Bolalarni qanday ziyrak qilib tarbiyalash mumkin?

Har birimiz farzandimizning ziyrak bo‘lishini istaymiz. Kichkintoylarimizning sinchkovligini oshirish uchun kitoblar o‘qiymiz, fil’mlar ko‘rsatamiz, ibratli hikoyalarni aytib beramiz. Lekin hamma bolalar ham birdek hushyor bo‘la olmaydi. Ba’zida hatto maktabdagi o‘qituvchilardan ota-onalar «Farzandingizga biror nima bo‘lgan? Hech ham fikrini jamlay olmaydi, doim hayoli tarqoq. Dars davomida derazaga termulib o‘tiradi yoki rasm chizadi», degan gaplarni ham eshitishadi. Bu vaziyatni qanday qilib to‘g‘irlash mumkin?

Sinchkovlikni oshiruvchi omillar

Ziyraklik, bu narsalarga va voqea-hodisalarga diqqatni qaratishdir. Odatda qarindoshlarimizning yangi tug‘ilgan chaqaloqni beshigi tepasida turib, «Ziyrakligini ko‘r buni, diqqat bilan qarayapti» degan maqtovlarini ko‘p bora eshitganmiz. Aslida esa chaqaloqning nigohini sinchkov deb bo‘lmaydi, chunki u bir joyga uzoq qarab turolmaydi. Ziyraklikda diqqatni jamlab turish bilan birga qiziqishni so‘ndirmasdan, yangi axborotni ko‘p hajmda qabul qilish ham muhim sanaladi.

Kichik yoshdagi bolalarning diqqatini jamlay olishi uning sog‘lig‘i va hissiyotlariga ham bog‘liq. Qorni og‘rib turgan go‘dak hech qachon ertakni oxirigacha eshitolmaydi. Yoki bola xarxasha qilayotganida qo‘g‘irchoq teatrida bir necha daqiqadan ortiq o‘tirolmaydi. Agar farzandingiz siz istayotgandek ziyrak bo‘lishini xohlasangiz, birinchi navbatda uning sog‘ligini nazoratga oling. Keyin bolaning diqqatini oshirishda boshqa omillarni ishga solsangiz bo‘ladi.

Yangilik. Sodir bo‘layotgan hodisa yoki ma’lumotning yangiligi bolaning e’tiborini tezda jalb qiladi. Masalan, agar siz hayvonlar haqidagi yangi kitobni farzandingizga ko‘rsatmokchi bo‘lsangiz, unda bolaning diqqatini tortadigan yorqin rasmlar bo‘lishi kerak.

Xabardorlik. Birinchi punktning aksi. Ilgarigi bilimlarini to‘ldiruvchi, mustahkamlovchi ma’lumot. Farzandingizning bir ertakni qayta-qayta eshitgisi kelishi, bir mul’tfil’mni takror ko‘rishi bunga misol bo‘ladi.

Qiziqish. Har bir yangi ma’lumot bolaning qiziqishlariga mos bo‘lgani ma’qul. Agar qizingiz spektakl’ni diqqat bilan ko‘rishini istasangiz, unda malikalar, shahzodalar albatta ishtirok etishi kerak. O‘g‘lingizning e’tiborini tortish uchun esa mashinalar, kemalar, samolyotlar haqidagi narsalarni ko‘rsating.

Xatar darajasi. Agar bolani do‘konda qimmat kitobni qo‘liga olgani uchun urishib berilsa, bu kitobga bo‘lgan qiziqishni so‘ndiradi. Ba’zida esa xavf-xatar aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, spektakl’da bo‘ri qo‘zichoqga tashlanayotganini ko‘rgan bola yirtqich hayvonni diqqat bilan kuzata boshlaydi.

Bolaning bilim darajasiga ma’lumotning to‘g‘ri kelishi. O‘rganilayotgan ob’ekt bolaga tushunarli bo‘lishi kerak. Uni o‘rganishi uchun ko‘p kuch sarflamasligi lozim. 3 yashar farzandingizga ingliz tilini o‘rgatayotgan bo‘lsangiz, yangi so‘zlarning ko‘pligi bolaning diqqatini so‘ndiradi.

Bolaning o‘ziga xos hususiyatlarini inobatga olish. Farzandingizning fe’l-atvorini, odatlarini, xohish-istaklarini nazardan qochirmang. Bola eshitish orqali ma’lumotni ko‘p olsa, u ertakni jon deb eshitadi, lekin ekrandagi mul’tfil’m ikkinchi darajada qoladi.

Sabab. Sir emaski, sovg‘alar va rag‘batlantirish o‘qishga yordam beradi. Bola biron nimani diqqat bilan kuzatgani uchun mukofot olishini bilsa, u yanada e’tiborini kuchaytiradi. Lekin ota-onalar bu borada me’yorni bilishlari zarur.

Hodisaning yorqinligi. Agar sirk arenasida fil baland ovoz chiqarayotgan bo‘lsa, farzandingiz shubhasiz bunga e’tibor beradi. Lekin dekoratsiyasi va kostyumlari ko‘rimsiz spektakl’ bolaning chalg‘ishiga sabab bo‘lishi mumkin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish