Erkak yaxshi pul topishida ayolning o‘rni

Har qanday ayol yonida omadli, toparmon-tutarmon, ishonchli erkak bo’lishini istaydi. Lekin istaklarimiz doim ham amalga oshavermaydi. Ba’zida erlar ishsiz, pulsiz qolishadi, ishlari yurishmaydi. Aqlli ayol buni vaqtincha holat deb sabr qiladi, dono ayol esa turmush o’rtog’ini yangi marralarni zabt etishga ilhomlantiradi. Xo’sh, erkak yaxshi pul topishi uchun ayol nima qilishi kerak?

Erkak bir ayolning oldida omadsiz, boshqa bir ayol bilan yashaganda esa muvaffaqiyatli bo’lib qolishi ko’p kuzatiladi. Bu yerda ayollarning erlariga ta’siri, uni yuksak maqsadlar sari undashi, ilhomlantirishi, rag’batlantirishi haqida gap ketayapti. Ular qanday ayollar? Nima qiladilarki, erlari omadsiz insondan tog’larni talqon qilishga qodir supermenlarga aylanib ketadilar?

Ayollar erlari ko’p pul topishini istagan holda, ularni muvaffaqiyat sari rag’batlantirishni bilmaydilar. Masalan, oilada moddiy qiyinchilik boshlangan payt bir toifa ayollar sabr qilib, har narsani tejab, ro’zg’or yukini zimmasiga oladi, ikki-uch joyda ishlaydi, tunlari uxlamaydi, xullas, oilani o’zi ta’minlashga harakat qiladi. Boshqa toifa ayollar esa, aksincha, bunday erning boridan-yo’g’i deya ajrashish va yangi oila qurish fikriga tushadilar. Bu ikki chegara ham ma’qul emas, o’rta yo’lni tanlash kerak. Ya’ni aql bilan erni yo’naltirish, joyidan qo’zg’atish lozim. Ha, birovni ishlatish o’zingiz ishlashdan ko’ra qiyinroq. Biroq erkak ishlab pul topib kelmas ekan, oilada baraka bo’lmaydi. Xo’sh, nima qilmoq kerak?

Xohlang. Yangi ko’ylak kerak emas, eskisi ham bo’laveradi desangiz, eringiz hech qachon sizga ko’ylak olib berish uchun ishlashi kerakligini o’ylamaydi. Siz so’ramasangiz, u bermaydi. Demak, istash va so’rash kerak.

Rag’batlantiring. Xohlamoqning o’zi etarli emas. Istakni amalga oshirish uchun imkon ham topmoq kerak. Bu o’rinda imkonni siz emas, turmush o’rtog’ingiz topishi kerak. Siz esa uni shunga rag’batlantirmog’ingiz lozim.

To’g’ri tejang. Albatta, eringizning butun oyligiga bitta tufli sotib oling demaymiz. Ammo «Arzon beillat bo’lmas» degan maqolni ham unutmang. Sifat va narx mezonini to’g’ri ushlang. Qolaversa, xaridingizdan mamnun bo’lsangiz, bu juftingizning ham o’ziga bahosi va ishonchini oshiradi. Unga nima uchun ishlashi kerakligini ko’rsatadi.

Orzularingizni amalga oshiring. «Ayfon»ni orzu qilyapsizmi? Sotib oling! Mayli, boshlanishiga u eskiroq versiyasi, mayli ishlatilgan telefon bo’laqolsin. Lekin bu amalga oshgan orzu sifatida qimmatli bo’ladi. Orzularimizning ro’yobga chiqishi esa bizga ishonch, quvvat va xushkayfiyat beradi. Eskiroq, ammo istalgan avto, narxi tushirilgan, biroq bolalikdan orzu qilingan mebel – bularning bari xonadoningizni ijobiy energiya bilan to’ldiradi. Qarabsizki, pullar nasibaga yarasha oqib kelaveradi. Niyatni butun qiling.

Eringizga o’rgatavermang. Uning elkasida o’z kallasi bor. Unday qiling, bunday qiling deyaversangiz, uning ijodiy fikrlash, fahmlash qobiliyatini so’ndirib qo’yasiz. Siz vazifa qo’ying, marrani ko’rsating, bo’ldi, uni qanday zabt etishni esa o’zi hal qilsin. Shundagina u g’alaba zavqini his etadi.

Turmush o’rtog’ingizni qadrlang. Bu uning siz uchun qilayotgan ishlarini qadrlash demakdir. Agar ayni damda uni maqtashga asos topa olmayotgan bo’lsangiz, o’tmishga qarang, albatta, g’alaba qozongan, ishi o’xshagan, muvaffaqiyatga erishgan paytlari bo’lishi kerak, o’shalar uchun uni qadrlang.

Ko’kka ko’taring. Bu erkaklar oriyati uchun malhamdek narsa. Har qanday erkak ayoli nazarida yuksak baholanishni istaydi. Ayollarga muhabbat va e’tibor qanchalik kerak bo’lsa, erkaklar uchun maqtov va ko’klarga ko’tarilishi shunchalik zarur.

