Ruhshunos.uz, [15.05.18 16:49]
- Tabassum kuchi. O‘zingiz uchun ardoqli bo‘lgan insondan tabassumingizni qizg‘anmang! Yuzingizdagi samimiy tabassum sizni doim yoqimli inson sifatida namoyon qiladi. Tabassum orqali har qanday «tosh yurak» insonni osongina eritish mumkin.
- Go‘zalligingizga ishoning. Har qanday nuqsonli qomatni ham to‘g‘ri tanlangan libos bilan ideal qilib ko‘rsatish mumkin. Gavdangizni tik tuting, boshingizni ko‘taring, yelkangizni bukchaytirmang. Tashqi ko‘rinishingiz borasida o‘zingizda ishonch bo‘lmasa, atrofdagilarning e’tibori haqida orzu ham qila ko‘rmang!
- O‘ylab gapiring. Har qanday odam bilim va donolikni qadrlaydi. Biroq o‘zingiz bexabar bo‘lgan sohadan so‘z ochib, natijada qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarmang! Og‘zingizdan chiqayotgan har bir so‘zni o‘ynab gapirsangiz, ham o‘ylab so‘zlang. Birgina so‘z bilan kishi ko‘nglini qoldirishingiz, hafsalasini pir qilishingiz mumkin.
- Dilkash suhbatdosh bo‘ling. Diplomat bo‘lsangiz, noqulay vaziyatlarni ham ustalik bilan yengib o‘tasiz.
- Hech kimga taqlid qilmang. Siz boshqalarga o‘xshamaganligingiz uchun ham e’tiborda ekaningizni unutmang! Axir soya bo‘lib qolish kimga ham yoqardi?
- Jiddiylikni qo‘ldan boy bermang! Har ikki gapning birida kulavermang! Bu harakatingiz bilan atrofdagilarda salbiy taassurot qoldirishingiz mumkin.
- Dadil bo‘ling! Mayda gap, ezma odamni hushlashlari anchayin qiyin masala.
- Maqtanchoq bo‘lmang. Kamtarlikka nima yetsin? Nimaga qodirligingizni so‘zda emas, amalda isbotlang!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.