1.Yarim uchburchak shaklli lab bo‘yog‘i sohibasi tartib-qoidalarni hurmat qiluvchi, mantiqiy fikrlovchi, og‘ir-vazmin, shuningdek har ishni o‘z vaqtida qilishga o‘rgangan xonimdir.
2.Oval shaklidagi lab bo‘yog‘i – ijodkor, hamisha yangilik yaratishga moyil bo‘lgan ayollarga tegishli. Ularning didi baland bo‘lib, tabiatan murosa qilishga moyil, har qanday sharoitda ham odamlar bilan kelishib keta oladi.
3.Tekis kesilgan – ishonchli va sirdosh bo‘la oladigan ayollarga xos lab bo‘yog‘i. Bunday ayollar g‘is-otuyg‘ularga berilmaydi, tez va to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
4.Qiya kesimli – o‘ziga ishonchi baland, maqsadiga yetishishi uchun har qanday to‘siqni ham pisand qilmaydigan ayollar lab bo‘yog‘i.Rahbarlikka intiladi.
5.Tekis yarim chuqurchali kesim – his-tuyg‘ularga moyil, ko‘ngli yumshoq ayollarning lab bo‘yog‘i shunday shaklda bo‘ladi. ular har qanday odamni o‘zlariga maftun etish iqtidoriga egalar.
6.Yarimoy shaklidagi lab bo‘yog‘i hamma narsaga burnini suqishni yaxshi ko‘radi, juda qiziquvchan. Mardligi ham, tadbirkorligi ham bor. Bir so‘z bilan aytganda,fe’lini oddiy deb bo‘lmaydi,istak va xohishlari tez-tez o‘zgarib turadi.
- Uchli oavl lab bo‘yog‘iga ega ayollarni odatda, “shiringina ekan” deb ta’riflashadi. O‘zini oilasiga baxshida etishga tayyor, xonadoningizning haqiqiy farishtasi bo‘lishi mumkin. Boshqarish ham qo‘lidan keladi, o‘jargina, doimo muloqotga muhtoj.
8.Uchburchak shaklli lab bo‘yog‘i egasining olijanob va sinchkov ekanligidan dalolat beradi. U atrofidagilarning e’tiboriga tushishni istaydi, sirliligi ham bor, ba’zan faqat o‘zi haqida o‘ylashi ham mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.