Unga boshqaruvni bering. Lider, himoyachi roli erkaklarga tegishli, bu ularning huquqi va imtiyozidir. Siz erim oilani boqa oladi, deb yuz foiz ishongan kuningizdan boshlab u ro’zg’orni ta’minlay oladi. Bu bilan umr yo’ldoshingiz o’zining naqadar kerakli inson ekanini ham his etadi.

Oila byudjetini unga topshiring. Er ro’zg’or uchun javobgar ekan, pulni qanday topish yo’llarini o’zi hal qilarkan, demak, qanday sarflashni ham u biladi. Unga g’aznani ishoning. Agar topganini tiyinigacha sanab olib, o’zingiz sarf-xarajatlarni nazorat qilar ekansiz, hech qachon ro’zg’or uchun mas’uliyat butunlay uning zimmasiga o’tmaydi. U oyligini olib kelib beradi, xolos. Yetmagan joyini o’zingiz to’ldirishga majbur bo’lasiz.

O’zingizda ayollik sifatlarini rivojlantiring. Ayollar egiluvchan, noziktabiat va ayyor mavjudotdir. Yaratgan ayolga inja farosat va tezkor fahm bergan. Erni ta’nalar, talablar bilan arralamaslik, aksincha aylanma yo’llar bilan o’z istagingizni uning maqsadiga aylantirishingiz kerak. Siz hovlili bo’lish haqida orzu qilayapsizmi? Demak, oilangiz, farzandlaringiz va eringizning o’zi uchun ham bu zarur ekaniga uni ishontirishingiz kerak.

Erkaklar ham o’z haqiqatlari bor! Yuqorida keltirilgan maslahatlarga erkaklar umuman e’tiroz bildirmasalar kerak. Ular ayoldan doim hamdardlik, hamjihatlik, ishonch va mehr kutadilar. Ayollari ularni har ishda qo’llab-quvvatlashini va doim maqtab, rag’batlantirib turishini istaydilar. Umr yo’ldoshlari o’z ehtiyojlarini qondirish uchun faqat o’zlariga murojaat etishini, birovga zor bo’lmasligini istaydilar. Ayolining ehtiyojlari erkak uchun asosiy rag’bat manbaidir.

Erkaklar ko’pincha birinchi mag’lubiyatdan so’ng tarvuzlarini qo’ltiqdan tashlab, kamhafsala bo’lib qoladilar. Shunday paytda ayol kishi uni kuch bag’ishlay olishi kerak.

Lekin erkaklarning ayollar fikriga qo’shilmagan jihatlari ham bo’lsa kerak. Axir har masalada yakdil bo’lganlarida oilaviy nizolar umuman kelib chiqmasdi-ku.

Erkaklar ayol tufayli muvaffaqiyatga erishdim degan fikrni umuman qabul qilmaydilar. Ular uchun barcha zafarlar faqat o’z mehnatlari, aqqlari va jasoratlari natijasidir. Tamom, vassalom!

Shunga qaramay, har qanday erkak ham uylangach, bola-chaqa orttirgach, ko’proq pul topa boshlaganini tan oladi. Bu holni erkaklar juda oson, shu bilan birga, qiziqarli tarzda izohlaydilar.

♂️Erkaklar bolasi uchun har narsaga tayyor! Ayol homilador bo’lib, bu haqida eriga ma’lum qilgan kundan boshlab unda ro’zg’or ta’minlovchisi mas’uliyati ortadi, u imkon qadar ko’proq pul ishlab topish harakatiga tushib qoladi. Qo’shimcha ish topish, mansabda ilg’orlash yo’llarini izlash, o’z biznesini ochish payiga tushadi.

♀️Ayol uyini sarishta, bolalarni ozoda tutib, o’zini parvarishlamas, ya’ni o’z vazifalarini bajarmas ekan, erkak ham uyga pul olib kelishni kamaytara boshlaydi. Yoki aksincha, er ko’proq topib keladi, xotin ro’zg’orni shinamroq qiladi. Xullas, bir-biriga bog’liq yopiq halqa.

Bu haqiqatlar etuk insonlarga tegishli. Jisman o’ssa ham, aqlan bola bo’lib qolgan, mas’uliyatni zimmaga olishni istamaydigan, hamon onasining chizgan chizig’idan chiqmaydigan erkaklarga hech nima rag’bat bo’la olmaydi, afsus!

♂️🏻‍♀️Xulosa qiladigan bo’lsak, ro’zg’or but, farovon bo’lishi uchun har kim o’z o’rnida o’z vazifasini bajarishi kerak. Ayol eri ko’p pul topishini istaydimi, erini ko’p pul topishga rag’batlantirsin. Erkak uyda tinchlik, xotirjamlik bo’lishini, bolalari hech nimaga zoriqmasligini xohlaydimi, demak, harakatini qilsin. Ish topolmayapman deb divanga yonboshlab olish erkakka, erim ishlamayapti, oilani o’zim boqishim kerak, deb hamma yukni nozik elkalarga olish ayolga yarashmaganidek, oila uchun ham koni zarardir. O’zaro ta’nalarni, ayblovlarni yig’ishtirib, har ikki tomon ham islohni o’zidan boshlashi kerak.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish