Asabiylikga qarshi kurashamiz!

Hisobotni tayyorlashga ulgurmayapsiz, yig‘ilishda ma’ruza o‘qishingiz kerak, to‘ng‘ich o‘g‘lingizning xulqi uchun maktabga chaqirishgan, kichigining tobi yo‘q. Uy-ro‘zg‘or, pishir-kuydir… Eh-he, shuncha tashvish turganda asabiylashmay bo‘ladimi, dersiz? Qalovini topsang, qor ham yog‘adi, deganlariday, asabiylikni ham yengish mumkin. Mana, buning sinalgan usullari…

Tinchlaning!

Asabiylashganda aql va hissiyot birgalikda junbushga kelib, qay birini ma’qullashni bilmay qolasiz. Shu bois ham dastlab tinchlanishni o‘rganing. Uyga kelgach, qulayroq kursiga joylashing-da, qo‘l va oyoqlaringizni erkin harakatga keltiring. Bu ko‘rinishingiz chetdan qaraganda biroz g‘alatiroq tuyulsa ham o‘zingiz uchun qulay bo‘lsin. Ko‘zlaringizni yuming-da, tanangiz va ruhingizni bo‘shashtiring. Bu mashqni har kuni yoki kun ora 15 daqiqadan bajarish mumkin.

Tanangizni chiniqtiring!

E’tibor bergan bo‘lsangiz, asabiylashganda albatta biror joyingiz og‘rib qoladi. Hech bo‘lmaganda bosh og‘rig‘i yuzaga keladi. Ana shunday vaziyatlarda tananing jismoniy quvvati mustahkam bo‘lsa, asab tolalari ham taranglashmaydi. Buning uchun esa bir kunda 3 martagacha 10 daqiqalik badantarbiya mashqlarini bajarishni, hech bo‘lmaganda o‘rningizdan turib, qo‘l-oyoqlar chigilini yozib turishni kanda qilmang.

Ajinlarga yo‘l bermang!

Stress holatiga tushganingizda ko‘zgudagi aksingizga hech ahamiyat berganmisiz? Gap shundaki, asabiylashish qonda adrenalin miqdorini oshirib, yurak urishini tezlashtiradi. Natijada esa tana mushaklari zo‘riqib ishlashga mjbur bo‘ladi. Asabiylashgan insonga bir qarang: peshanasida uzun-uzun ajinlar, ko‘zlari qisilgan, tishlari bir-biriga qattiq tegib turgan… Yodingizda bo‘lsin, qanday vaziyatda asabiylashmang, yuzni tirishtirmaslik kerak. Yaxshisi, asabingiz belgi berishni boshlasa, chuqur-chuqur nafas oling.

Pufak mashqi

Odatda asablanishni boshlasak, o‘z-o‘zidan nafas olishimiz tezlashib, ko‘krak qafasi odatdagidan balandroq ko‘tarilayotgandek tuyuladi. Aslida ham shunday. Biroq bu organizm uchun zararli holat. Nafas olishingiz tezlashayaptimi, sekinlatishga harakat qiling. Chuqur nafas oling-da, barcha tashvishlaringiz solingan pufakni shishirayotgandek tasavvur qilib, o‘pkadagi havoni ko‘kragingizdan itarib chiqaring. Puffakning rangi va o‘lchamini xayolan tasavvur qiling. Yana bir marta chuqur nafas oling va qaytib chiqarishda shishirilgan pufakni osmonga uchirib yuborayotgandek puflang.

Tinglang!

Hissiyotlaringizni boshqarolmay qolayotganingizni sezsangiz, qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, joyingizda to‘xtang. Ko‘zlaringizni yuming-da, yuragingizning urishiga quloq tuting va asta xayollaringizni tartibga keltiring. Bu usul yordam bermasa, o‘zingizga ma’qul kelgan kuy-qo‘shiq yoki taronani balandlatib, tinchlanguningizcha tinglashda davom eting.

Yoqimli xotiralar

Xavotir va hadikdan qutula olmasangiz, oilaviy fotosuratlar jamlangan al’bomni varaqlang. Suratlar orasidan o‘zingiz uchun eng qadrli va yorqin xotiralarga boyini tanlab, xayolan suratdagi manzarani jonlantiring va bevosita o‘sha voqealarga qaytgandek tasavvur qiling. Yoki bolalikka qaytib, onangizning tizzasida bosh qo‘yganingiz, buvingiz sochlaringizni ohista silaganini eslang. 5-10 daqiqalik bunday seanslar hayotingizda yaxshi va yorug‘ kunlar juda ko‘pligini yodingizga soladi.

Suvli muolajalar

Vannaga suv to‘ldirib, 2-3 tomchi efir moyidan qo‘shing. Bunday suvli muolaja tana mushaklarini bo‘shashtirib, tinchlanishingizga yordam beradi. Agar vanna qabul qilishni istamasangiz, quyidagi usulni sinab ko‘ring. Iliq suvda sochlaringizni namlang. So‘ng shampun’ surtib, soch ildizini yengil uqalang. Chayish vaqtida esa «Barcha tashvishlarim suv bilan chiqib ketsin» deya 3-4 marotaba ovoz chiqarib takrorlang.

O‘zingiz uchun mashg‘ulot toping!

Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashavermay, o‘zingiz uchun qiziqarliroq mashg‘ulot toping. Tikish, to‘qish yoki raqs tushish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Muhimi, diqqatingizni muammolardan xoli bo‘lgan narsaga qarating. Bunda javondagi kiyimlarni qaytadan taxlash yoki dazmol qilish ham foyda beradi.

Og‘riqni mahv eting!

Єanshar (ikki qoshning o‘rtasi) sohasini barmoq uchlari bilan bosing. Єaerda og‘riq sezilsa, o‘sha nuqtani 10 daqiqa yengil uqalang. So‘ng ikki chakkani barmoq uchlari bilan uqalab, peshana qismini yengil shapatilang. Bu muolajalar uchun bor-yo‘g‘i 10-15 daqiqa vaqt sarflaysiz xolos. Natijada asabiylashishning oldini olishingiz mumkin.

Yig‘lamoqchimisiz?

Hissiyotlaringiz boshqarolmaydigan darajaga yetdimi? Hech kim bo‘lmagan xonaga kiring-da, baland ovozda baqiring, to‘yguningizcha yig‘lang. Istasangiz, yostiqlarni oting, qog‘ozni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lib tashlang. Muhimi, bu jarayonlarda ichingizdagi bor alamlaringiz tashqariga chiqib ketsin. Ana shundan so‘ng asabiylashishingiz uchun sabab bo‘lgan holatni eslasangiz, u sizga u qadar tashvishli bo‘lib ko‘rinmaydi.

Alamlaringizni «kuydiring!»

Sizni tashvishga solayotgan muammolarni istagan ko‘rinishingizda qog‘ozga tushiring. So‘ng yoqilgan shamga tuting-da, sekin-asta yondiring. Yonib, kulga aylanayotgan har bir qismini xuddi tashvishlaringiz yo‘q bo‘layotgandek tasavvur qiling.

O‘zingiz bilan suhbatlashing!

His-tuyg‘ularingizni ovoz chiqarib talaffuz qiling. «Hammaning qarshisida yig‘lashdan uyalaman» «Axir buning nimasi yomon, hamma ham mendek ahvolga tushishi mumkin-ku!» Ovoz chiqarib o‘zingiz bilan suhbatlashganingizda ham muammongizni so‘zlaysiz, ham o‘zingiz sezmagan holda uning yechimini topishingiz mumkin.

Harakatda bo‘ling!

Yugurish, tez yurish yoki shunchaki sayr qilish diqqatingizni harakat holatiga yo‘naltirib, biroz bo‘lsa-da, tashvishlarni unutishga yordam beradi. Asabiylashganingizda ko‘chaga chiqing-da, shunchaki yarim-bir soatlar davomida hech kim bilan suhbatlashmay sayr qiling. Toza havoda yolg‘iz sayr qilish fikrlarni to‘plashga yordam beradi.

Yangilik kiriting!

Uy jihozlarining o‘rnini almashtiring. Javon va stol-stullarni chang-g‘uboridan tozalang. Deraza oynalarini ochib, xonaga toza havo va yorug‘lik kiriting. Javondagi yaroqsiz ko‘rinishga kelgan kiyim-kechaklaringizni bo‘shatib, o‘rniga yangi yorqin ranglardan qo‘shing. Mana ko‘rasiz, bu ham kayfiyatni ko‘taradi, ham asabni tinchlantiradi.

Tabassum qiling!

«Kulishga holim yo‘q» deysizmi? Unda o‘zingiz yoqtirgan komedik fil’mni tomosha qiling yoki hajviyalar yozilgan audiokasseta tinglang. Ko‘z yosh bilan ham muammoning yechimini topish mumkin. Biroq tabassum yordamida hal bo‘lgani o‘zingizga bo‘lgan ishonchning qanchalik mustahkamligini bildiradi.

Pazandaligingizni ishga soling!

Muammolar bilan o‘ralashib, anchadan beri biror mazali yegulik tayyorlamadingizmi? Oshxonaga kiring-u, o‘zingiz sevib iste’mol qiladigan biror taom yoki yegulikni ixlos bilan tayyorlang. O‘zingizni xuddi dunyodagi eng mohir oshpazdek his eting. Diqqatingiz faqat taom tayyorlash bilan band bo‘lsin. Mana ko‘rasiz, u shunaqangi mazali bo‘ladiki, yaqinlaringizning maqtovlaridan asabiylashganlaringiz ham unutilib ketadi.

Imidjingizni o‘zgartiring!

Ba’zan bir xil ko‘rinishda yurish ham insonni bir xil qolipga solib qo‘yadi. Shu sabab vaqti-vaqti bilan yangilanib turishdan cho‘chimaslik kerak. Soch turmagi, pardoz uslubi, hatto labga bo‘yoq surtishda ham yangilik qilish mumkin. Birgina o‘zgarish ham kayfiyatingizga ijobiy ta’sir etib, muammolarga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.

Єo‘lingizga qog‘oz-qalam olib…

Sizni tashvishga solayotgan va asabiylashishingiz uchun sabab bo‘layotgan holatni bir so‘z bilan ifodalab, qog‘ozga tushiring. So‘ng shu so‘zga yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa so‘zlarni ketma-ket yozib chiqing. Єarabsizki, o‘zingiz sezmagan holda muammoning ildizi qaerda ekanligini va qay yo‘l bilan uni hal etish mumkinligini tushunasiz. To‘g‘ri, bir martada natijasi quvontirmasligi mumkin. Ammo asabiylashishni istamasangiz, bu mashqni bir necha bor takrorlashdan erinmang.

Yaqinlaringizdan ko‘mak so‘rang!

Og‘ir vaziyatdamisiz? Yaqinlaringizga ahvolingizni tushuntirish va ulardan ruhan ko‘mak olishdan tortinmang. Zero, odam taftini odam oladi, deya bejiz aytishmaydi. Onangizning yelkasiga bosh qo‘yib yig‘lash, opangiz yoki singlingizning qarshisida o‘zingizni tushkun, nochor ahvolda ko‘rsatish sizning ojizligingiz emas. Aksincha, yaqinlaringiz, suyanganlaringiz borligi uchun ham hissiyotlaringizga erk berishingiz mumkin bo‘lgan holatdir.

Hayot oqimida turli vaziyatlarga tushib qolib, ba’zida o‘zimizni idora qilolmasligimiz rost. Ammo istasak, barcha muammolarning yechimini topa olamiz. Muhimi, o‘zimizga bo‘lgan ishonch va qat’iyat so‘nmasa bo‘lgani. Asabimiz ham tinch, o‘zimiz ham xotirjammiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish