Agressiv odamlar
Agressiv odam hamma joyda o‘z hukmini o‘tkazishni istaydi. Bu insonga bo‘ysunmaydiganlarga o‘z kuchi bilan jazo beradi. Bu jazo sizni pastga urish, sizga tahdid qilish, sizni o‘ziga bo‘ysundirish, sizga ta’ziq o‘tkazish, siringizni olib, oshkor qilish uchun qo‘rqitish kabi ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Emotsional odamlar
Bu insonlarning birinchi ehtiyoji hissiyotlarini bildirishdir. Baqirish, ovoz chiqarib yig‘lash, eshikni yuzingizga yopib ketish, qoshiqni taqqilatib urib turib ketish, qog‘ozlarni ko‘z oldingizda yirtib tashlash kabi “xususiyatlari” bor ularning. Tortishuvda bari-bir yengish uchun xissiyotlarining borini ishlatadi. “Shahar sharmandaniki!” deyishadimi ular haqida. Xullasi, emotsional odamlar uchun ham xissiyotlari kerak ish o‘rinlari bordir, ammo, bundan qanday qiynoqlar kelib chiqishini siz yaxshiroq tushunasiz.
Logik mantiqli odam
Vaziyatni to‘liq nazorat qilishga, faqat faktlarga tayanishga, xissiyotlarni inobatga olmaslikka erishgan odamlar. Aslida bunday odamlar ham tabiatning mo‘jizasi go‘yo. Ularning bu xususiyatlaridan judayam yaxshi foydalanuvchi rahbarlar ham topilar. Ammo, namuncha sovuq bu odam deb, uning sovuqligiga chidashingizga to‘g‘ri keladi.
Manipulyatsiya qiladigan odamlar
Bunday odamlardan bezor bo‘lib ketasiz. Ular nafaqat sizni rahbar sifatida. hatto birga ishlaydigan xodimlarni ham bezor qilib yuborishadi. Ular doim atrofni o‘zlarining nolishlari bilan, g‘arib nigohi bilan manipulyatsiya qilishadi. Ularga biror bir ish buyurilsa, «Xo‘p, lekin» dan boshlaydilar. Sizni aybdor qilishga intilishadi. Balkim sizning ishlab chiqqan mahsulotlaringizni ba’zan shunday sotuvchilar ham sota olishidan unumli foydalanarsiz, lekin, manipulyatsiyaga uchrab qolmang.
Qo‘rqoq odamlar
Doimo qo‘rqib yashaydigan odamlarning qo‘rquvi yuqadi boshqalarga ham. Rahbar sifatida bunday odamni ishga olsangiz, xavfni yaqinlashib kelayotganligini kutadigan bo‘lib qolasiz. Ular esa, boshqalarni qo‘rqitib “lazzat” olishadi. Bunday odamga ham yarasha ish o‘rni bordir, masalan, hayvonot bog‘idagi qo‘riqchiga xos yaxshi xususiyat bo‘lishi mumkin.
Umidsiz odamlar
Umidsiz odamning hayotda bitta qiladigan ishi bor: sizga umid yo‘qligini isbotlash. Bunday odamlardan boshqalar charchab ketishadi. Umid yo‘qligiga sizni ishontirmasa tinchishmaydi. Shuning uchun bunday odamlar o‘ziga ishongan odamlarni “ovlashadi”. Siz rahbarlik qilayotgan korxonaga bitta shunday ishchi tushsa bormi: hammaga umidsizlikni yuqtiradi. Sizning umidingizni “puchga” chiqarib keyin chuqur nafas olib hayotdan “lazzatlanishadi”. Siz bunday odamni o‘z tarbiyangizga olishga shoshmang, aslida u sizni o‘z tarbiyasiga olayotganligini unutmang.
Jafo chekuvchi odamlar
Doimo bir narsadan azoblanib, yuz qiyofasini xo‘rlanib, azoblanib ketgan odamga qiyoslab yuruvchilarni. Bular o‘sha azobidan qutilish uchun boshqalarning yordamini ham olishmaydi-da. Bu azobli yuz qiyofasini, yanayam azoblanuvchi ovozi bilan eshitganingizda o‘zingiz ham qiynalib ketasiz. Asosiysi siz bu insonni azoblaridan qutqarish o‘rniga o‘zingizda ham shunday yuz qiyofasi shakllanib qolishi xavfi paydo bo‘ladi. Bir ko‘rib kechgacha ovozi qulog‘ingiz ostidan ketmay qoladi go‘yo. Bu havf!
Bilag‘on odamlar
Bilag‘on hayotida birinchi eshitib turgan gapga ham bilimlari ichidan gap topib beraveradi-da. Siz bilgan bilimlar ichidan xato topib, sizga o‘rgatib qo‘yish “iqtidoriga” ega. Bunday insonlarning bilmaganini bilish bobida irodasi shunchalik kuchliki, sizni yengmay qo‘ymaydi. Balkim bilag‘on bu insonning turtkilari sizni yanayam bilishga turtki bo‘lishi mumkin, lekin, psixologik tajribalarda bunday ishchi-xodimlar sizni “yiqitib” qo‘yishi ham mumkin. Ruhan charchash bilan tugallanadigan bilim sinovida “bilag‘on” ning o‘rinsiz savollari ham sizni qiynab qo‘yadi. Shuncha o‘qigan diploming bitta mening savolimga dosh bera olmadi-yu! – degan nigoh sizga istehozali ta’sir qilishi bilan bilag‘on o‘z maqsadiga yetib kulib yuborganligini guvohi bo‘lasiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.