Rasmdagi g’alati yuzlardan o’zingizga chiroyli ko’ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma’lumotlarni o’qing!
TEST JAVOBLARI:
1-VARIANT:
Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo’rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g’ashingizni keltirdimi? O’ylab o’tirmasdan yo’lingizdagi muammoni yo’q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz!
2-VARIANT:
Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat ochlikdan tashqari. Doim o’z boshingizga o’zingiz g’alva orttirib yurasiz va shuningdek uni tezda bartaraf etasiz. Muammo yo’q, masala bor xolos! Manashu sizning hayotdagi shioringiz.
3-VARIANT:
Xotirjam, sokin, bazan g’amgin insonsiz. Muammolarni hal qilishdan ko’ra, qochishni maqul ko’rasiz. Agar qochishni uddasidan chiqolmasangiz, o’z-o’zidan hal bo’lishini kutasiz.
4-VARIANT:
Siz yana nimanidir boshlamoqchisiz. Har kuni yangi g’oyalar va marralar. Bir joyda o’tirish sizning uslubingiz emas. Pul ishlab olish imkoniyati paydo bo’ldimi? Siz birinchi. Ko’ngil ochish imkoniyati vujudga keldimi? Tezda barcha do’stlaringizga qo’ng’iroq qilib chiqasiz. Har qanaqa o’yin-kulgi va no’odatiy vaziyatlarni hush ko’rasiz.
5-VARIANT:
Yaxshisi, sizni jaxlingizni chiqarmaslik kerak, bo’lmasa oxiri yomon bo’ladi, nafaqat jaxlingizni chiqargan inson uchun balki atrofingizdagi 100500 kilometr radiusdagi insonlar uchun ham. G’azabdan huddi bombadek portlaysiz.
6-VARIANT:
Aniq, lo’nda va ravon shaxs. Muammolarni cho’zib yurmasdan, hammasini joyida hal qilasiz. Agar muloqotni gap bilan tugatib bo’lmasa, mushtingizni ishga solasiz va suxbatdoshingiz kasalxonaga jo’naydi.
7-VARIANT:
Quyultirilgan sut, pechenyelar, muzqaymoq, tort va hokazo ermaklar sizga butun umr hamroxlik qiladi. Agar sizga agressiv munosabatda bo’lishsa, unga javoban mehringizni berasiz va quchoq ochib kutib olasiz, bunday munosabatdan sizga qarshi chiqqan odam ham erib ketadi – ideal himoyalanish usuli!
8-VARIANT:
Dunyoni suv bossa o’rdakga ne g’am, bunday insonlar dunyoning qaysi burchagida bo’lsa ham boqibeg’amligicha qolaveradi. Hamma ishni, ikki oyog’i bitta etikka tiqilganda bajaradi, ammo noan’anaviy usullar bilan! Qoidaga ko’ra bunday insonlarning hayotda muammosi mavjud emas. Chunki ular muammo nimaligini bilmaydi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.