Perfeksionist bo’lib qolishimizga muhit, maktab, o’qituvchilar, ota-ona umuman yoshligimizdan ishimizni faqat a’lo darajada bajarishimizni talab qilgan insonlar sababchi. Bu bizda shakllanib qolgan odat ekan, demak undan halos bo’lish ham mumkin.
O’zingizni «Perfeksionistman» deyishdan oldin, «bazan perfeksionistga o’xshab xarakat qilaman» deng. Bu bilan siz o’zingizga boshqacha yondashishga ruxsat berasiz.
Perfeksionizm sizga yashashga xalaqit berayotganini tan oling:
Endi esa, o’zingizni bir narsaga bag’ishlaganingizda, qolgan barcha muhim vazifalarni unutib qo’yayotganingizni anglashingiz lozim. Perfeksionistlar eng asosiy ishni qilmaydi yoki juda kech bajaradi, shu sabab bu ularga muvaffaqiyatga erishishiga xalaqit beradi. Plankani sal pastroq qo’ying, hammasi yaxshi tomonga o’zgaradi.
O’zingizni chegaralang:
Perfeksionist «ideal» natijaga erishmaguncha to’xtamaydi, hatto bunga ko’p vaqt ketsa ham. Shuning uchun dedlayn o’rnating:
Har bir vazifaga aniq bir vaqt ajrating (odatdagi ketishi mumkin bo’lgan vaqtdan ikki baravar kamroq bo’lsin) va aytilgan vaqtda tayyor qilish uchun tezligingizga e’tiborli bo’ling.
Bu maslaxat ko’pchilik insonlarga perfeksionizmdan qutilishiga yordam beradi deb umid qilaman. Biror ishni mukammal darajada bajarmaslik bu erinchoqlik yoki befarqlik degani emas.
Vazifani muhimlilik darajasini aniqlab, kategoriyalarga ajrating.
O’zingizga quyidagi savollarni bering:
- Bu men uchun muhimmi?
- Agar, muhim bo’lsa, qay darajada muhim?
- Bu vazifani qo’ldan kegancha emas, ideal darajada bajarishim shartmi?
- Xarakatlarim natijaga arziydimi?
- Qanday qilsam kamroq xarakat, kuch, vaqt ketadi?
- Bu vazifani bajarish uchun menda qancha vaqt bor?
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.