BOLALAR ASABIYLASHISHIGA YO’L QO’YMANG!

Ba’zan kichkintoylar ham ruhan bezovtalanadilar. Xo‘sh, nega? Ularning stress holatiga tushishiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin? Bu borada bolalar ruhshunosi Zulxumor Azizova izoh beradi.

Ruhiy bezovtalik belgilari (kalonka)

Bola ko‘pincha sal narsaga asabiylashganida diqqatini uzoq vaqt bir joyga jamlolmaydi. Yuz va bo‘yin sohasi mushaklari doimiy ravishda taranglashib turadi. Agar sal sergak bo‘lsak farzandlarimizdagi xavotirni farqlab olishimiz mumkin. Masalan quyidagi belgilar boladagi ruhiy bezovtalikni bildiradi:

nimanidir (biror buyum yoki o‘yinchoqni) qo‘lida hadeb aylantiraveradi, kiyimi va sochiga qayta-qayta qo‘l tekkizadi;
qo‘llarini bir-biriga ishqalaydi, barmoqlarini qisirlatadi;
barmog‘i yoki ruchkasini og‘ziga soladi, qalamini, tirnoqlarini tishlab g‘ajiydi;
keskin va baland tovushlarni eshitganda cho‘chib tushadi, titraydi;
chalkash-chulkash, tutilib gapiradi, qilayotgan ishini hadeb to‘g‘irlayveradi, ko‘p uzr so‘raydi;
kattalarning ruxsatisiz biron ishga qo‘l urmaydi;
uyqusi yaxshi bo‘lmaydi, qo‘rqinchli tushlaridan shikoyat qiladi;
tezda yuzi qizaradi yoki rangi o‘chadi;
biror narsani tushuntirayotib nuqul terlaydi.
chiziqlar uzuq-yuluq, ingichka, burchaklar uchi birlashtirilmagan bo‘ladi;
mayda detallarga ko‘p e’tibor beradi;
rasmlar tuzatilaverib qog‘oz betida dog‘ qoladi;
chizilgan rasmlar varaqning chap (tepa yoki past) qismida joylashadi.

ChIZGAN RASMLARIGA DIQQAT QILING!

Bolaning chizayotgan rasmlariga qarab uning ichki kechinmalari haqida xulosa chiqarish mumkin. Odatda ruhiyati notinch bolalarning chizgan rasmlarida quyidagi belgilar kuzatiladi:

Ruhan bezovta bolaning asabi doimo tarang bo‘ladi. Har on omadsizlikka uchrashi mumkinligini sezib turadi. Albatta, boladagi bezovtalik, xavotirlanish hissi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Buning qandaydir sababi bor…

TALABChANLIK HADDAN OShMASIN

Ba’zan ota-ona o‘zi erisha olmagan orzularini, farzandi kelajagida ko‘rgisi keladi. Shu sababli bolaga kichkinaligidanoq katta talablar qo‘yadi. Bu bolaning tez charchab qolishiga va zimmasidagi mas’uliyat tufayli ruhan zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa oiladagi kattalarning bolaga, “eng bilimdon bo‘lishing kerak”, “boshqa bolalardan o‘zib ketishing zarur”, “rahbar darajasiga erishishing shart” degan so‘zlarni tinmay takrorlayverishi bolaning asablarini taranglashtiradi. Oqibatda u zimmasidagi vazifalarga ota-onasi talab qilganidek mas’uliyat bilan qaraydi. Hatto shu mas’uliyat yuki tufayli tengdoshlari bilan ko‘chada o‘ynashdan ham voz kechadi.

Ochiqroq aytganda bola ota-onasi o‘tkazayotgan bosimdan juda toliqadi. Ko‘pinchaoiladagi kattalarning gap so‘zlaridan qochib ularga ko‘rinmaslikka harakat qiladi yoki yelkalarini qisib yuradi, ba’zan xech kimga bildirmasdan yolg‘iz o‘zi ko‘chaga chiqib ketadi.

IKKILANISh YaXShI EMAS

Bolada ruhiy bezovtalikning paydo bo‘lishiga ikkinchi sabab shuki, ba’zi ota-onalar bolaga yotgan o‘rnini o‘zi yig‘ishi kerakligini aytadilaru, lekin ertasiga «Bu sening ishing emas» deb farzandiningning o‘rnini o‘zlari yig‘adilar. Yoki boshqa holat. Ota-ona bolaning oldida u yana biroz o‘ynasa bo‘ladimi yoki uxlashi kerakmi, shu haqda tortishadilar. Bolada esa ikkilanish paydo bo‘ladi. Aniqrog‘i, kimning aytganini bajarish kerakligini bilmaydi.

Bir-biriga zid talablarga duch kelar ekan, bola o‘zining hatti-harakatlari qanday baholanishini oldindan bilolmaydi. Lekin kimdir (ota yo onasi) uning harakatidan albatta norozi bo‘lishini sezib turadi. Oqibatda biror ishga qo‘l urar ekan, ko‘nglida xavotir uyg‘onaveradi, bezovta bo‘ladi.

KIM VAHIMAChI?

Ota-onaning oila davrasida turli xavf-xatarlar haqida gapiraverishi bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vahima uyg‘otadi. Shundan so‘ng bolaning ongida «Bu olam xavf-xatarlarga to‘la» degan fikr o‘rnashib qoladi. Garchi bunga hech bir asos bo‘lmasada bola jiddiy muammolarni va oila tashvishlarini bolalar oldida so‘zlamang. Farzandingizning qiziqishlari va re’jalarini so‘rab-surishtiring, amaliy ko‘magingizni ulardan ayamang.

Bola ruhan bezovta bo‘lganda yolg‘iz qolgisi keladi, bo‘shashadi, ko‘p xayol suradi. Shunday vaqtda farzandingiz bilan muloyim ohangda gaplashing, uni nimalar tashvishga solayotganini bilishga harakat qiling.Muhimi bola doimo diqqatingiz markazida bo‘lsa, uning ruhiy olamida hech bir tashvish yoki havotirga o‘rin qolmaydi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish