Bolalarni muloqot orqali tarbiyalash

Bolalarimiz bilan muomala jarayonida qiyinchiliklarga ko‘p uchraymiz, ba’zida oddiy holatlarda ham xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Aslida, ko‘zimizga o‘jar, qaysar va gapurmas bo‘lib ko‘rinayotgan o‘smir bolamiz ham ich-ichidan bizga quloq solishni, biz bilan ahil-totuv bo‘lishni istaydi. Biz, ota-onalar esa ana shu xohish-istakni anglay olishimiz, unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsatishimiz kerak. Anglashilmovchilik holatlarida jazo uslubini qo‘llash foyda bermaydi. Xo‘sh, farzandimiz fe’l-atvoridagi yomon xulq belgilarini qanday qilib yo‘qotish mumkin?

1. So‘z orqali tarbiyalang. Bola bilan muloqot qila olish tarbiyaning muhim jihatlaridan biridir. Bunga erishishning bir necha yo‘llari bor:

Oldin muomala o‘rnating, keyin yo‘l-yo‘riq ko‘rsating. Kichik yoshdagi bolangizga biror muhim gapni tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, oldin tiz bukib o‘tiring. Ko‘zingiz uning ko‘zi bilan tenglashsin. Chunki, ko‘z orqali axborot almashish katta ahamiyatga ega.

Bolangizga ismi bilan murojaat qiling, ayniqsa, suhbat boshida.

Qisqa, lo‘nda gapiring.

Asosiy maqsadingizni so‘zingiz boshidayoq ayting. Ayniqsa, aytmoqchi bo‘lgan gapingiz bitta bo‘lsa yoki bolangizning yoshi kichik bo‘lsa.

Oddiy tilda gapiring.

Bolangizdan aytganlaringizni qaytarishini so‘rang.

Farzandingizga rad etishi mumkin bo‘lgan ishni buyuring. Masalan, «Kiyinib olsang, aylangani chiqamiz”, deb ko‘ring.

Tasdiq gaplarni ishlating. «Pichoqqa tegma!” deyish o‘rniga «Pichoq o‘tkir, qo‘lingni kesishi mumkin. Ehtiyot bo‘l”, deb ogohlantiring.

Qo‘shni xonada turib «Ovqatga chiq!” deb baqirgandan ko‘ra, farzandingiz o‘tirgan xonaga kirib taklif qiling.

Taklifli murojaatlardan foydalaning. Masalan, «Bugun qaysi kiyimimizni kiyamiz: qizilinimi, yashilinimi?”

Bolaning yoshiga mos gapiring. Ikki-uch yoshli bolaga «Nimaga bunday qilding?” yoki «Nimaga gapimga quloq solmayapsan?” qabilidagi savollarni bermang. U hali bu kabi savollarga javob berish yoshiga yetmagan.

Muloyim bo‘ling, bolaning ko‘ngliga yoqadigan erkalatish so‘zlaridan foydalaning.

2. Farzandingizni taqdirlang. Bu qimmatbaho sovg‘alar bo‘lishi shart emas. Masalan, «Narsalaringni tez yig‘ishtirsang, bitta zo‘r ertak aytib beraman”, deb rag‘batlantirish mumkin.

3. Hazil-mutoyiba qiling. Biroq hazilingiz o‘rinli chiqsin, haqorat va achchiq kinoyadan xoli bo‘lsin.

4. Farzandingiz bilan shartnoma-kelishuv tuzing. Bu sizning ota-onalik maqomingizni pasaytirmaydi, aksincha mustahkamlaydi. Murosa usuli bilan ijobiy natijalarga erishasiz.

5. Oilaviy yig‘ilishlar o‘tkazib turing. Bu oilada ichki tartib o‘rnatishga katta ko‘mak beradi. Siz xotirjam, bolalaringiz uquvli-idrokli bo‘ladi. Bu siz uchun ham, farzandlar uchun ham fikr-mulohazalarni ayta olish imkoniyatidir. Ko‘tarilgan masalalarni oydinlashtiring, ularga yechimlar toping.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish