Tasavvur qiling, bog‘da sayr qilyapsiz, ko‘z oldingizda quyidagi 5 ta noodatiy daraxt paydo bo‘ldi… Qay birining soyasi ostida dam olar edingiz?!
Javoblar:
1. Bu daraxtni asosan, hozirda o‘z hayotidan mamnun bo‘lmagan, vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishni istayotgan kishilar tanlaydilar. «Qayerdadir baxt bor, biroq men u yerda emasman, demak men o‘sha yerda bo‘lishga harakat qilishim shart!» Ular hozirda aynan mana shu shior bilan yashamoqdalar.
Ushbu daraxtni tanlagan kishilarning o‘ziga xos, asosiy sifatlari – qati’yatlilik, qiziquvchanlik, yangilikka intilish. Ular o‘zgarishlar tarafdori, yangilikga, taassurotlarga o‘ch kishilar. Biroq bu o‘tkinchi holat, shunday bo‘lsada ko‘pchilik bu bosqichda uzoq vaqt qolib ketadi. Vaqt o‘tgach, bu kishilar butunlay boshqa daraxtni tanlashlari mumkin.
2. Sabr-bardoshli, harakatchan va matonatli kishilar. Ular yo‘l boshidanoq behafsala bo‘lmaydilar. Maqsad sari olg‘a intilishadi. Ko‘zlangan cho‘qqini qadamma-qadam zabt etib boradilar. Tanlagan yo‘llaridan aslo qaytishmaydi.
O‘z kasbining mohir ustalari. Sohalariga oid uslublarni mohirona qo‘llashlari tahsinga loyiq. Hayotlari davomida aniq rejalar asosida yashaydilar: «improvizatsiya» yoki «ekspromt» kabi so‘zlarni eshitsalar taajjubga tushishlari tabiiy, ular rejadan chetga chiqmaydilar. Rejali ish ko‘rganliklari bois ijobiy hayot kechirayotganliklariga ishonchlari komil.
3. Ijodkor va original shaxsiyatli kishilar. Ular avvalgi bosib o‘tilgan izlardan yurmaydilar, eski qoliplardan foydalanishni istamaydilar. Kreativ, ilhomi kesa hamma ishni do‘ndirishadi. Har bir yumushni o‘zlari xohlaganlaridek bajaradilar, muammolarni yechimini topishda yangicha yondashuv va usullardan foydalanadilar.
Ular odatda serg‘ayrat va jozibali kishilardir. Libos tanlash borasida ham originallikka intiladilar. Bunday kishilarni quyushqonidan chiqarish oson, kayfiyatlari juda tez o‘zgaradi. Yaxshi notiq, istagan kishilari bilan g‘oyalarini o‘rtoqlasha oladilar…
4. Qishin-yozin bir xilda! Qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar bunday kishilar kunni doimo «liderlik libosida» kutib oladilar. G‘oyalarga boy, serharakat kishilar mana shunday toifaga kiradilar.
Ozoda va pragmatik xarakterli. Maqsadni aniq oladilar, mustaqil fikrli, nima xohlashni va unga qanday erishishni bilishadi. Hayotda ular uchun faqat ikkita nuqtayi nazar mavjud: noto‘g‘ri va o‘zlarining shaxsiy qarashlari.
5. Ular juda hamdardlikni qoyillatadigan kishilar. Boshqa bir insonning g‘am-anduhi, quvonchu-shodligini huddi o‘zlarinikidek qabul qila oladilar. Dilkash, xushfe’l, bag‘rikeng, sezgir shaxslar.
Atrofidagilar baxtli bo‘lsagina o‘zlarini to‘laqonli baxtiyor deb hisoblaydilar. Janjallashishdan ko‘ra murosani ustun qo‘yadilar. Bir so‘z bilan aytganda toza qalbli, yetuk insonlar ushbu toifa vakillaridir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.