?Ayollarga sovg’a tanlash judayam mushkul ish. Bularni inobatga olib, sevimli yoringiz burjiga qarab taqinchoqlar tanlashga kirishing. Marhamat!
♈️QO’Y. Ushbu burj vakillariga qizil sariq, qizil ko’k, pushti siyohrangli toshlar bilan ishlangan bezaklar olishga harkat qiling. Yana kumushdan ishlangan taqinchoqlar ularni juda xursand qiladi.
♉️BUZOQ. Ularga antiqa uslubda ishlangan taqinchoqlar hadya etish tavsiya etiladi. Toshsiz sirg’a, uzuk, brasletlar tanlash payida bo’ling.
♊️EGIZAKLAR. Turli soch uchun zakolka, chiroyli gulli tasma sovg’a qilishga kirishing.
♋️QISQICHBAQA. Kiyim-kechaklarga taqiladigan mayda toshli bo’yinga taqiladigan zanjir, tilla uzuk sevimli yoringiz ko’nglini yanada ko’taradi.
♌️ARSLON. Ayolingizga, sevimli yoringiz uchun har qanday sovg’ani idishini o’zgachaligini tanlang deb maslahat beramiz.
♍️PARIZOD. Braslet, bilaguzuk ushbu burj ayollarini xushnud qiladi.
♎️TAROZI. Hali uylanmagan bo’lsangiz, bu uylanish niyati haqida darak berish uchun uzuk hadya qiling. Oila qurganlar baxtli hayotlarini uzoqroq bo’lishi uchun yangi uzuk ularni xursand qiladi.
♏️ChAYoN. Bo’yinga taqiladigan zanjir, u hamisha siz haqingizda eslatib turadi.
♐️O’QOTAR. Turli shakllar yoki sevgilingiz mansub burjning tasviri tushirilgan kulon alohida yoki zanjirga qo’shimcha sifatida taqdim qilinadi.
♑️TOG EChKISI. Taqinchoq – bunday sovg’ani deyarli hamma ayollar xohlaydi. Juda nozik ishlangan taqinchoq sevgilingizni ham xursand qilishi tabiiy.
♒️QOVG’A. Soch uchun to’g’nog’ich, taroq yoki massaj cho’tkalari, har xil moslamalari eng yaxshi sovg’a hisoblanadi.
♓️BALIQ. Ular uchun uzuk, sirg’ani didlariga qarab tanlashga kirishing.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.