Tajribalar natijasidan shuni ko‘rish mumkinki, ishga kirishdan oldin suhbatdan o‘tayotgan shaxs o‘zi haqida yaxshi taassurot qoldirish uchun 6 daqiqa va 25 soniya suhbatning o‘zi yetarli ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, aynan ilk taassurot inson hayotida katta o‘ringa ega va suhbat vaqtining 385 soniyasi nomzod ishga loyiqmi, yo‘qmi, buni aniqlash uchun yetarlidir. Shuningdek, so‘rov natijalaridan shuni bilish mumkinki, ilk suhbat nomzodning ishga kirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarini cheklashi ham mumkin ekan.
Tekshiruv vaqti 71% ish beruvchi nomzodning badanidagi naqshlarini (tatuirovka) ko‘rib, ishga omaslik niyati tug‘ilar ekan. 70% ish beruvchi esa ayollarning to‘g‘ri surtilgan makiyajiga qarab ishga olgan. Undan tashqari, o‘ndan olti nomzod (62%) to‘g‘ri kiyinganligiga ko‘ra ishga qabul qilingan.
Ushbu tekshiruvda 273 nafar boshqaruvchi va 3286 ishga kiruvchi nomzodlar qatnashganlar. Ishga kirish imkoniyatlari
(82%) boshqaruvchi suhbat vaqti nomzodning ko‘z uzmasdan suhbat qilishiga ko‘ra imkoniyati ko‘payishini ma’lum qilgan;
60% ish beruvchi nomzodnnig nutq ravoligi imkoniyatini oshirishini aytgan;
55% boshliq esa qo‘l berishiga qarab baholashini aytgan;
Ilk taassurot nomzod haqidagi fikrni butunlay o‘zgartira olishi aniq. Shunga ko‘ra boshliqlarning 36% i ishga qabul qilishdan oldin avvalgi ish joyidagi tajribalariga tayangan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i 12% igina ma’lumoti haqida qiziqib ko‘rgan. Kiyinish madaniyati va didiga ko‘ra 50% imkoniyat qo‘shili ma’lum bo‘lgan. Tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda ruhshunos Korinn Svit “Odamlar boshqalar haqida bir zumda xulosa chiqarishga moyildirlar va bu xulosa ularni kamsitish bilan bir qatorda ularga keragidanda yuqori baho berish bo‘lishi ham mumkin. Ular tashqi omillarga tayanib xulosa chiqaradilar, bularga kiyinish uslubi, teri rangi, tatuirovkalar va makiyaj kabilar kirishi mumkin. Ushbu taassurot to‘g‘ri yo noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Asosiysi, ish beruvchida nomzod haqida birinchi muloqotchi fikrini tug‘dirishidadir” deydi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.