Erta uyg‘onish uchun 10 sabab, va buni qanday amalga oshirish mumkin?

«Erta uyquga yotib, erta uyg‘onish insonni sog‘lom, badavlat va dono qiladi». Ben Franklin

Erta turishning ustunliklari juda ko‘p. BusinessInsider Zen Habitsning shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Agar sizning kun tartibingiz «boyo‘g‘li» rejimi (tunda faol, kunduzi nofaol)ga to‘g‘ri kelsa, bu yaxshi. Unda o‘zgartirishga hojat yo‘q. Biroq «boyo‘g‘li» rejimidan «so‘fito‘rg‘ay» rejimi (kunduzi faol, tunda nofaol)ga o‘tishga qaror qilgan bo‘lsangiz, quyidagi tavsiyalar sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

  1. Kunni shukronalik bilan qarshi ol

Men ertalab uyg‘onib, yangi kunni qarshilashni yaxshi ko‘raman. Tongda turib, barchasi uchun shukronalik keltirishni odat qiling. O‘zingizga o‘zingiz «Uyqudan uyg‘onganimdan baxtiyorman, men tirikman, menga qimmatli hayot in’om etildi va men uni bekorga sarflamoqchi emasman. Men bor kuchimni o‘zimni rivojlantirish, boshqalarga nisbatan ko‘ngilni keng qilish, boshqalarga nisbatan ijobiy fikrlashga sarflayman. Men jahl qilib, boshqalar haqida salbiy fikrlamoqchi emasman. Imkon qadar boshqalarga foyda keltirishga harakat qilaman», – deb ayting.

  1. Ajoyib start

Men o‘z kunimni odatda kech uyg‘onib, shosha-pisha tayyorgarlik ko‘rib, bolalarni maktabga tashlab, ishga kech qolishdan boshlardim. Kunning bunday boshlanishi yaxshi emas, albatta.

Endi esa mening ertalabki odatlarim o‘zgardi, hozir men soat 8:00gacha ancha narsaga ulguraman, farzandlarim va men erta uyg‘onamiz. Tajribam shuni ko‘rsatadiki, kunni erta turishdan boshlashdan yaxshisi yo‘q.

  1. Sokinlik

Tong shu qadar sokinki, unda na qichqirayotgan bolalar, na futbol to‘plari, na mashinalar va na televizor shovqini bo‘lmaydi. Bu mening kun davomidagi eng sevimli lahzalarim. Men o‘zim uchun ajratilgan, tinchgina o‘ylashim, o‘qishim va nafas olishim mumkin bo‘lgan vaqtdan zavq olaman.

  1. Quyosh chiqishi

Uyqudan kech uyg‘onadiganlar tabiatning eng ajib go‘zalliklaridan biri – quyoshning chiqishini ko‘ra olishmaydi. Men kunning asta-sekinlik bilan yorishib borayotgani, tabiat turfa ranglarga kirayotganini kuzatishni yaxshi ko‘raman.

Men ertalabki yugurish mashqlarini aynan shu vaqtda bajaraman. Osmonga qarab «Qanday ajoyib kun!» deyman. Aslida ham shunday.

  1. Nonushta

Erta tongda uyg‘onsangiz, nonushta qilishga bemalol vaqt topa olasiz. Mening firkimcha, bu kun davomidagi eng muhim taomlanish vaqtlaridan biri. Nonushtasiz tushlikkacha samarali ishlash qiyin, keyin esa och qoringa yog‘liroq yoki shirinroq narsa yeb qo‘yishingiz mumkin.

Nonushta o‘z vaqtida qilinsa, kechga qadar o‘zingizni tetik his qilasiz. Bundan tashqari, ertalab kitob mutolaa qilib nonushta qilish, xotirjam qahva ichish – ishga ketayotib yoki ish joyida shosha-pisha biror narsa yeb olgandan ko‘ra yoqimliroqdir.

  1. Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlarni bajarish uchun tongdan boshqa paytlar ham bor, albatta, ishdan keyin mashq qilish ham juda yoqimli bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ertalabki badantarbiya deyarli hech qachon kanda qilinmaydi.

  1. Samaradorlik

Men uchun kunning birinchi yarmi samaraliroq. Ertalab hech qanday chalg‘ituvchi omillar yo‘qligida muhim narsalarni yozib olish mumkin, keyin esa elektron pochtamni ko‘zdan kechiraman.

Men o‘z vazifalarimni kunning birinchi qismida boshlab, ko‘p ishlarni bajarishga ulguraman. Shunda kechqurun oilamga vaqt ajratishga bemalol ulguraman.

  1. Maqsadli vaqt

Maqsad bormi? Uni amalga oshirish kerak. Ishlarni ko‘rib chiqish, rejalashtirish va bajarish uchun kunning birinchi qismidan yaxshi vaqt yo‘q. Siz bu haftada amalga oshirishingiz lozim bo‘lgan bir maqsadga ega bo‘lishingiz kerak.

Har kuni ertalab maqsadingiz sari olib boruvchi biror ishni amalga oshirishingiz kerak. Bu ertalab bajargan birinchi ishingiz bo‘lishi maqsadga muvofiq.

  1. Qatnov

Hech kim ertalabki tig‘iz vaqtda harakatlanishni yoqtirmaydi. Ishga ertaroq qatnashga odatlaning, shunda ishga yetib olishingiz ham yengillashadi. O‘zingiz ham vaqtingizni tejab, ishlaringizni tezroq bajarishning uddasidan chiqasiz. Velosipedda qatnasangiz yoki uydan ishlasangiz, undan-da yaxshi.

  1. Uchrashuvlar

Erta tursangiz, ertalabki uchrashuvlaringizni o‘z vaqtida tugallaysiz. Shu bilan birga ularga tayyorlanishga ham ulgurasiz.

  • «So‘fito‘rg‘ay» rejimiga o‘tish

Keskin o‘zgarish qilmang. Rejimni asta-sekinlik bilan o‘zgartiring, odatdagidan 15-30 daqiqa ertaroq uyg‘oning.

Bir necha kun ichida bunga ko‘niking. Shundan keyin yana 15-30 daqiqaga qisqartiring. O‘zingiz maqsad qilgan vaqtga yetgunga qadar shunday qilishda davom eting.

Ertaroq uxlashga yoting. Qo‘ng‘iroqli soatingizni karavotdan uzoqroqqa qo‘ying. Shunda uni o‘chirish uchun o‘rningizdan turishingizga to‘g‘ri keladi.

Qo‘ng‘iroqni o‘chirdingizmi, darhol yotoqxonadan chiqing, o‘ringa qayta yota ko‘rmang. O‘zingizni xonadan chiqishga majbur qiling. Vannaxonaga kirib yuvining va yangi kunni qarshi oling.

Asosli sabab toping. Ertalab muhim bir ish bajarishni o‘zingizga odat qiling. Bunday odat sizga o‘rningizdan turishga turtki beradi.

O‘zingizni mukofotlang. Qaynoq qahva yoki choy ichish, kitob mutolaa qilish, quyosh chiqishini kuzatish, badantarbiya bilan shug‘ullanish va boshqalar. Bu sizning tongingiz yoqimli boshlanishiga sabab bo‘la oladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish