Barmoqdagi chiziqlar nimani anglatadi

Taqdir barmoq izlarida.

Ular nimadan dalolat beradi? Hammasi bizning xarakterimizda! Qobilyatlarimiz, kasalliklarimiz barcha barchasi xuddi barmoq izlarida chizilgandek. Barmoq izlari ona qornidagi chaqaloqning 3-4 oylik vaqtidanoq asab to’qimalari yordamida chizilishni boshlaydi. Hattoki yangi tug’ilgan chaqaloqning barmoq izlaridan uning kelajakda kim bo’lishi, unda qaysi sifatlarni shakklantirish kerak va u qaysi sohada muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini bilib olish mumkin. Demak, rasmdan barmoq izingizga mos naqshni tanlab javoblarni o’qishingiz mumkin. Marxamat!

1. YOYSIMON:〰️

Yoysimon naqshli barmoq izli insonlarni hayotda juda ko’p uchratish mumkin, ammo odatda bunday iz ikki yoki uchta barmoqda mavjud bo’ladi xolos ( barcha 10 ta barmoqda yoysimon izlar hayotda juda kamdan kam uchraydi). Bunday insonlar uchun jismoniy potensial muhim ahamiyat kasb etmaydi. Ularda psixologik shaxsiyat sifatlari rivojlangan bo’ladi. «Yoysimon» iz egalarining xarakteri unchalik bardoshli emas.

U hech qachon boshqalar fikri bilan hisoblashmaydi, sababi u nima oq-u, nima qoraligini juda yaxshi biladi. Agar nimadadir butunlay mag’lubiyatga uchrasa, barchasini miyyasidan chiqarib tashlab hammasini boshqattan yangidan boshlaydi.

2. ILMOQLI:

«Ilmoqlilar» temperamentga ko’ra, Xoleriklardir yoki shu temperamentga qarab ketmoqda. 10 ta barmog’i ham ilmoqli izga ega inson, oddiy ishlarda juda kuch-g’ayratga to’la ammo ekstrimal vaziyatlarda «o’chib» qolishadi, ularning jismoniy potensiali chegaralangan. Ular ko’proq o’zlariga qiziq bo’lmagan zerikarli monoton (bir xillik) ishlarda juda holdan toyishadi.

Ilmoqlilar xalqchil insonlar, hayotda boshqalarga nisbatan juda yaxshi muloqotga kirishadilar: Ular hayrihox, meyorida ochiq ko’ngil, qarshiliklarga oson ko’nikuvchan, o’z foydasini o’ylamasdan chin dildan yordam beradi, lekin o’zini qurbon qiladigan darajadagi yordamga bormaydi. Ular o’zlarining odmi yashash tarzidan ko’ngillari to’ladi. Ulardan ideal boshqaruvchilar chiqadi.

3⃣. AYLANALAR:🌀

«Aylanalar» – «osmonlarda uchib yuruvchi» insonlardir. San’atda juda qobilyatli, juda tez o’rganuvchi, bir vaqtning o’zida bir nechta ish bilan shug’ullanuvchi ammo tez qiziqishi so’nib oxiriga yetkazmaydigan insonlardir. Nimadir qilishga ularni faqat o’zlarigina unday oladi. Juda chidamli shaxsligiga qaramasdan, o’ziga yoqimsiz sharoitda qolishni ko’tara olmaydi.

Ular doim o’zlaridan qoniqmaydi, o’zini siqib, azobli gumonlar bilan qiynaydi. Ko’pchilik aylanalilar nozik va tez qo’zg’aluvchi psixikaga ega. Ularni bir tarafdan juda yuqori sabrli va irodali shaxslar qatoriga qo’shish mumkin, ikkinchi tomondan esa psixikasi bardoshli bo’lmagan insonlar qatoriga ham qo’shish mumkin, depressiyaga beriluvchan.

Ammo aniq va tiniq naqshli insonlarni uchratish juda qiyin, ko’pincha aralash naqshlilari mavjud. Shuning uchun barmoq izlarida yoysimon va ilmoqli naqshlilar ishda har qanday bosimga chidamli bo’lishsa, bazi barmoqlarda aylanalar ham aralashgan bo’lsa o’z kuchlarini to’g’ri taqsimlay olmaydigan shaxs bo’ladi. Ilmoqlar va aylanalar aralashgan barmoq egalari juda chuqur yashirin imkoniyatlarga ega inson va har qanday og’ir vaziyatlarga moslashuvchan bo’lishadi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish