Muvafaqqiyatli bo‘lmoqchimisiz? unda buni o‘qing

Hayotida nimagadir erishmoqchi bo‘lganlar uchun maslahatlar:

O‘zingiz haqingizda yomon o‘ylashni bas qiling! Siz nodir shaxssiz! O‘zingizdan shubhalansangiz yoki ishonmasangiz, sizning bu ajoyib dunyoga olib kelgan buyuk kuchni haqoratlagan bo‘lasiz. O‘zingizga bularni tez-tez eslatib turing.

Siz haqingizda boshqalarning fikri – bu ularning ishi! Agar boshqa inson sizning sohangizda hech qanday muvaffaqiyatga erishmay, sizni muhokama qilayotgan bo‘lsa, uning fikrlari bir pul. Rivojlanayotgan odamlar muvaffaqiyatli insonlarni kuzatishadi va ularni o‘zi uchun namuna qiladi. Ularning muhokama qilish yoki qoralashga vaqti bo‘lmaydi. Boshqalarni muhokama qilish – joyida toptalib, harakat qilishga qo‘rqadigan omadsiz odamlarning qismatidir. Nahotki sizni omadsiz odamlarning fikri qiziqtirsa?

Nima qilayotganingizni anglang! Aynan hozir kimligingiz, qaerda ekanligingiz haqidagi oddiy savollarga javob topsangiz, inert holatlar va harakatsizlik tufayli doimiy ravishda vujudga keladigan ishni keyinga qoldirish odatidan xalos etadi. Bu holat o‘zimizning qulay va odatiy hayotimizni o‘zgartirishga to‘siqlik qilib, bizni rivojlanishimizdan to‘xtatadi.

Omadsizlik bo‘lmaydi, tajriba bo‘ladi! Agar siz o‘z yo‘lingizda muammolarga duch kelsangiz, bu bor-yo‘g‘i yo‘lingizni aniqlab olmoq imkoniyati ekanligi va yo‘ldan qaytish uchun sabab emasligini hamisha yodda tuting.

Shunchaki harakat qilishni boshlang! Shubhalanish insonga xos. Siz hech qachon o‘z yo‘lingizni 100 foiz oldindan aniqlay olmaysiz va shubhalardan xoli bo‘la olmaysiz. Harakat qilish – ishonchsizlik va qo‘rquvdan eng yaxshi doridir!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Fikr bildirish