Muhabbat va sevgidan qiynalgan qalblar
«Sevgan yigitim o‘ylanmas ekan, men tushkunlikka tushib qoldim, hayotdan zerikdim, maslahat bering” degan savollar juda ko‘p kelgan.
Bunday savollar girdobida yashayotgan qizlarimizga eng avvalo “Qiz bolaning g‘ururi, ori va nozik nihol” ekanini unutmasligini, birgina aldamchi muhabbatni deb yaqinlar mehrini ham his etmaslik, haqiqiy sevgi va yolg‘on sevgi orasida sarson bo‘lishlik, insonning o‘ziga jabr ekanligi aytishim mumkin.
Har qanday vaziyatda qizlar unutmasligi lozim bo‘lgan tavsiyalar:
Siz gulsiz, beg‘uborsiz, sizning butun hayotingiz oldinda, kelajakda bir oilaning sevimli kelini, mehribon farzandlar onasi bo‘lasiz.
Sizning yelkangizda ota-onangizning obro‘si, aka-ukangizning ori, opa-singlingizning faxri turishini esingizdan chiqarmang.
Yigit kishi sizga o‘ylanolmasligini aytdimi, shukr qiling, vaqtida sizning turmush chorrahalaringiz yolg‘on muhabbat qurboniga aylanmadi.
Arzimagan munosabatlarning darz ketishi sizning hayotingizga nuqta quyilishi kerak degani emas.
Siz bir oilaning orastasi, erkatoyi, ishonchisiz, nahot bir yigitning e’tiborsizligi sizni g‘am-anduhga duchor qilsa, siz sabr qiling, kuting, qadringizga yetadigan inson uchraydi.
Qiz yigitning orqasidan yurib g‘ururini toptamasligi kerak, aksincha yigit qizga e’tiborli bo‘lishi lozimligini unutmang.
Siz qalban, jismonan, vijdonan o‘zingizga ishonsangiz, albatta sizga munosib sevgiga erishasiz.
Sizni deydigan, siz uchun qayg‘uradigan inson albatta uchrashiga ishoning!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.