ERNI AYTGANIMIZGA KO'NDIRISH OPIRATSIYASI, YOXUD Xatolar ustida ishlaymiz

Dadasi shkafning eshigini qachon tuzatasiz?
— Ilhom kelganda.
— Ilhomingiz o‘lgur qachon keladi? Ikki oydan beri burchakda turgan
shkaf eshigi ildiz otib pastki qavatdagi qo‘shninikiga tushib bo‘ldi-ku!
Bu kabi bahslar hech qaysi ayolga begona bo‘lmasa kerak. Ammo erkak kishi u yoki bu yumushni bajarishda istagingiz bilan nima uchun hisoblashmasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Xatolar ustida ishlash jarayonida vaziyatlarni o‘rganib, masala biz — ayollar o‘ylagan oddiy dangasalikdan ancha chuqurroq ekanligini tushundim. Keling, erkaklarni aytganimizni qilishga ko‘ndirish operatsiyasini o‘rganamiz…

Odatiy hol
Erkak kishining uyni jihozlash yoki ta’mirlash jarayonida ayolga “o‘zing tanlay qol…” deb qutulib qo‘ya qolishi hech kimga sir emas. Bu borada qarorni o‘zingiz qabul qilsangiz, uning tanqidiga uchrashingiz turgan gap. “Bu yerga shkaf sig‘adi deb o‘ylaysanmi? Sig‘maydi dedim vassalom… E-e-e bor-e, bilganingni qil”. Lablarimiz cho‘chchayadi. Nima uchun erkak oilada o‘zini katta xo‘jayindek tutadi, muhim qarorlarni esa men qabul qilishim kerak?
Muammo nimada? Uyni jihozlash erkak fe’liga xos unsur emas. Erkak va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra uy jihozlarini almashtirish istagi juftliklarda har yetti yilda paydo bo‘lar ekan. Jufti yo‘q erkaklarda bu istak hech qachon paydo bo‘lmas emish.
«Dugonajonlar, keling, sirlashamiz». Uyni ta’mirlash yoki jihozlash haqida gapirayotib ortiqcha hissiyotga berilmang. “Mehmonxonamning devoridagi gulqog‘oz mana bu rangda bo‘lmasa hushimdan ketishim aniq” deguncha aniq dalillarni keltirib gapirishga harakat qiling. “Bu xonaga och rangdagi gulqog‘oz yopishtirilsa, xona ko‘rinishi ancha kengayadi” kabi dalillar natijasini tezroq ko‘rsatadi. Agar uy jihozidagi barchasini mustaqil ravishda tanlamoqchi bo‘lsangiz, erkak kishiga bir-biridan deyarli farq qilmaydigan 2-3 ta variant bering. Bunda uni faollashtirish bilan bir qatorda tomonlar bir-biridan xafa bo‘lmasligiga ham erishasiz.

Ikkinchi odatiy hol
“Shoshmang, sal sekinroq, yana o‘ngroqqa suring, ha, mana bunisi boshqa gap, xuddi shunaqa bo‘lsin”. Shu payt ishdan ertaroq qaytgan turmush o‘rtog‘ingiz ostona hatlaydi. Uyida esa rafiqasi begona erkak bilan! Chaqirtirilgan usta bir qo‘lida bolg‘a, boshqasida mix, uch oy avval uzilib tushgan shkaf eshigini joyiga ilyapti. Sizningcha, bu vaziyatning hecham yomon tomoni yo‘q. Biroq turmush o‘rtog‘ingizning fikri boshqacha.
Muammo nimada? Ustaning bu uyda yashovchi erkak, ya’ni eringizning ruxsatisiz paydo bo‘lishi haqoratdek gap. Bu bilan nima demoqchi edingiz? Bittagina mixni o‘zi qoqishni eplay olmaydi deganimi bu? Іayron bo‘lmang, u xuddi shunday tushunadi bu holatni. Chunki uydagi erkaklarbop ishni begona odamga yuklash uning haqiqiy erkak kishi ekaniga shubha qilish bilan barobar.
Yo‘li juda oson. Іammaga ham xatolarni tuzatish imkonini berish kerak. Єachon va nimani tuzatish kerakligini aytganda talaffuz va ovozingizdagi ma’nodorlik kesatiqqa o‘tmaganligini nazorat qiling. Ish bitganida esa uddaburon eringizni keragidan ortiqroq maqtab yuborishdan cho‘chimang. “Axir bu juda qiyin ish-ku, qanday uddaladingiz?” Modomiki, ustaning qo‘lisiz bitmaydigan ish ekan, turmush o‘rtog‘ingizga u qo‘li gul bo‘lsa-da, kuchi va vaqtini ayagashingizni, shu sababli ustaga murojaat qilishga majbur ekanligingizni tushuntiring.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish