INTERNETDAGI BEHAYOLIKDAN BOLAMIZNI QANDAY ASRASH KERAK?

Bolaligimizda ota-onamiz bizni nazorat qilishi osonroq edi. Masalan, qachon ko‘chaga chiqamizu uyga qaytamiz, qachon televizor ko‘ramizu kitob o‘qiymiz, telefonda kim bilan gaplashamizu kim qo‘ng‘iroq qilib gapirmay jim turadi – bularning barini kuzatish, tergab turish mumkin edi. Ammo real hayot bilan parallel’ ravishda virtual olamda ham yashayotgan hozirgi bolalarni, ayniqsa, o‘smirlarni nazorat qilish ancha qiyinlashib qoldi. Chunki virtual olam – ota-ona ko‘zidan panada, o‘smirning o‘zigagina eshigini ochadigan dunyodir. Bugun bolalarimizni turli axborotlar bilan «tarbiyalayotgan» ana shu olamning yosh avlod ma’naviyatiga ta’siri masalasini muhokama qilamiz.

Bola internetda nima qiladi?

Yoshligimda «Qo‘rqinchli Tehron» asarini o‘qiyotgandim. Bir kuni onam ishxonalarida qizim shu asarni o‘qiyapti deb maqtanibdilar (o‘zlari asar mazmunidan bexabar edilar). O‘qimishli hamkasblari romanning ayrim sahnalarini onamga aytib berishgan shekilli, o‘sha kuniyoq kitobni mendan olib qo‘yishdi. Onamning yutuqlari – men o‘qigan asarning nomini bilganlari. Ammo biz bugun xonasiga kirib olib qo‘lidagi gadjeti orqali virtual olamni sayohat qilayotgan bolalarimizning «o‘qiyotgan asarlari» nomini bilamizmi? Umuman, o‘smir internetda nima qiladi? Buni bilish mumkinmi? Afsuski, ko‘pincha buning imkoni bo‘lmaydi. Balki u behayo video yoki suratlarni ko‘rmas (siz shu sababli ham xotirjamdirsiz balki), lekin oddiygina matn yordamida qanchadan qancha fahsh targ‘ib qilinayotganini internet bilan yaxshi oshno bo‘lmagan ota-ona qaerdan bilsin? Xullas, endi bolalar qabul qilayotgan ma’lumotni nazorat qilish juda murakkab vazifa bo‘lib qoldi.

Yalang‘ochlanayotgan avlod

Bolalarimiz har bir xatti-harakatlarini, yangi liboslaridan tortib yegan ovqatlarini ham darhol suratga olib o‘sha zahotiyoq internetga joylashyapti. Bunga aqllari yetganidan bir quvonsak, har bir surat orqali ular o‘zlarini yalang‘ochlab, himoyasizlab borayotganlaridan ming kuyunishimiz kerak. Chunki inson o‘zi haqida qancha ko‘p axborotni ommaga oshkor qilsa, jamoat oldida shunchalik «echinadi» (ya’ni, ma’naviy jihatdan). Uning qaerda yashashi, qachon yotib, qachon turishi, qaysi maktabda o‘qishiyu do‘stlari kimligi endi hammaga ma’lum. Bir chiroyli o‘smir qizni yo‘ldan urish uchun ilgari oylab qo‘ng‘iroq qilib uning boshini aylantirish, yo‘lini poylash, sovg‘alar berish, vaqti kelsa, akalaridan kaltak yeyish kerak edi. Endi esa ijtimoiy tarmoqdagi suratini bir necha bor layklab, chiroyli gullar suratlarini jo‘natib, «lichka»siga bir-ikki shirin so‘z aytish kifoya. Tezroq katta bo‘lishni, kattalar olamida yashashni, ular tuygan tuyg‘ularni his etishni istayotgan murg‘ak vujud uchun shuning o‘zi yetarli. Bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlaru messenjerlar orqali yosh-yosh yigit-qizlarning tarqalib ketayotgan behayo suratlariyu videotasvirlarini qanday izohlash mumkin? Bularning bari iffatning, hayoning osmondan yerga tushgani, qo‘letar bo‘lib qolgani, qadrsizlangani natijasi emasmi?

Natijasi ma’lum taftish

Istalgan maktab, lisey yoki kollejga kirib o‘smir o‘quvchilarning qo‘l telefonini ochib ko‘ring, ko‘pchiligidan behayo tasvirlarni topishingiz tayin. Bola buni o‘zi qidirib topib yuklab olganmi yoki unga allaqanday guruhlardan kelgan-u, u nimaligini bilmay ko‘chirganmi – farqi yo‘q. Muhimi, oilada, ota-ona davrasida tabu bo‘lgan, uyat sanalgan narsalar endi unda bor. U ko‘ribgina qolmay, tengdoshlariga ulashyapti, muhokama ham qilyapti. Yetmaganiga ular sevgan yulduzlar, ularning kumirlari turli behayo suratlarini o‘zlari tarmoqqa joylayaptilar, tagida aytilgan suyuq xushomadlarga badtar suyuqlik bilan javob qaytaryaptilar. Xullas, bu informasion iskanja halqalari tobora torayib bormoqda.

Nima qilmoq kerak?

Imkon qadar ogoh bo‘lish lozim. Bolangizga biror gadjet olib beryapsizmi, uning nimaligini, avvalo, o‘zingiz tushunib oling. Internetga kirish, messenjerlarni o‘z telefoningizga yuklab olishni eplang. Shunda bolangiz kechasi soat nechagacha ijtimoiy tarmoqda o‘tirganini, umuman vaqtining qancha qismini internetga sarflayotganini bilishingiz mumkin.
Farzandingiz internetdagi yosh bolalarga mo‘ljallanmagan internet sahifalaridan chegaralash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. “Ota-ona nazorati” qisqa raqami mobil’ aoloqa operatorlari tomonidan taklif etiladi. Buning uchun farzandingiz ishlatayotgan raqamdan uchtagina raqamni terishning o‘zi kifoya. Bu holda farzandingiz o‘z istagiga ko‘ra bu xizmatdan voz kecholmaydi. Xizmatni bekor qilish uchun xizmat yoqtirilgan raqamning egasi pasporti bilan kompaniya ofisiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim. Demak, bu holda farzandingiz o‘z istagiga ko‘ra bu xizmatdan voz kecholmaydi.
Bola komp’yuter orqali internetga kirgan paytlar eshikni taqillatmay xonasiga kiring. Agar farzandingiz darhol noutbuk ekranini yopsa yoki shaxsiy komp’yuter monitoridagi tasvirni yig‘ishtirib qo‘ysa, bilingki, nimadir bor. Darrov komp’yuterni joyida taftish qilishingiz mumkin. Buning uchun minimal darajada bo‘lsa ham komp’yuter savodxonligiga ega bo‘lishingiz kerak. Ha, 21-asr bolasiga ota-onalik qilish oson emas.
Yuqoridagilarning bari cheklovchi, taqiqlovchi choralardir. Albatta, bularsiz nazoratning hech iloji yo‘q. Ammo eng katta nazoratni bolaning o‘zi o‘z ustidan o‘rnata olishi kerak. «Tarbiya – yo hayot, yo mamot» degandi Abdulla Avloniy. 20-asr boshida aytilgan bu gapning naqadar haqligini 21-asr boshida yanada teranroq anglab turibmiz. Biz informasiyaning yo‘lini to‘sa olmaymiz. O‘ziga bahosi baland, to‘g‘ri tarbiya ko‘rgan, g‘ururli o‘smir jinsiy munosabatlar haqidagi axborotni qanday qabul qilishni yaxshi biladi. Bola nimadan o‘rnak olish kerag-u, nimani miyadan uloqtirish lozimligini bilmasa, uni ming nazorat qilganingiz bir pul. Demak, axborotga munosabat bildirish, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, o‘z nuqtai nazari, tarbiyasi va dunyoqarashidan o‘tkazib qabul qilish malakasi bolalarda bo‘lishi kerak.

So‘ng-so‘z o‘rnida

Ayrim «yangicha qarashli», «demokrat» ota-onalar «Xo‘sh, o‘smir jinsiy munosabatlarga qiziqsa, buning nimasi yomon? Axir hammamizda ham ilk jinsiy mayl o‘smirligimizda paydo bo‘lgan-ku!» – deyishi mumkin. To‘g‘ri, tabiatga qarshi bir narsa deb bo‘lmaydi. Biroq, biz o‘smirligimizdagi jinsiy aloqa tushunchasi bilan hozirgisi tubdan farq qiladi. Biz uchun tizzadan biroz balandroq ko‘tarilgan etak yoki «Kichkina Vera» fil’mi chegaradan chiqish bo‘lsa (hatto, shu chegaradan chiqish uchun ota-onamizning ko‘zini shamg‘alat qilaman deb qanchalik topqirlik ishlatardik), hozirgi o‘smirlar uchun «Instagram»da Kim Kardash’yanning yalang‘och suratlarini ko‘rish yoki mahalliy «yulduz» chalarimizni tomosha qilish ham me’yorga aylanib qoldi (buning uchun sichqoncha tugmasini bir bosish yoki sensorli ekranga barmoq uchini tegizish kifoya). Internet orqali targ‘ib qilinayotgan jinsiy munosabatlar ko‘pincha inson tabiati va sha’niga ziddir. O‘smir bu ishning ortida ulkan tuyg‘u va mas’uliyat turishi kerakligini o‘ylamaydi. U qabul qilayotgan informasiya kam vaqt ichida jonni koyitmay ko‘p miqdorda lazzat olishni targ‘ib etyapti. Jinsiy munosabat uning uchun xuddi chanqab turganda ko‘chadagi vodoprovoddan oqib turgan tekin suvni ichishdek gap bo‘lib qolyapti. Keyin-chi? Bundan o‘n-o‘n besh yillardan keyin hozirgi o‘smirlarimizning bolalari, ularning tarbiyasi, umuman millatning ma’naviy qiyofasini tasavvur qilyapsizmi? Men tasavvur qilyapman va biroz qo‘rqyapman. Shuning uchun, mayli, meni qoloq ona, zolim ayol desinlar, ammo «O‘tkan kunlar»ni o‘qib chiqmaguncha farzandimga biron gadjet olib berishga shoshmay turaman.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish