OYLIK MAOSHNI YETKAZISH SIRLARI

Maoshgacha hali bir hafta bor. Ammo hamyoningizda bir necha kundan beri shamol sayr qilib yuribdi. Yana topadiganingizdan ortigʻini xarajat qilib, kamiga qarzga ham botib oʻtiribsizmi? Unda sizning byudjetingiz ustida jiddiy ishlash kerak.

Muammo nimada?

Bir oʻrtogʻim bor, ismi Zarina. Gap shundaki, uning oylik daromadiga har qanday boyvuchcha havas qilsa arziydi. Bunaqa maoshni koʻplar tushida ham koʻrmagan. Shundanmi u kimgadir dabdurustdan, «qarz berib tur, oylikdan qaytaraman» deb qolsa, odam dastlab, jiddiy soʻrayaptimi yo kalaka qilayaptimi, degan xayolga ham boradi. Aslida u aytarli darajada shopogolik ham emaski, topgan puliga doʻkon aylanib, uyum-uyum kiyim xarid qilsa. Shunchaki, Zarina pulni toʻgʻri xarajat qilishni bilmaydi. Oyligini oliboq, qarzlarini qaytaradi. Bundan ortganini mayda-chuyda xarajatlariga ishlatadi. Qarabsizki, oy oxirida yana qarz soʻrashga majbur. Bir gal esa u butun bir oylik maoshini toʻlaligicha kreditor doʻstlariga taqsimlagan.

Zamondoshlarimizning aksariyatida aynan mana shu—pulni toʻgʻri xarajat qila olmaslik muammosi bor. Qancha pul topish emas, topganingizning qanchasini va nima maqsadda sarflaganingiz muhim.

Byudjetingizni himoya qiling!

Pullaringiz har doim va har narsaga yetishi uchun oilaviy byudjetga ayrim qonun-qoidalar va oʻzgartirishlar kiritish zarur.

Xullas, siz maosh oldingiz. Va peshana teringiz bilan ishlab topilgan yap-yangi pullar hamyoningizni qappaytirib, koʻzingizni quvontirib turibdi. «Bizda maosh plastik kartochkalarda beriladi», deysizmi? Xoʻsh, nima boʻlibdi? Har tugul u oʻzingizga ishonch hissini bagʻishlab turibdi-ku! Qaytanga, plastik kartochkadagi mablagʻni yigʻish qulayroq ham.

Maoshni olgan kuningizoq uning 10-15 foizini alohida ajratib qoʻying (agar oila qurgan up, siz va turmush oʻrtogʻingizning maoshi qoʻshib hisoblanadi). Bu pul orzu havaslaringiz (mashina sotib olish yoki sayohatga) yoki shunchaki, «qora kunlar»ga yaraydi. «Oʻzi shundogʻam oylikdan oylikkacha yashayapmizu, shundan ham keyinga deb kessak nima qoladi», demoqchisiz toʻgʻrimi? Unda daromadingiz 10 foizga kamaydi deb tasavvur qiling. Axir shunday boʻlgan taqdirda ham qolgan 90 foiziga roʻzgʻor tebrata olardingiz-ku.

Pul yigʻishni endi boshlagan paytingizda ertangi kun uchun daromadning 10-15 foizidan ortigʻini olib qoʻyish ham yaramaydi. Qatʼiy tejamkorlik rejimida 1 hafta, 10 kun, uzogʻi 1 oy yashay olasiz, lekin keyin, pulingiz boʻla turib oʻzingizga shuncha cheklovlar qoʻyayotganingizdan jahlingiz chiqib, yigʻayotgan pulingizni ishlatib qoʻyasiz. Va kamiga «men pul yigʻolmas ekanman», degan xulosaga ham kelasiz.

  1. Alohida konvertga majburiy toʻlovlar uchun muayyan summani solib qoʻying. Har oy uy, soliqlar uchun, qolaversa, bolalar bogʻchasiga ham pul toʻlashingiz aniq. Bunday toʻlovlarni baribir amalga oshirish kerak boʻlsa, shuning harakatini oldindan qilib qoʻygan maʼqul.
  2. Qoʻlingizga taqvim olib, shu oyda oʻtkaziladigan tadbirlar—toʻy, tugʻilgan kun, oʻtirishlar bor-yoʻqligini koʻrib chiqing. Chunki agar oy davomida toʻy, tugʻilgan kunlar boʻlsa, baribir sovgʻa olishingizga toʻgʻri keladi. Shuning uchun uchinchi konvertning ustiga tortinmay, «sovgʻalar uchun», deb katta qilib yozingda, unga ataganingizni soling!
  3. Xoʻsh shunday qilib, yuqoridagi xarajatlardan keyin maoshingizdan qancha qoldi? 100 mingmi, 150 mingmi yoki 200mingmi? Ishqilib qancha qolgan boʻlsa ham bu aynan oʻsha kundalik xarajatlaringiz uchun oy davomida sarflashga moʻljallangan summangizdir. Yuqoridagi gapda «oy davomida» jumlasi asosiy ekaniga ahamiyat bergandirsiz? Arifmetika borasidagi bilimlaringizga ishonchingiz komil boʻlmasa, qoʻlingizga kalʼkulyatorni oling (yaxshiyamki, bu moʻjazgina texnika taraqqiyoti qoʻl telefonlarida ham bor). Oʻsha qolgan 100, 150 ming summani 30 kunga boʻling. Natija 3333, 5000 yoki 6666 chiqdi, toʻgʻrimi? Endi siz oilaviy byudjetingizga zarar qilmaslik uchun har kuni tahminan qanchagacha pul sarflashingiz mumkinligini bilasiz. Toʻgʻrirogʻi, kundalik meʼyordan ortiqrogʻini sarflashingizku mumkin

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish