JAVOBLAR
1. To‘rt barmoq ustiga bosh barmoq o‘rnashgan bo‘lsa, bu sizning ijodkor ekanligingizni ko‘rsatadi. Siz hazil, mehribonlik va ehtiyotkorlik kabi fazilatlarga egasiz. Siz nozik va suhbatdoshni xafa qilmaslik uchun muayyan vaziyatlarda jim turishni bilasiz. Odamlar siz bilan muloqot qilishdan xursand. Biroq, do‘stlar ko‘p bo‘lmasligi mumkinligiga aminmiz. Do‘stlariz kam bo‘lsa-da, ular sadoqatli. Sevgi sohasida siz haddan tashqari his-tuyg‘ular va romantikani yoqtirmaysiz.
2. Siz haqiqatanam ijodkorsiz. Siz ochiq ko‘ngil, har qanday inson bilan til topa oladigan qobiliyatga egasiz. Do‘stlar sizni samimiyligingiz va o‘tkir fikringiz uchun yaxshi ko‘rishadi. Siz o‘zingizga ishonasiz, o‘z-o‘zini hurmat qilish sizda juda rivojlangan. Siz tirishqoq va g‘ayratli odamsiz, bu sizni do‘stlaringiz orasida eng zo‘r yetakchi va biznes masalalarida yaxshi boshqaruvchi ekanligingizdan dalolat beradi. Biroq, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish ko‘pincha jasoratli qarorlar qabul qilishingizga to‘sqinlik qiladi, chunki bu sizning mag‘rurligingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Siz tez-tez ma’qullash va maqtovga muhtoj bo‘lasiz. Xo‘sh, bu unchalik yomon emas. Avvalo, sizning qanchalik yaxshi ekanligingiz sizga aytilmasa ham, o‘zingizga ishonishdan to‘xtamang.
3. Siz nihoyatda maftunkor odamsiz. Siz aqlli va mohir, lekin biroz uyatchansiz, bu esa fazilatlarni to‘liq namoyon qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun, ko‘p odamlar sizni fikrizni hisobga olishmaydi va muloqotlarga chorlashmaydi. Siz o‘ychan va ba’zida o‘zingizdan juda ko‘p narsani talab qilasiz, bu esa keraksiz tashvishga olib keladi. Yangi jamoalarga qo‘shilasiz, lekin birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatishdan qo‘rqasiz. Buni yangi xodim manmanligi deb hisoblaysiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.