MUHAMMAD ALINING HAYOT HAQIQATLARI BORASIDA FALSAFIY FIKRLARI:
1. Yosh – nisbiy tushuncha. O’zingga necha yosh bersang, sen o’sha yoshdasan.
2. Men boshimdan o’tkazgan eng mashaqqatli jang 1- xotinim bilan bo’lgan. Hayotda raqib tanlashda adashsang ham, juft tanlashda adashma!
3. Mashqlardan charchardim. Lekin o’zimga «To’xtama! Hozir azoblansang ham hayotingni keyingi qismida chempion bo’lib yashaysan», deyishni kanda qilmadim.
4.Ko’pchilikni olg’a borishdan cho’chitadigan omil, bu – eʻtiqodning pastligidir. Men esa eʻtiqodim tufayli o’zimga ishonaman.
5.Tavakkal qilishga jurʻati etmagan odam hayotda hech narsaga erisha olmaydi.
6. Chempionlar mashq zallarida etishib chiqishmaydi. Ular avvalo o’zlarining qalblarida kuchli xohish, orzu va g’alaba og’ushida tug’ilishadi.
7. Biror joyingiz og’riyotgan bo’lsa bu haqda hech kimga gapirib yurmang. Chunki, aynan o’sha og’riqli nuqtangizga zarba beradiganlar albatta topiladi.
8. Munosib javobing bo’lmasa, sukut oltinga teng ekanini unutma.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.