- Ishni hamsuhbatingizni maqtashdan va uning yaxshi jihatlarini samimiy e’tirof etishdan boshlang.
- O‘zgalarning xatosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita ko‘rsating.
- Dastavval o‘z kamchilik, nuqsonlaringiz haqida gapiring, so‘ng hamsuhbatingizni tanqid qilishga kirishing.
- Hamsuhbatingizga buyruqlar berish o‘rniga unga savollar bering.
- Odamlarga o‘z obro‘-e’tiborlarini saqlab qolishga imkon bering.
- Odamlarning juda kichik bo‘lsa ham muvaffaqiyatini e’tirof eting, ma’qullang hamda har bir yutug‘ini qayd eting. Baholashda samimiy va maqtovda bag‘rikeng bo‘ling.
- Odamlarga yaxshi obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lishlari uchun imkon yarating, toki ular buni oqlashga harakat qilishsin.
- Rag‘batlantirishga urining. Shunday tasavvur uyg‘otingki, xatoga yo‘l qo‘ygan kishi xatosini yengil tarzda to‘g‘irlasin.
- Shunga erishingki, odamlar siz tavsiya etgan ishlarni bajarganlaridan xursand bo‘lishsin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.