Hech qachon va hech qachon o‘zingizga rahm qilmang!

Insonlar nega o‘zlariga rahm qilisharkin? Men umuman shu narsani tushunmayman? Ko‘zi ojizlar, bir oyog‘i yo‘qlar, zabonsizlar, karlar o‘zlariga rahm qilishmaydi-yu, soppa-sog‘lar o‘zlariga rahm qilib, “xo‘rlangan”, “azoblangan”, “beshavqatlik qilingan” degan nomni o‘zlariga munosab bilishadi-a?!

Nega o‘zingizga rahm qilishingiz kerak? Tushunmadim yana, nega sizga boshqalarning rahmi kelishi kerak? Nega bolangizga rahmingiz kelishi kerak? Berahmlik yomon, ammo, uni ojiz deb rahm qilish ham noto‘g‘ri. Bolangizni shu holatini fakt sifatida ko‘ring. O‘zingizni shu vaziyatingizni fakt sifatida baholang. Yomon bo‘lsa, demak, yangi yo‘l topish, yangi qarorga ko‘nish va yangi yechim topish lozim. Ammo, rahm bu ojizlik, rahm bu haqiqiy beshavqatlikdir.

Rahm qilish Yaratganga yarashadi. Sizga esa, boricha, yaratgan yuborayotgan sinovni sinov deb fakt sifatida rozi bo‘lib yangi qaror chiqarish yarashadi. Rozi bo‘lish degani, shunga ko‘nmasam bo‘lmaydi degani emas! Rozi bo‘lish degani, aql farosat, Bildiruvchi bildirgan asoslarga tayanib yangi qaror chiqarishga rozilik berishdir. Rozi bo‘lish degani, shu sinovdagi yomonlardan uzoqlashish degani. Rozi bo‘lish degani, og‘ir sinovdan ham kuch topib yangi yo‘l topish degani.

Bugungi kuningizdan o‘n kun ilgarilab yugurib ketmang. O‘n kundan keyingi to‘y uchun xavotir olmang. O‘n kundan keyin keladigan sovuq kunlar uchun ko‘mir olib qo‘ying, ammo, vahima qilmang. Fakt, fakt va yana bir marta faktlar bilan miyani oziqlantiring. Qo‘shib yozmang, boriga xiyonat qilib kamaytirmang faktni aniq qabul qiling. Boriga ko‘nmaslik bu ertangi kunga miyada har-xil xavfli qo‘rquv, daxshatli kun chizib olishdir. Fakt bilan qonun doirasida ishlang.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Fikr bildirish