BOLA TARBIYASIGA OID FIKRLAR
1. Agar bola shijoatlantirib turilsa, o’ziga ishonadigan bo’lib o’sadi.
2. Agar bola qiyinchilikda o’ssa, sabrni o’rganadi.
3. Agar bola maqtovlar ichida o’ssa, rozilik va muhabbatni o’rganadi.
4. Agar bola sheriklik muhitida o’ssa, birovga bir narsa berish va qo’li ochiqlikni o’rganadi.
5. Agar bola rost gapiruvchilar xonadonida o’ssa, rostgo’ylikni o’rganadi.
6. Agar bola insoflilar muhitida o’ssa, adolatni o’rganadi.
7. Agar bola his-tuyg’ularga rioya qiluvchilar orasida o’ssa, ehtiromni o’rganadi.
8. Agar bola qattiq tergovchi va tanqidchilar orasida o’ssa, yolg’onni o’rganadi.
9. Agar bola qo’polli va urushqoqlik muhitida o’ssa, adovatni o’rganadi.
10. Agar bola doimiy xavf muhitida o’ssa, zaif va qo’rqoq bo’lib voyaga etadi.
11. Agar bola jipslik va ahillik muhitida o’ssa, hamjihatlikni o’rganadi.
12. Agar bola masxara qiluvchilar muhitida o’ssa, xijolatpaz bo’lib o’sadi.
13. Agar bola hasadgo’ylar orasida o’ssa, hasad qilishni o’rganadi.
14. Agar bola ortiqcha ahamiyat va himoya ostida o’ssa, o’ziga ishonmaydigan bo’lib voyaga yetadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.