Taqdirdan nolib yurmang. Undan ko‘ra jimgina o‘rningizdan turib, oldinga intiling hamda ish boshlang.
Ming bor o‘ylab, ikkilanib o‘tirmang. Qiling yo qilmang. Boshqa gapga o‘rin yo‘q.
Sayyohatga chiqing! Yiliga ikki marta oldin borib ko‘rmagan joyga boring. Sayyohat o‘zligingizni topishingizda ko‘mak beradi.
Xato qilishingizga qo‘yib bering. Nimanidir qo‘ldan boy berdingizmi-undan saboq chiqarishni unutmang. Xato bu rivojlanish uchun eng zo‘r imkoniyatdir.
O‘zingizga xoslikni rivojlantiring. Boringizdan boshqacha bo‘lolmaysiz. Shu bois o‘zingizdan boshqasi bilan musobaqalashmang.
Mustaqil qaror chiqaring. O‘zgalar retseptiga qarab ovqat tayyorlamang.
Sizni suymaganga suykalmang. Dunyo keng-bitta nigohingiz va tabassumingizning o‘zidan baxtiyor bo‘ladigan inson qayerdadir bor.
“Yo‘q” deyishni o‘rganing. Rad javobini berishdan qo‘rqmang!
Biron ish siz o‘ylagandek bo‘lib chiqmasada, tabassum qilishdan to‘xtamang.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.