Erkaklar nega ayoliga qo‘l ko‘taradi?

Dinimizda ham, jamiyatimizda ham ayolga hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi alohida ta’kidlanadi. Biroq afsuski, ba’zi oilalarda xotin kishini kaltaklab, unga jismoniy ozor yetkazish holatlari ham kuzatiladi. Ruhshunos Barno ILHOMOVA bilan mavzuni tahlil etib, zulmkor erlarga qanday munosabat qilish kerak degan savolga javob izlab ko‘ramiz.

Qanday erlar ayoliga qo‘l ko‘tarishadi?
Albatta, sababsiz oqibat bo‘lmaydi. Qanday odamlar zaifalarga qo‘l ko‘taradi:

Oilada jismoniy kuch ishlatish orqali siyosat olib borishga irsiy moyilligi bor odamlar. Ularning otasi onasiga qo‘l ko‘targan, ota-onasi bolalarini kaltak bilan tarbiyalashgan yoxud aka-ukalari, teng-to‘shlari bilan yoqa bo‘g‘ishib ulg‘ayishgan bo‘lishlari mumkin.

Ojiz, ya’ni ma’nan, ruhan to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanmagan erkaklar.

Mas’uliyatdan qochadigalar. Ular biror muammo chiqqanida uni hal qilishni emas, muammo haqida so‘z boshlagan kishining og‘zini kuch bilan yopishni ma’qul ko‘rishadi.

Ruhan nosog‘lom kishilar.
Xotinning ham «hissa»si bor(mi?)

Shunday vaziyatlarlar ham bo‘ladiki, erning umr yo‘ldoshini do‘pposlashiga ikki tomon ham birdek aybdor sanaladi. Bu o‘rinda erkak va ayol o‘rtasidagi farq yuzaga chiqadi. Ya’ni o‘zingizga ma’lum, ayollar — his-tuyg‘uga beriluvchan xalq. Ayrim xonimlar bir gap boshlashsa, ming‘ir-ming‘irlari tugamay, nuqta-vergulni unutib qo‘yishadi. Erkaklar esa odatda yo «ha» deyishadi, yoki «yo‘q» bilan kifoyalanishadi. Xotinni esa bu qoniqtirmasligi mumkin. Hatto, biror talabiga eri «Xo‘p» degan taqdirda ham «Menga kinoya bilan xo‘p demang» qabilida yana «sayrashda» davom etishadi. Xo‘p degani ham yoqmagan erkak esa qo‘lini ishga soladi — emosiyalarini boshqara olmayotgan ayolga tarsaki tushiradi.

«Aka-ukasi ovsinlarimga qo‘l ko‘tarmaydi-yu, meni erim o‘lasa qilib uradi», deya norozi bo‘luvchilar ham bor. Psixologlarning ta’biricha, bunga ayolning ong ostiga «Meni urish me’yoriy holat» degan fikrning qattiq o‘rnashib qolgani sabab bo‘lishi ham mumkin ekan. Otasi onasini kaltaklaganini ko‘rib o‘sgan qizlar o‘zlari bilmagan holda uradigan erkaklarni umr yo‘ldoshlikka tanlasharkan yoki gap-so‘zlari, hatti-harakatlari bilan erkakni urush darajasigacha olib borisharkan.

«Ustunlikni qo‘ldan bermayman!!!»
Muhabbat qalbida endi kurtak yozayotgan kelinchakni turmushining ilk pallasidayoq qat’iy rejim asosida tarbiyalashga kirishadiganlar ham uchrab turadi. Ko‘p holatlarda yangi kuyovning rafiqasiga qo‘l ko‘tarishiga erkaklarning o‘ziga xos qo‘rquvlari turtki bo‘larkan. Oilasida yoki yon-atrofida turmush jilovini xotinining qo‘liga tutqazib qo‘ygan erkaklarni ko‘rib ular sergak tortishadi. Va ularning ittifoqida ham ayoli ustunlikni qo‘lga olmasligi uchun «Boshidan xotinning popugini pasaytirish kerak», degan xulosaga kelishadi. «Turmush o‘rtog‘im onam (xolam, ammam)ga o‘xshamasin» deb emas, «Men oilada o‘z o‘rnini yo‘qotgan falonchining qismatini takrorlamasligim uchun u yo‘l qo‘ygan xatolardan saqlanishim kerak», deya fikr yuritishga oqillik, mas’uliyat va mardlik yetishmaydi. Agar sizning peshanangizga shunday inson yozilgan bo‘lsa, uning nozik nuqtasiga tegishdan ehtiyot bo‘ling. O‘zingiz istagan narsani yoki aytmoqchi bo‘lgan gapni ham go‘yoki undan chiqqan taklifdek ko‘rsating.

Kaltaklarga chek qo‘yish mumkinmi?
Keling, mana shu bahsli savolning javobiga batafsilroq to‘xtalamiz.

1-shart: ovqat tagiga olmasdan turib olovni pasaytirish yoki o‘chirish kerakligini yaxshi bilasiz. Muammolarga ham shu tarzda yondashishni tavsiya etardik.

