Eng avvalo, nima istayotganingizni puxta o’ylang va quyidagi savollarga javob izlab ko’ring: orzungiz amalga oshishiga ruhan tayyormisiz? Uning ro’yobi yo’lida nimalar qila olasiz? Tasavvur qiling, siz “Milliard so’mim bo’lsaydi”, deb niyat qildingiz. Bir oylikdan ikkinchi maoshgacha yetib olishga odatlangan sizdek odam bunday og’ir “yuk”ni ko’tara olarmikan? Katta mablag’ni to’g’ri taqsimlash va ishlatish qo’lingizdan kelarmikan? Shu xususda o’ylang.
O’ylay-o’ylay, bir to’xtamga keldingiz. Mana, endi, istaklar sari dadil qadam tashlash fursati yetdi. Birinchi galda orzularingiz haqida o’ylayotib, “emas” yoki “-may-” inkor qo’shimchalarini ishlatmaslikka tirishing. Negaki, sizu bizning har bir fikrimiz samoga yetib borib, yana o’zimizga moddiyat bo’lib qaytadi. Shuning uchun “Kasal bo’lishni istamayman” emas, “Shukurki, men soppa-sog’man, har kuni ertalab musaffo osmonni, kulib boqayotgan oftobni ko’rish baxtiga muyassarman”, deyish kerak.
Niyatingiz haqida so’zlayotib, hozirgi zamon fe’lida gapirganingiz ma’qul. Masalan, “Dengizda hordiq chiqarishni orzu qilaman”, degandan ko’ra, “Bu yilyoz faslida dengizga dam olish uchun boraman!”, degan afzalroq. Orzuga ayb yo’q, deydilar, biroq u aniq maqsadga yo’nalgan bo’lsa, amalga oshishi oson kechadi.Istagingiz bir kun kelib, albatta, amalga oshishiga ishoning.
O’zingizni, xuddiki, unga bugun-erta ORZUNGIZGA yetishadigandek tuting. Shodu xurram yashashni istasangiz, omadni qo’ldan bermaslikka bugundan harakat qiling. Baxtli bo’lishni orzu qilsangiz, hozirdanoq yuzingizda tabassum paydo bo’lsin. Axir, baxtli inson go’zal tabassumi bilan o’zgalardan ajralib turadi.
Orzungiz haqida ertadan-kechgacha o’ylashdan tashqari uning amalga oshishi uchun o’zingiz nima qilishingiz kerakligini ham o’ylang. Masalan, “Qaynota-qaynonamdan alohida yashashni istayman”, desangiz, bu holda ijara uy ham alohida yashash uchun joy bo’lishi mumkin. Shu bois “O’zimning shaxsiy uyim bo’lsin”, deyishni unutmang.
Istaklarni tasavvuringizda jonlantiring, buning uchun qulay vaqt uyqu oldi hamda erta tongdir.
Orzularingizga atalgan alohida yon daftarcha tutganingiz ma’qul. Imkon qadar uning muqovasidagi surat istaklaringizga mos bo’lsin. har bir niyatni unga muhrlab boring. Tagigaorzungiz amalga oshgan kunning rasmini chizib qo’ysangiz, yanada yaxshi.
Boriga shukur qilishni ham bilish kerak. Shunda kelajak hayotdagi yaxshi-yomon yangiliklarni ortiqcha qiyinchiliksiz qabul qila olamiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.