Munosabatlar psixologiyasi

Ustuvor vazifalarni belgilab oling.

Aksariyat kishilar o‘zining bor kuchini ishiga yoki bolalariga sarflab, oilaviy majburiyatlarni unutib qo‘yishadi. Ayniqsa, bayram kezlarida muhimdan muhim ishlar ko‘payib ketadiki, ular bilan o‘ralashib, yaqinlar esdan chiqib qolishi mumkin. Birinchi navbatda ularni yo‘qlash, hollaridan xabar olish, ko‘ngillariga ma’qul bo‘ladigan so‘zlarni gapirish lozim.

Hamkasblarni ham nim tabassum bilan tabriklash samimiy munosabatga asos yaratadi.

Har kuni yuzma-yuz muloqotga vaqt toping. 

Har kuni, hatto yumushlar qaynab-toshadigan bayram kunlarida ham, oilangizning har bir vakilini e’tibordan chetda qoldirmaslik, yumushlari, muammolari bilan qiziqish juda muhim. Bu oson emas. Lekin, vaqt topsa bo‘ladi. Masalan, ertalabki nonushta paytida…

Xarakterlardagi farqlarni hurmat qiling.

Har qanaqa munosabatda yaqinlaringizning xarakterlaridagi o‘ziga xos taraflarini tushunishga va qabul qilishga harakat qiling.

 Hech qachon ayblamang. Muhokama qilmang. Gapirmoqchi bo‘lsangiz ko‘ngliga tegmaydigan qilib, xush muomalada bo‘ling. Bu albatta sabr-toqatni talab qiladi. Ularga atab sovg‘a xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, bularni albatta e’tiborga oling. 

Yaqiningizga ko‘nglidagilarini aytib olishiga imkon bering.

Jahl vaziyatni keskinlashtiradi, xolos. Bu esingizdan chiqmasin. O‘z nuqtai-nazaringizni bayon qilishdan oldin yaqiningizni e’tibor bilan tinglang. Dilidagi gaplarini chiqarishiga imkon bering. So‘zini tugatgach, shaxsiy hissiyotlaringizni bir chekkaga uloqtiringda, o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Tushunishga intiling. Uning uchun sizning tushunishingiz juda ham muhim.

“Senga o‘z sevgimni qanday bayon qilsam ekan”, deya so‘rashga tortinmang.

Inson odatda o‘z muhabbatini o‘ziga yoqqan holatda bayon qilishi, bu esa qabul qiluvchiga erish tuyulishi mumkin. Ruhshunoslar “Senga o‘z sevgimni qanday bayon qilsam ekan”, deb so‘rashdan tortinmaslik kerak,  sevgi-muhabbatni esa 5 usulda izhor qilgan ma’qul, deyishadi. Qo‘llaridan ushlab, ko‘zlariga qarab “Men seni yaxshi ko‘raman”, “Juda go‘zalsan”, “Sen bilan faxrlanaman” degan so‘zlardan birini aytishni, axlatni tashlab kelish, oshxonani yig‘ishtirishda ko‘maklashish kabi ishlarda amaliy yordam berishni  va sovg‘alar berishni tavsiya qilishadi.

Yaqiningizga orzularini amalga oshirishiga ko‘maklashing.

Har bir odamning dilida nozik orzulari bo‘ladi. Bu niyatlarini amalga oshirishiga yordam bersangiz, bu haqiqiy, sof, samimiy munosabatlarning asosiga aylanadi.  Ruhshunoslar odamlar bir – birlariga o‘zlarining quvvati va iqtidoriga ishongan holda qarashsa va bir-birlariga orzularining amalga oshishiga ko‘maklashishsa, bunday munosabatlar o‘ta chuqur va ishonchli bo‘ladi, deya uqtirishadi. Ularning fikricha, yaxshi, samimiy munosabatlar asosida 1% ilhom va 99% mehnat turadi!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish