MILLIARDERLARNING 7 ODATI

Qiziq, badavlat insonlarni oddiy insonlardan ajratib turuvchi qandaydir sifatlar majmui bormikan? Aslida har bir milliarderning boylikkacha bosib o‘tgan yo‘li o‘ziga xos bo‘lib, boshqalardan farq qiladi. Shunga qaramay ba’zi o‘xshashliklar ham bor.

  1. Ular hashamatni boshqacha qabul qilishadi

Opra Uinfri, Uorren Baffet va Sara Bleyklini nima birlashtirishi mumkin? Ko‘p milliardlardan tashqari ularning har biri investision hisobga ega.

Bunday kishilar uchun hayotdagi asosiy hashamat – investisiya qilish imkoniyati. Zero, pul yig‘ish yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi hamda hayotiy maqsadlarga erishishga yordam beradi. Shu bois milliarderlar pullarni navbatdagi o‘yinchoq sotib olishga emas, uni biror foydali ishga investisiya qilishni afzal ko‘rishadi. Har safar rejadan tashqari pul vositasiga ega bo‘lsangiz (masalan, pul mukofot olsangiz), o‘ylab ko‘ring qanday yo‘l tutsangiz yaxshi bo‘ladi: birorta buyumga sarflashmi yoki kelajakka saqlab qo‘yish?

  1. Ular uchun «yo‘q» so‘zining o‘zi yo‘q

Hayotning qaysidir bir bosqichida omadli inson ham rad javobiga duch kelgan bo‘ladi. Ayyorlik oqimga qarshi kurashda yashirin.

Masalan, yozuvchi Joan Roulingni olaylik. «Harri Poter»ning bo‘lajak muallifining qo‘lyozmalari nashrga chiqishdan avval juda ko‘p marotaba rad etilgan. Bugun bu ayol – dunyodagi eng boy ayollardan biri.

«Yo‘q» – bu shunchaki kimningdir shaxsiy fikri. Omadli kishilarning o‘ziga xosligi shundaki, ular xavotir va inkorlarga qaramay maqsad sari harakat qilaverishadi. Ular bunday rad etilish shunchaki kimningdir nuqtai nazari ekanligini yaxshi bilishadi.

  1. Ular pullarni o‘zgacha sarflashadi

Haqiqiy omadli insonlar yuqori maosh va boylikning boshqa-boshqa narsalar deb hisoblashadi. Ular «oltin kishanlar» sindromini chetlab o‘tishadi va chiqimlarni kirimlar hajmiga tenglashtirishmaydi.

Mul’timilliarder Uorren Baffett 31,5 ming dollarlik uyda istiqomat qiladi. Mark Sukerberg 30 ming dollarlik Volkswagen GTI mashinasida yuradi. Milliardlab pul topish – eng qimmat buyumlarni sotib olish degani emas. Yaxshisi, pullarni biror bir ishga investisiya qilish kerak yoki «qora kun»ga olib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Shaxsiy hisobga avtomatik tarzda pul o‘tkazish – pul yig‘ishning ajoyib usuli.

  1. Ular oqilona tavakkal qilishadi

Bill Geyts aytganidek, «ko‘p yutish uchun ko‘p tavakkal qilish kerak». Yangi investisiya yoki korxonaga ishonish juda qiyin, ammo milliarderlarning hayotida tavakkal qilish – o‘yinning ajralmas qismi.

Masalan, Opra Uinfri Chikagodagi kichik teleshouni olib borish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Baltimordagi yangiliklar boshlovchisi kasbini tark etgan. O‘sha payt u tavakkal qilgan, hozir esa uning teleshousini butun dunyoga mashhur.

Bu degani shoshilib yoki o‘ylamay tavakkal qilish degani emas, albatta. Yaxshilab o‘ylab ko‘rilgan, hisob-kitob qilingan tavakkalga qo‘l uring.

  1. Ular o‘z atroflarida hamfikrlarini to‘plashadi

Milliarderlar o‘z-o‘zidan boyib qolishmagan. Ularning muvaffaqiyati va bugungi kundagi moliyaviy ahvoli – to‘siqlar bilan kurashishning natijasigina emas, balki boshqa odamlar bilan hamkorlik natijasi hamdir.

«Muvaffaqiyat garovi: badavlat kishilarning kundalik odatlari» kitobi muallifi Tomas Korli badavlat insonlarning samarali muloqot (konferensiyalar, mijozlar bilan uchrashuvlar yoki shunchaki qahva ustida suhbat)ga iloji boricha ko‘proq vaqt ajratishini ta’kidlagan. Shunday ekan, ko‘proq muloqotda bo‘ling.

  1. Ular o‘z oldilariga oqilona maqsadlar qo‘yishadi

Har bir insonning o‘z umid va orzulari bo‘ladi, lekin haqiqiy omadli kishilar o‘z orzularini ro‘yoga aylantirishadi va to‘g‘ri maqsadlar qo‘yishadi. Tadqiqotlar badavlat insonlarning o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishini ko‘rsatgan.

Korli bu borada shunday deydi: «Orzu-niyatlaringiz amalga oshishi uchun avval aniq maqsadlarga ega bo‘ling, ularga intiling va hayotga tatbiq eting. Orzuni kelajakda amalga oshiriladigan alohida vazifalarga ajrating. Ma’lum bir vaqt o‘tib, bunday vazifalar sizni o‘z istaklaringiz sari yetkazishga yordam beradi».

  1. Ular bo‘sh vaqtlarini shaxs sifatida rivojlanishga safarbar etishadi

Badavlat insonlarning boshqalardan asosiy farqi ularning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishidadir. Ular qimmatli vaqtlarini seriallar ko‘rishga ketkazishmaydi – Tomas Korli tadqiqotiga ko‘ra, eng boy kishilarning 70 foizi bir kunda

bir soatdan kam televizor ko‘radi.

Buning o‘rniga ular o‘zlarining shaxs sifatida kamol topishlari hamda biznes haqida o‘ylashadi. Masalan, Bill Geyts va Uorren Baffet ilmiy-ommabop adabiyotni mutolaa qilishadi. Opra Uinfri har kuni ertalab o‘z ustida ishlaydi.

Shunday ekan, televizor pul’tini qo‘yingda, shaxs sifatida rivojlaning – yangi til o‘rganing, ilhom bag‘ishlovchi kitob o‘qing. Bo‘sh vaqtingizni shu tarzda o‘tkazsangiz, o‘zingiz ham rohatlanasiz, shu bilan birga bo‘lajak omadingizga pillapoya yasaysiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish