Ayollar erkaklarni o‘zlari kabi ko‘rishga odatlangan. Lekin aslida erkaklarning psixologiyasi ayollar psixologiyasidan tubdan farq qiladi. Agar ayol ma’lum bir vaziyatni oq rangda ko‘rsa, erkak esa uni qora yoki kul rangda ko‘rishi mumkin. Xo‘sh ayollar, erkaklar bilan gaplashganda nimalarga e’tibor berish kerak?
Sizning eski yigit-do‘stlaringiz haqida
Erkak kishiga o‘zining sobiq yigitlari haqida gapirishning hojati yo‘q, hatto ularni misol qilib ham ko‘rsatmang. Bu erkakning hurmatiga qattiq ta’sir qiladi va tajovuzga olib keladi.
Do‘stlari haqida (salbiy tarzda)
Agar tanlagan yigitingizning do‘stlari uni yo‘ldan ozdirsalar, shubhasiz, ular sizga yoqmasligi mumkin. Biroq, bu haqida erkak bilan ochiq gaplashib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda erkaklar do‘stlari yomon va ular hayotiga qanchalik yomon ta’sir qilish haqida gapirishni yomon ko‘rishadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.