BIR INSONGA QATTIQ BOG’LANIB QOLMASLIK YO’LLARI

— Biror kimga bog‘lanib qolish tuyg‘usi bolalikdan shakllanadi. Dastlab yosh bola onasiga, buvisiga, otasiga yoki bobosiga, ya’ni kim ko‘proq mehr ko‘rsatgan bo‘lsa, shu insonga bog‘lanib qoladi. So‘ng bog‘chaga borganda bog‘cha opasiga, u yerdagi bolalarga bog‘lanib qoladi. Shu tariqa jamiyatga kirib kelib, atrofidagi ma’lum bir odamlarga bog‘lanib qolish tuyg‘usi davom etaveradi

Bog‘lanib qolishning me’yorlari bo‘lishi kerak, ba’zida bu me’yor oshib ketadi. Bunga sabab, bolalikda yetarlicha mehr ko‘rmaslik, e’tiborda bo‘lmaslik, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishlikdan, kattalar tomonidan qo‘yilgan juda qattiq cheklovlar, kuchli nazorat ostida o‘sganlikdan, deyish mumkin. Ulg‘ayganda esa bola o‘zini erkin his qilolmay, o‘sha “ramka” ichida yashaydi va bog‘lanib qolgan insonlarini ham shu “ramka”ga solgisi keladi. Bolalikda to‘ymagan mehrni o‘sha bog‘lanib qolgan insonidan qidiradi. Shu mehrni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, uni qo‘yib yuborgisi kelmaydi.

E’tibor bersangiz, bunday insonlarning do‘stu dugonalari kam bo‘ladi, hamma bilan oson chiqishib ketolmaydi. Buni egoistik bog‘lanish deb atash mumkin. Bunda bog‘lanib qolgan insonning u bilan suhbat qilishga vaqti bormi-yo‘qmi, gaplashishni istaydimi-istamaydimi — bu qiziqtirmaydi.

Avvaliga u inson yaqin dugona yoki do‘st topganidan, u tez-tez hol-ahvol so‘rab turishidan xursand bo‘ladi. Lekin bu me’yoridan oshib boraversa, u sizdan uzoqlashishni, o‘zini olib qochishni boshlaydi.

Albatta, bog‘lanib qolgan insoningiz har yo‘qlaganingizda sizga “labbay” deyolmasa, siz istagan vaqtingizda yoningizda bo‘lolmasa va siz bundan agressiyaga tushsangiz, ortiqcha ruhiy zo‘riqish bo‘lsa, bu odatdan qutulishingiz shart! Aks holda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishda juda qiynalasiz. Bunda munosabatlar ham uzoqqa bormaydi. Siz ortiqcha zo‘riqishdan charchaysiz.

Bir odamga bog‘lanib qolishdan qutulish uchun nima qilish kerak?

Sog‘lom ko‘nikmalarni hosil qiling. Hech bir inson faqat sizga tegishli emas. U ham mustaqil, uning ham o‘z hayoti bor. Shuning uchun atrofingizdagi odamlarni, shu jumladan, bog‘lanib qolgan insoningizni boricha qabul qiling.
O‘zingizni turli yumushlar bilan band qiling. Bo‘sh vaqtingiz bormi, uni albatta, biror qiziqqan mashg‘ulot bilan o‘tkazing. Bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullangan odam har bir jabhada turli muhitni, turli odamlarni ko‘radi va bir odamga bog‘lanib qolmaydi.

Shuningdek, bog‘lanib qolish qarama-qarshi jins vakillari o‘rtasida ham bo‘ladi. Buni ular sevgi deb o‘ylashadi. Egoistik bog‘lanib qolish bilan sevgini qanday farqlash mumkin? Buni birgina misolda ko‘rib chiqamiz.

Siz sevgan insoningizning yutuq va muvaffaqiyatlaridan undanam ko‘p xursand bo‘lasizmi? Yoki uning yutuqlari sizni quvontirmaydimi, balki umuman qiziqtirmas? O‘sha yutuqlarga erishish uchun sarflagan vaqtini sizga bag‘ishlaganda yaxshi bo‘larmidi? Demak, endi xulosa qiling, siz uchun qay biri muhim?

Agar hamrohingizning muvaffaqiyatlari sizni ham quvontirsa, tuyg‘ularingiz sevgi ekanidan, agar aksincha bo‘lsa, egoistik bog‘lanib qolganligingizdan darak.

Bog‘lanib qolishning yana bir turi bor. Bu — ota-ona, bobo-buvi kabi insonlarga, ya’ni boshqaruvchiga bog‘lanib qolishdir. Bunda hayotingizni kimdir boshqarishi kerak. O‘z mas’uliyatlaringizni shu boshqaruvchiga topshirib qo‘yasiz. Sizga shunday yashash oson. Shunday toifa insonlarga aytar gapimiz shuki,yashayotgan hayotingiz, g‘alaba va mag‘lubiyatlaringiz, g‘am va shodliklaringiz faqat o‘zingizniki! Bog‘lanib qolgan insoningiz sizga bog‘lab qo‘yilmagan. Ertaga vaziyat o‘zgarib, ayriliq yuz berganda, bunga chidashingiz qiyin kechadi, qattiq tushkunlikka tushib qolishingiz mumkin


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish