Nafratning og‘ir yuki
Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchilaridan ular yomon ko‘radigan odamlarning ismini qog‘ozga yozishlarini so‘radi. Ular bu ishni bajarib bo‘lgach, ustoz ularning har biriga qog‘ozda nechta ism yozilgan bo‘lsa, ertaga o‘zlari bilan shuncha pomidor olib kelishlarini buyurdi. Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.
Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a!
Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.