JAVOBLAR
Mashinalar ranggi fe’l-atvordan darak beradi
Kishi ruhiyatini o‘rganishning turli-tuman usullari bor. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan qator tadqiqotlarga ko‘ra fe’l-atvorning qandayligini mashinangizning rangiga qarab ham bemalol aytish mumkin. Agar mashinangiz bo‘lmasa, sizga qanaqa rangdagi mashinalar yoqishini bilish kifoya. Demak, quyida bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin:
? Qora rangdagi: mashinalarni yoqtiruvchi kishilar uchun jamiyatdagi nufuz birinchi darajada turadi. Ular sof vijdonli va qat’iyatli kishilardir. Ularning tanish-bilishlari ko‘pchilikni, yaqin do‘stlari esa ozchilikni tashkil qiladi. Kundalik hayotda bunday kishilar tashkilotchi, uyda va ishda tozalik, tartibni yaxshi ko‘radilar.
? Ko‘k rangdagi: avtomobilni ma’qul ko‘ruvchilar juda samimiy insonlar bo‘lib, hamma bilan tez til topishib ketadi. Biroq ularning tasavvurlari sayoz, biron yangi fikr, g‘oyani o‘ylab chiqish ularga xos emas. Bunday kishilarni o‘zgalarning fikrlari juda qiziqtiradi va ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan ustun qo‘yadilar.
? Yashil rangdagi: avtomobil’ egalari tajribali, bir so‘zli va uzoqni ko‘zlab ish yurituvchi kishilardir. Ular oilasini ishidan ustun qo‘yadilar. Raqobatni yoqtirmaydigan yashil rangli avtomobil egalarining do‘stlari juda ko‘p bo‘ladi.
? Qizil rangdagi: avtomobil’ sohiblari hamisha yuqoriga intilib yashaydilar. Ular samimiy, hozirjavob va sahiy kishilardir. Ularning serg‘ayratliligi ko‘pincha raqiblarida hasad uyg‘otadi. Biroq bu ularning har qanday sharoitdan chiqib ketishlariga xalal bermaydi.
? Kulrang: mashinani ma’qul ko‘ruvchilar har tomonlama yetuk, haqiqatgo‘y kishilar hisoblanib, har doim o‘zlarini kimdandir qarzdor deb his qilib yurishadi. Ular biron firibgarlikka duch kelib qolishsa, haqiqatni yuzaga chiqarmaguncha kurashadi.
? Qirmiz rangli: mashinani yoqtiruvchilar juda romantik insonlardir. Ular tez sevib qoluvchi, nafosatli va yoqimtoy kishilar, lekin tajriba borasida biroz no‘noqroq. Shuning uchun kasb tanlash va faoliyat yuritishda biroz qiynaladilar. Gohida oilaviy hayotda ham to‘siqlarga duch kelishadi.
? Oq rangli: mashina sohiblari ham jamiyatda yuqori nufuzni egallashga intiladilar. Bunday kishilar rostgo‘y, javobgarlikni his qiluvchi va biroz sovuqqon kishilardir. Oq rangli mashina egalari kelajakni ko‘ra oladilar va omadsizliklar ularni esankiratib qo‘ymaydi. Bunday kishilarning oilasi mustahkam bo‘ladi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
?Kumushrang: avtomobilni yoqtiruvchilar jamiyatdagi o‘rnini to‘g‘ri baholaydilar, biroq maqtovu olqishlarni juda xush ko‘rishadi. Shu bilan birga ular o‘z xatti-harakatlarini qat’iylik bilan nazorat qilib turishadi. Ular hech qachon his- hayajonga berilib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmaydi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
? Sariq rangdagi: mashinaga ega bo‘lishni istovchilarning bir qarorga kelishi qiyin kechadi. Ular hayoti davomida o‘z qobiliyatlarini yo‘qota borishlari mumkin. Ba’zan kuchi va imkoniyatlariga noto‘g‘ri baho berib, qiyin vaziyatga tushib qolishlari ehtimoldan uzoq emas. Odatda, mehribon, samimiy va ochiqko‘ngil bo‘lishi bilan birga, og‘ir damlarda ularning yordamiga bemalol ishonish mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.