BAXTLI OILANING XO'JAYINIDAN ERKAKLARGA TAVSIYALAR

👤1-qadam: Turmush o‘rtog‘ingizning ijtimoiy kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu haqda gapirmang. Siz bu narsalarni bilib turib unga uylangansiz, farzandlaringizning onasini kamsitish yaxshi emas.

👤2-qadam: Siz oilaning boshisiz, lekin ayolingizga hadeb “men sendan ustunman” deb zug‘um o‘tkazavermang. Oila baxtining yana bir kaliti “sen” va “men” so‘zlari o‘rniga “BIZ” olmoshini qo‘llashdir. Bu bir-biringiz uchun yashayotganingiz belgisi.

👤3-qadam: Ayolingizning jahli chiqqanida yoki nimadandir siqilganida uni tushunishga harakat qiling. Xamdard bo‘ling, qo‘llab-quvvatlang, tinchlantirishga harakat qiling. Faqat jahl bilan javob qaytarmang. Ayollar hamdardlikka erkaklardan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lishadi.

👤4-qadam: Dam olish kunlarini oilangizga bag‘ishlang. Ro‘zg‘orda va uy yumushlari orasida erkak kishi mas’ul hisoblangan ba’zi ishlar bor. Masalan, jo‘mraklar, elektr jihozlarini ko‘zdan kechiring. Kamchiliklarini bartaraf eting. Shuningdek, ko‘ngilochar joylarga farzandlar bilan birga borib, hafta davomida yig‘ilib qolgan charchoqlaringizdan qutulsangiz bo‘ladi.

👤5-qadam: Ayolimiz biz uchun pardoz qilib, chiroyli liboslarini ham biz uchun kiyishar ekan. Endi biz ham shunga yarasha javob qaytarishimz kerak. Shuning uchun xotiningizning tashqi ko‘rinishiga a’lo baholar berib turing, iltifotli bo‘lishga harakat qiling.

👤6-qadam: Ayollar maqtovga o‘ch bo‘lishadi. Ayolimning fe’lini o‘rganib, bunga amin bo‘ldim. Uddalagan ishi kichik bo‘lsa ham, bu ishi uchun siz uni hammadan ham ko‘proq maqtang.

👤7-qadam: Qaysi soha yoki jabhada bo‘lmasin, turmush o‘rtog‘ingizdan kuchli ekaningizni ko‘rsatishga harakat qilmang. Haqiqatni tan olishimiz kerak, ba’zi joylarda ayollar bizdan ko‘ra ancha bilimliroq. Masalan, ro‘zg‘or va bolalar tarbiyasida.

👤8-qadam: Imkon qadar moliyaviy masalalarni ijobiy hal eting. Ayollar minnatchi erkaklarni yomon ko‘rishadi. Bizning esa nimaga qancha sarf-harajat qilganimizni ta’kidlayveradigan odatimiz bor. Bu ayollarning asabiga tegar ekan. Ayniqsa, ro‘zg‘or, bolalar va unga ketgan pullar haqidagi fikrlaringizni so‘z bilan ifodalamaganingiz ma’qul.

👤9-qadam: Uy ishlarida ayolingizga yordam berib turing, siz ishda qanchalik charchasangiz, ayolingiz ham uyda bolalar bilan bo‘lib shunchalik toliqadi. U ham inson, biroz hordiq chiqarish imkoniyatini yarating.

👤10-qadam: Sizni kamroq so‘roq qilishlarini istasangiz, kunlik rejangiz haqida qisqacha ma’lumot berishingiz mumkin. Turmush o‘rtog‘imiz bizdan xavotir olgani uchun ko‘p xabar olar ekan. Shuning uchun qo‘ng‘iroqlarga javob berolmay qolishingiz, uyga kech qaytishingiz haqida ogohlantirsangiz, olam guliston! Yana bitta dilxiralikning oldini olgan bo‘lasiz.

👤Biz ayolimizni o‘zgartirishga, o‘zimizga, oila a’zolarimizga, bor-yo‘g‘imizga moslashtirishga, ko‘nishtirishga majbur qilamiz. O‘zimiz-chi? Deyarli, hech narsa. Mana shu qadamlar bilan tinch, osuda “qo‘rg‘onimizni” yanada mustahkamlashimiz mumkin. Mana, mening baxtli hayotim siz uchun misol bo‘lsin!

Baxtli oilaning xo‘jayini 😎


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish