ERINGIZ XIYONATIDA SIZNING HAM AYBINGIZ BOR..

Sarlavhaga ko‘zingiz tushishi bilan ichingizda allaqanday tuyg‘ular g‘alayon qildimi? «Kun bo‘yi tinim bilmasam, qaynota-qaynonamning xizmatini qilsam, bolalarga qarasam, buning ustiga ishli ayolman, erimning xiyonatida nega men aybdor bo‘larkanman?» deysiz-a, norozi bo‘lib. Ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor-da. Yuqorida sanab o‘tilganlar qatorida juftimizning sog‘ingani, talpingani bo‘lishni unutib єo‘yamiz. To‘g‘rimi? Ayniqsa, farzand ko‘rgach, jinsiy hayotni sekingina ikkinchi o‘ringa surib, umr yo‘ldoshimiz oldidagi ayollik burchimiz yoddan ko‘tariladi. Bu esa erkakning «yugurgilab» qolishi uchun o‘zimiz yaratib bergan sharoitdir. Lekin vaziyatni o‘nglash ham o‘z qo‘limizda! Buning uchun erkaklar jinsiy yaqinlikdan nimalarni istashlarini bilsak bo‘lgani. Xatolarimizni to‘g‘irlashga ulguramiz!
LIBOSINGIZ O‘ZINGIZGA MOSMI?
Yotoqxona erkak va ayolning shaxsiy hududi. Shunday ekan, bu makonda juftingizning ko‘zlarini quvnatadigan ko‘rinishda bo‘lishingiz shart! Etagi yerni «o‘padigan», bichimi kengligidan ichida «raqs» tushish mumkin bo‘lgan tungi liboslaringizni tashlab yuboring. Ahir yoshingizga mos, bejirim va ko‘zni yashnatadiganlari ozmi?! Uyalasiz?! Mana shu birinchi xatongiz. Vaholanki, u sizning aksincha bo‘lishingizni istaydi. Balki qarashlaringizni o‘zgartirarsiz…
ODDIY EMAS!
To‘y kunining ilk visol oqshomini eslaysizmi? Yurak hapqirishi, hayajondan boshingiz aylanib, butun badaningizga titroq kirganichi, yodingizdami? Aslida erkak va ayolning yaqinligi doim ana shunday yoqimli hissiyotlar bilan boshlanishi kerak. Biroq turmushning ikkinchi yiliga kelib, bu masalaga juda oddiy ko‘z bilan qaraladi. Mutaxassislar esa turmushning xoh o‘ninchi yili bo‘lsin, hoq o‘n beshinchisi ayol o‘ziga oro berib, yoqimli ifor bilan xisslarni «qitiqlay» olsa, erkak uchun hamisha sevimli bo‘la oladi, deyishadi.
«JONIM» DENG, JAHONINI BERADI!
Erkakning qiziqishini uyg‘otuvchi usullardan biri erkalovchi so‘zlardir. Turmush o‘rtog‘ingiz jiddiy inson bo‘lsa ham yolg‘iz qolganingizda suyib, erkalashingizni istaydi. «Jonim», «hayotim», «Borlig‘im» shu kabi so‘zlardan foydalanasizmi? «Uyat bo‘lar» deganingiz nimasi?! Ikkingiz yolg‘iz, yotoqxona devorlaridan bo‘lak guvoh yo‘q atrofingizda. Shunday ekan, juftingiz siz uchun qanchalik aziz, qadrli inson ekanligini ko‘rsating.
ISTAKLARINI TUShUNING!
Yaqinlik vaqti juftingiz sizdan nima istashini bilasizmi? Bu muhim vazifani erkakning gardaniga tashlab qo‘yib, tomoshabin bo‘lish bilan kifoyalanmang-da. Unutmang, bu o‘yinning ikki ishtirokchisi bor: u va siz! Xatti-harakatlarini tushunmasangiz, tortinmasdan so‘rayvering. Erkaklar bu mavzuda so‘zlashishni istashadi, hatto ba’zi vaqtlarda ayolidan tashabbus kutishadi. Er-xotinning nozik munosabatlarida hech qanday sir, hech qanday tushunmovchilik bo‘lishi kerak emas. Aksincha, hammasi shunchalik shaffof bo‘lsinki, bir-biringizga nigohingiz tushishi bilan nima istayotganingizni tushuning.
MAFTUN ETING!
Eringizga hech raqs tushib berganmisiz? Bu nima uchun kerak deysizmi?! Ba’zi erkaklarga aynan mana shu usullar yoqadi. Mayli, raqs bo‘yicha uquvingiz bo‘lmasin, to‘y-hashamlarda ham tortinchoqdirsiz. Yotoqda buning aksini qilib ko‘rsangiz-chi?! Uyali telefon apparatiyu, do‘stlari bilan restoranlarda tomosha qiladigan arab raqqosalarining xirom aylashi juftingizni befarq qoldirmaydi. Og‘zining suvi «qochma»sidan, unga o‘zi istagan onlarni hadya eting. To‘kis baxtingiz uchun sizdan nima ketdi?
«QOVOG‘INGIZNI OChING!»
Ishonmasangiz, istagan erkakdan so‘rang, «Ayolim kulib tursa bo‘lgani» deyishadi. Hazil-mutoyibasiga javoban qovog‘ingizni o‘ysangiz, zarda qilsangiz, kamiga bolalar ham sizga sherik bo‘lsa, sizni bag‘riga bosishni istagan qo‘llari havoda muallaq qoladi. Nozik munosabatlar to‘g‘risida-ku, yaxshisi indamay. «Sovuq» muomala erkakni uzoqlashtiradi. Maylini qaytaradi. Shu payt tashqaridan kimdir ko‘ngliga qo‘l solguday bo‘lsa, suyangani siz emas «U» bo‘ladi. O‘ylab ko‘ring…

ChIROQLAR O‘ChIRILSIN!

«Qorong‘ulikdan qo‘rqaman! Chiroqni yoqib qo‘ying» Aksariyat ayollarning boshlanadigan diydiyosi shu. Ammo birgina gapingiz juftingizning jonlanayotgan tasavvurini yo‘qqa chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida erkaknin g yetarlicha qoniqmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana undan keyin sizni tergasa, o‘zingizdan o‘pkalang. Yorug‘lik nurini istaysizmi, kichik shamdonlar sotib oling-da, yotog‘xonangizni bezating.

QIZIQTIRING…
Er-xotinning jinsiy munosabatlari to‘g‘risida qo‘llanmalar, tanadagi erogen nuqtalar joylashuvi, qay hollarda ular qo‘zg‘aladi, qanday usullar erkakni “jonlantiradi” – bular haqida ilmiy nashrlar talaygina. Turmush o‘rtog‘ingizning sizga e’tibori kamayganini sezsangiz, o‘z ustingizda ishlang. Oqila ayol, namunali kelin va yaxshi ona bo‘lish uchun kitob varoqlaysiz-ku! Yoringizga yoqish uchun ham shunday qilsangiz nima bo‘libdi?! O‘rganganlaringiz to‘g‘risida juftingiz bilan fikr almashing. Bir-biringizni yaxshiroq tushuna boshlaysiz. U ham sizdagi o‘zgarishni ko‘rib, muhabbati alanga oladi.
Ertalab…
O‘rta yoshli erkaklarning mayli asosan ertalab, aniqrog‘i kunduzi faollashadi. Tabiiyki, ayol buni xushlamaydi. Chunki nonushta tayyorlashi, bolalarni maktab-bog‘chaga hozirlashi, ustiga-ustak o‘zi ham ishga borishi kerak. Xo‘sh, qanday murosa qilamiz? Har kuni bo‘lmasa ham kunora, doimgidan ertaroq uyg‘oning. Atigi bir soat oldin. Umr yo‘ldoshingizga u istagan kayfiyatni bag‘shida etish uchun bir soatlik uyqingizdan voz kecholasiz-ku, to‘g‘rimi?! Hatto nozik «muomala» bo‘lmasa ham shunchaki suhbatlashish mumkin. Bu ham urtadagi devorni kulatadi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish