi. Siz «qurbon emasman» degan g‘oyadan ham yiroqlashing — bu cho‘pchak.

Muallif fikricha, eng muhim — maqsadni to‘g‘ri qo‘yish. Maqsadlar insonni rag‘batlantiradi. Maqsad qanchalik ta’sirli bo‘lsa, inson unga shuncha qat’iyat bilan intiladi. Bundan tashqari, maqsadlar faoliyatni — ya’ni biz kuzatishimiz kerak bo‘lgan tizimni aniqlaydi. Avvaliga, kelayotgan yilda amalga oshirish zarur bo‘lgan uch asosiy maqsadni, keyin esa ularga yetishishga yordam beruvchi tizimlarni aniqlash lozim.

  1. Tungi mashg‘ulot

Uyqudan oldin smartfon, planshet va boshqa texnologik qurilmalardan foydalanishni to‘xtatish kerak.

Ko‘k rang uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi tadbirkor. Shu sababli uyquga ketishdan bir-ikki soat avval barcha qurilmalar — smartfon, planshet, noutbuklardan voz kechish kerak — ularning o‘rnini boshqa mashg‘ulotlarga bo‘shatib berish lozim.

Ertangi kunga tayyorlanish

Muallif kech tushishi bilan ertalab muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal etishni maslahat beradi. Uning fikricha, tunda quyidagi uch savolga javob topib qo‘yish lozim:

Ertalabki asosiy vazifalar nima?

Qaysi kiyimni kiyaman?

Nonushta, tushlik va kechki ovqatni qanday o‘tkazish kerak?

O‘tgan kunni baholash va ideal tongni kutish

Har oqshom o‘zingizdan quyidagilarni so‘rashni unutmang: bugun nimalar qildingiz? Nimadir noto‘g‘ri bajarildimi? Nimadan mamnunsiz? Nima sizni baxtiyor qildi?.

O‘qish

Zamonaviy insonlarga kitob o‘qish uchun hattoki, 30 daqiqa vaqt topish ham muammo bo‘lib qolgan. Biroq texnologik qurilmalardan voz kechsangiz, uyqudan oldin, kitob o‘qish uchun tezda vaqt topasiz.

  1. Uyqu sifati

«Ko‘pchilik uyqu inson hayotiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini bilmaydi», — deb yozadi muallif blogda. U uyqu sifatini yaxshilovchi va yomonlovchi bir necha omillarni sanab o‘tadi.

Stimulyatorlar. Uyqu keshdan olti soat avval, qahva va spirtli ichimliklar ichmaslik lozim. Faqatgina ko‘k choy va tabiiy sharbatlar ichish mumkin.

Og‘ir ovqat. Uyqudan oldin og‘ir taomlar iste’mol qilmaslik kerak — ular oshqozon tizimiga zarar keltirib, uyqu sifatini buzadi. Muallif uyquga ketishdan avval, oz miqdorda gazaklar, yong‘oqlar yeyish yoki bir piyola sut ichishni maslahat beradi.

Suv. Uyquda oldin eng kamida bir stakan suv ichish foyda beradi.

Sport bilan shug‘ullanish. Uyqudan oldin jismony zo‘riqishlardan qochish tavsiya qilinadi. Mashqlar insonni tetik qiladi. Ularni bajargach, uxlash qiyin bo‘ladi.

Uyqu sharoiti. Sifatli matras va yostiq olish lozim, shuningdek, xonani yetarlicha qorong‘u qilish kerak. Yana xona haroratiga ham ahamiyat berish lozim.

Vaqt. Uyquga har kuni bir xil vaqtda ketish tavsiya qilinadi. Avvaliga, bu qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, biroq inson sekin-asta organizmni bunga o‘rgatadi va u kerakli vaqtda

uxlashga odatlanadi.

  1. Uyg‘onish va tonggi ishlar

Tadbirkor barvaqt turish uchun yordam beruvchi ikki strategiyani qo‘llashni maslahat beradi.

