To’g’ri vaqtda berilgan savol sizni o’zgartirishi, tinchlantirishi yoki yordam berishi mumkin. Hatto javobni darhol topa olmasangiz ham, savol sizning hayotingizni boshqacha ko’rishga yordam beradi.
1 Kim bilan vaqt o’tkazyapman?
Agar bola hech narsaga intilmagan tengdoshlari bilan do’st bo’lsa, biz u hayotda biror narsaga erisha olmasligiga ishonamiz. Lekin bu narsa kattalarga tegishli deb hisoblamaymiz. Agar sizning do’stlaringiz yomon ishga ko’z yumsalar yoki nosog’lom turmush tarzini yuritsalar, siz ham xuddi shunday qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Do’stlaringiz va hamkasblaringiz haqida o’ylab ko’ring: ular sizni qo’llab-quvvatlayaptimi yoki aksincha, pastga tortyaptimi? Huddi shu narsa siz o’qigan, ko’rgan va o’ylagan narsalarga tegishlidir.
2 Bunga qanday ta’sir qila olaman?
Epiktetning fikriga ko’ra, faylasufning asosiy vazifasi – u nimani nazorat qila olishini va nima qila olmasligini farqlashdir.
Odatda, bizga bog’liq bo’lmagan narsalarga katta miqdorda vaqt sarflaymiz. Biz harakatlarimizni, fikrlarimizni, his-tuyg’ularimizni nazorat qila olamiz. Boshqa odamlarni, ob-havo, tashqi hodisalarni esa nazorat qila olmaymiz. Buni ajratib olishni o’rganish, sizga bog’liq bo’lmagan narsalarni o’zgartirish hayolini bas qilasiz.
3 Mening mukammal kunim qanday ko’rinishda?
O’z mukammal kuningizni bilmasdan turib, o’zingizni qulay his qilish uchun jadvalingizni tuza olmaysiz. Hayotingizning eng yoqimli kunlarini eslang. Qanday ish bilan band edingiz? Ideal holda, sizning ishingiz, shaxsiy hayotingiz, uyingiz iloji boricha ko’proq ideal kun yashashingizga yordam berishi kerak.
4 Bo’lish yoki qilish?
Bunday savol, harbiy strategiya bo’yicha mutaxassis Jon Boyd tomonidan o’zining salohiyatli yordamchilariga berilgan. Qaysi yo’lni tanlaysiz? Siz muvaffaqiyatga erishishga harakat qilasizmi yoki yuqori maqsad haqida o’ylaysizmi? Sizning mavqeingizga, ishqibozlar soniga, ish haqining miqdori va muhim natijalarga erishishga e’tibor berasizmi? Hozirgacha nimani tanladingiz?
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.