Otalar, ayolingizga qo‘l ko‘tarayapsizmi, bu ulg‘ayayotgan farzandlaringiz taqdirida o‘z izini qoldirishini unutmang. Illatlar zanjir kabi ulanib, kelajak avlodlar hayotida aks etadi. O‘g‘lingiz ayolini uradigan bo‘lishi sizni ko‘pam tashvishlantirmasligi mumkindir, ammo shiringina qizingiz ham qo‘li qattiq odamga juft bo‘lishi mumkinligini yodda tuting.

Onalar, «Eridan kaltak yemagan ayol yo‘q», «Hamma erkaklar uradi», «Erning urgani ur oshi», «Mana shu fe’ling bo‘lsa, erning kaltagi ostida qolasan» kabi nasihatu tanbehlaringizni lug‘atingizdan o‘chirib tashlang. Navnihol qizning ongini bu kabi ko‘nikmalar bilan zaharlamang.

Qiz uzatayotganda yetti pushtini erinmay surishtiring. Bo‘lajak kuyovning oilasida ayollarga hurmat qanaqa, ularni urish mumkin degan qoida yo‘qmi — qiziqing.

2-shart: ayol kishi ilk bor unga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgandayoq bu munosabatga qarshi chora ko‘rishi kerak. Aslo faqat yig‘i-sig‘i, araz-gina bilan muammoni o‘z holicha qoldirmang. Uni ildizi bilan sug‘urib tashlashga urinib ko‘ring. Vaziyatga oila kattalarini jalb qilasizmi yo eringiz gap tushunadigan odam bo‘lsa, xotirjam gaplashib olasizmi — o‘z munosabatingizni bildiring. «Men bu xonadonga sizdan tarsaki yeyish uchun kelmaganman. Tinch-xotirjam, mehr-muhabbat bilan yashashni istayman va bu kabi qo‘pol muomalani qabul qilmayman», deng.

3-shart: qo‘rqmang. «Meni nafaqat erim, qaynonam, qaynopamlar ham urardi. Necha marta yig‘lab uyga ketganman, foydasi bo‘lmagan. Alohida chiqqanimizdan so‘nggina tinchidim. Ammo ovsinimga qo‘l ko‘tarish tugul, qattiqroq gapira olishmaydi. U ayyorgina-da…», deb qoldi bir kuni qo‘ng‘iroq qilgan mushtariylardan biri. Yaxshilab surishtirsak, ovsini ancha-muncha o‘ziga ishongan qiz, bu oilaning kurakda turmaydigan qoidalariga — qaynopaning ichkiyimlarigacha yuvish, joni og‘risa, shifokorga bormasdan chidash kabilarga rioya etmaydi. Erining ham, qaynonasining ham oldida o‘z huquqlarini himoya qila olgan. Zolim qaynonayu qaynopalar ham tushunganki, ikkinchisida birinchisiga qo‘llanilgan usul ish bermaydi.

4-shart: qochib qoling. Ha. «Yaqinda qabulimga bir er-xotin keldi. Necha yilki, er ayolini kaltaklab tarbiyalashga harakat qiladi, ayol esa goh ko‘zi ko‘karib, goh labi yorilib yurishdan charchagan. Ikki tomon bir-birini ayblab charchashmadi. Erga quloq tutsam, «Urishimni bilib turib ham jim bo‘lmaydi», degach, turmush o‘rtog‘iiga yuzlandim — «Siz eringizning qo‘l ko‘tarishini sezib turasizmi?» degan savolimga esa «Yo‘q», degan javob oldim. Er-xotin bilan kelishdik. Erkak asablari dosh berolmay, g‘azabga to‘lganida xotinini ogohlantiradigan bo‘ldi, ayol esa darrov voqea joyini tark etadigan», dedi ruhshunosimiz o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlasha turib.

Munosabatlaringizga nazar soling: eringiz qachon, qanday holatda sizga jismoniy tazyiq o‘tkazadi? Shunday vaziyatni sezishingiz bilan tilingizga ehtiyot bo‘ling, zarurat tug‘ilsa, uning ko‘ziga ko‘rinmay tura qoling. Bilagida kuchi ko‘p begingizning asablari joyiga tushgach, o‘sha kungi masalani bemalol gaplashib olishingiz mumkin. Muhimi, haddingizdan oshmang, shunda u ham o‘zini boshqara oladi.

5-shart: aybdor izlamang. «O‘zi erim juda yaxshi inson, shu qaynonamning gapiga kirib uradi-da», deyishadi. Bu bilan eringizni oqlab, uning yana sizga shikast yetkazishiga yo‘l ochib bermayapsizmi? Qaynonangiz mavzusini bir chetga suring-da, turmush o‘rtog‘ingiz bilan gaplashib oling. Juftingizni har qanday muammoni o‘zaro kelishib hal qila olishlaringizga ishontiring.

6-shart: beklarni sport mashg‘ulotlariga jalb etish lozim. Shunda sal gapga musht tuguvchi erkak alamidan boks zali, tennis kortida xalos bo‘ladi. Rahbaridan tanbeh eshitsa, onasi ayolidan norozilansa, ko‘ngli nozik zaifasi jahlning qurboni bo‘lavermaydi. Qolaversa, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshib, bir qancha zararli odatlari bilan xayrlashsa, ajabmas.

7-shart: oilaviy, ya’ni er-xotin birgalikda ruhshunosga uchrashing. Mutaxassis bilan muammoni yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlab, ular ustida ishlash imkoniga ega bo‘lasiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish