Rep va xip-xop
Snup Dog va Doktor Dre musiqalarini ko‘proq yoqtiruvchi insonlar ko‘proq ozodlikka moyillar va o‘ziga katta baho beruvchilardandirlar.
Pop
Pop musiqasini eshitishga moyil insonlar mehnatsevar, o‘ziga ishonganlardandir. Bundan tashqari bunday insonlar odatda san’atkor hamdirlar, ammo biroz uyatchan bo‘lishardi haqida olimlar ta’kidlashadi.
Fol’klor
Odatda bunday musiqa turini eshitishni yoqtiruvchi insonlar mehnatsevar ekanlar. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, bunday turdagi insonlar hissiyotlarga to‘la bo‘lib, odatda xayollarida ko‘pincha tog‘lar, bepoyon dalalar namoyon bo‘ladi.
Rok
Rok va xevi metalni yoqtiruvchilar yolg‘izlikni xush ko‘ruvchilardan ekanlar. Bilasizmi, ular o‘ziga biroz past darajada baho beruvchilardan, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p odam bor joyni uncha xush ko‘rmaydilar.
Klassika
Klassik musiqa ko‘ngliga xush bo‘lganlar, kiborli va hamma bilan ham til topa olmaydigan insonlar. Ammo o‘z haq huquqini yaxshi biluvchi va o‘z o‘rnini boshqalarga ko‘rsata oluvchilardirlar.
Jaz, blyuz
Bunday musiqa turlaridan birini yoqtiruvchilar odatda xohlagan davrani qizdira oladilar. Bashang kiyinishni yoqtiradilar va hayotdagi asosiy maqsadlari o‘zgalardan ajralib turishdir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.