Bandlik uslubi. Inson uyg‘onish uchun istalgan vaqtni qo‘yadi va uni olg‘a siljitishni boshlaydi. Bir narsani yoddan chiqarmang, birdaniga ro‘y beruvchi o‘zgarishlar quvvatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Gradual’ uslub. Tadbirokr bu uslubni ancha samaraliroq deb hisoblaydi. Maqsad shuki, kerakli vaqtga yaqinlashish uchun har uch-to‘rt soatda uyg‘onish vaqtini 10-15 daqiqa avvalroqqa siljib borish kerak. Bu ancha vatni olshi mumkin. Biroq ko‘nikish oson bo‘ladi.

Muallif quyidagilarga ham ahamiyat berishni tavsiya qiladi.

Budil’nik. Kun sizni qo‘rqitish yoki cho‘chitish bilan boshlanishi kerak emas. Sizni sekin-asta uyg‘onishingizga yordam beruvchi va quvontiruvchi musiqani topish kerak. Keyinchalik jonga tegsa — o‘rniga boshqasini qo‘yish kerak.

Mas’uliyat. O‘z ko‘nikmalaringiz haqida bitta yaqin insoningizga so‘zlab berishingiz kerak. U sizning qay vaqtda turayotganingizni kuzatib boradi. Sizdan talab qilinadigan narsa — uyg‘ongandan 10–15 daqiqa o‘tgach, unga xabar yo‘llash yoki qo‘ng‘iroq qilish.

Jerri Saynfild uslubi bo‘yicha geymifikasiya. Qahramon Jerri Saynfild devorining ko‘rinarli yerida bir betli yillik taqvim osilib turadi. Har kuni u bajargan ishlarini marker orqali belgilab chiqadi. Bir necha kunlar o‘tgach, belgilangan kunlarning zanjiri hosil bo‘ladi. Bu esa zanjirni davom ettirishga undaydi.

Faollik. Siz uyqisrash holatidan tezda chiqishingiz uchun biron bir faoliyat topishingiz kerak. Masalan, darhol tishlarni yuvib, suv iching, o‘rinlarni yig‘ishtiring. Pardalarni oching. Shuningdek, sizga yoqimli bo‘lgan ishni fqilish ham erta turishga undaydi: masalan, shirinlik yeyish yoki qahva ichish.

Uyg‘ongach nima bilan shug‘ullanish —insonning o‘z mavsad va vazifalariga bog‘liq.

Tadbirkor bajarish mumkin bo‘lgan bir necha faoliyatni tavsiya qiladi:

maqsadlar joriy qilish va baholash;

jismoniy follik;

meditasiya;

o‘qish (yoki kursni tekshirish);

loyihalar ustida ishlash;

yaqinlar bilan muloqot;

taomlar tayyorlash.

Muallif ta’kidlashicha, dastavval quvvat pasayishi mumkin —bu holatga tayyor turish lozim. Shuningdek, u odatlarni shakllantirish — uzoq muddatli jarayon ekanligini qayd etadi. U barchasini ketma-ketlikda bajarishga — avvaliga maqsadni aniqlab, keyin tungi ishlarni hal qilib, shundan so‘ng erta uyg‘onishga o‘tish kerakligini aytadi.

Ko‘p beriladigan savollar:

Savol: «Dam olish kunlari nima qilish kerak?»

Javob: «Barchasi shaxsiy qiziqishlarga bog‘liq. Biroq agarda siz erta turish odatiga endigina moslashayotgan bo‘lsangiz, dam olish kuni ham bunga rioya qilishni tavsiya qilaman. Keyinchalik istalgan vaqtda turishingiz mumkin».

Savol: «Agarda men sayohat qilsam, tizim o‘zgarsa, nima qilaman?»

Javob: «Qiyin savol. Birinchidan, o‘zingizni asrashga harakat qiling. O‘z odatlaringizga sobit turishga harakat qiling, agar uddalay olmasangiz — buni kuch bilan qilish yaramaydi».

Savol: «To‘satdan tungi ziyoatga borishg to‘g‘ri kelsachi?»

Javob: «Bu juda ham yaxshi. Shunchaki zavq oling. Tongda esa to‘yib uxlab, kerakli vaqtda uyg‘onaverin».


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish