1. Umr yo’ldoshingizga ko’proq qiziqing. Uni yaxshiroq o’rganing: ijobiy jihatlari bilan birga og’riqli nuqtalarini ham.
2. Eshitishni o’rganing. Odamlarni tinglay olish gapirishdan ko’ra ko’proq foyda keltiradi. Oila ham bundan mustasno emas.
3. Turmush o’rtog’ingizni qiziqtirgan mavzuda suhbatlashing. Gapirayotgan odam qarshisidagi suhbatdoshi uni shunchaki eshitib o’tirishini emas, fikrlarini uqib, qiziqishini ham xohlaydi.
4. Ortiqcha tanqid qilmang. Biror bir harakatidan norozi bo’lsangiz, buni ochiqdan-ochiq emas, hazil orqali ayting.
5. Buyruq berishdan tiyiling! Har bir kishi buyurishni yaxshi ko’radi-yu, bajarishga kelganda… Eringizga iltimos yoki savol tarzida murojaat qiling.
6. Ayblaringizni tan olishga o’rganing. Xatolaringizni o’z vaqtida tan olib to’g’irlarkansiz, oilangiz janjal, kelishmovchilik nimaligini bilmaydi.
7. Umr yo’ldoshingizni ko’proq maqtab, shaxsini biroz ideallashtiring. Eringizga sevimli bo’lishning eng asosiy kaliti – shu. O’z navbatida, erkaklar o’ziga yoqqan ayollarning ko’p kamchiliklariga ko’z yumishadi.
8. O’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring. Ba’zan tumshayib, injiq bo’lib borayotgan eringizni tushunish o’rniga undan o’tkazib g’avg’o qilish yaramaydi.
9. Janjallashmang! Urush yuzaga kelgan muammoni hal qilmaydi, balki kuchaytiradi.
10. Ko’proq tabassum qiling! Kulgu atrofdagilarga xush kayfiyat ulashish bilan birga juda yuquvchan ham
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.