Yoringizning ovqatlanish holatiga qarab tashxis qo‘yamiz.

Oiladagi “ob-havo”ni bir maromda ushlab turish ayol kishining qo‘lida, deydi mutaxassislar. Ammo tan olish kerakki, er-xotin munosabatlaridagi “iqlim” juda o‘zgaruvchan. Hozirgina oftob charaqlab turgan bo‘lsa, zum o‘tmay, yomg‘ir savalay boshlaydi! Albatta, yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilmaslik ayol kishiga ko‘proq bog‘liq. Zero, u juftining fe’l-atvorini tushuna bilsa, har qanday “tabiat hodisa”sining oldini olish mumkin. Ana shu hayotiy haqiqatni inobatga olgan holda bugun erkaklar dunyoqarashini o‘rganish, juftimiz bilan muomala qilish san’atidan saboq olishni maqsad qildik.

Dasturxon atrofida… tadqiqot o‘tkazamiz!

Ruhshunoslar kuchli jins vakillarining ichki olamini o‘rganish uchun ularning bo‘yinbog‘ bog‘lashi, qo‘l harakatlari va imo-ishoralariga e’tibor qilishni tavsiya etishadi. Keling, har kuni yuzma-yuz keladiganingiz bir holat – juftingizning dasturxon boshida o‘zini qanday tutishiga qarab, fe’lini o‘rganish sirlari haqida gaplashamiz.

  1. Ishtahasi karnaymi?
    Agar juftingiz tamaddi chog‘i o‘zini juda ochiqqandek tutib, pala-partish ovqatlansa, demak, u nihoyatda beqaror odam. Tez-tez va ishtaha bilan taomlansa, bilingki, uning fikrlashi ham tezkor. Єolaversa, har bir yumushni ishtiyoq bilan bajaradi. Ovqatlana turib, pishirig‘ingizni maqtasa, undagi mahsulotlarning foydali xususiyati haqida gapirsa, bu odamda har bir narsani mayda-chuydasigacha surishtirish odati bor. Shoshilmay, xotirjam ovqatlanadiganlar yaxshi tashkilotchi bo‘lishadi. Tayyorlagan taomingizdan norozi bo‘lib, ishtahasiz tamaddi qiladigan erkak esa xafsalasizdir.
  2. Ovqat mahali so‘zlashsa…
    Begingiz ovqatlanayotganida gapiradimi yoki og‘zidagi luqmani yutib bo‘lgachmi? Birinchi holat eringizda tez-tez kuzatilsa, bu uning fikrlash qobiliyati yaxshi ekanligidan dalolatdir. Bunday erkaklar o‘z xatti-harakatlarini qat’iy nazorat qila biladilar. Ikkinchi holatdagi erkak esa juda ochiq va soddadil kishi. U bilan istalgan mavzuda dildan suhbatlasha olasiz.
  3. Dasturxon boshida gaplashmaymiz!
    Turmush o‘rtog‘ingiz tamaddi vaqti so‘zlashmaslikni ma’qullasa, bu uning qat’iyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi belgisidir. Bunga javoban, siz ham qat’iyatli bo‘lishingiz lozim.
  4. Sanchqini o‘ynatib…
    Ba’zi erkaklarda ovqatlanayotib, qoshiq yoki sanchqini o‘ynatib o‘tirish odati bor. Bunday odamlar erkin fikr yuritishga moyil bo‘lishadi. Ya’ni atrofdagilarning ta’siriga tushmay, o‘z bilganlarini qilishadi. Aksincha, sanchqi yoki qoshiqni mahkam ushlab olgancha taom tanovul qiladigan erkak har narsaga shubha bilan qaraydi va o‘ziga nisbatan ishonchi sust bo‘ladi.
  5. Taomdan so‘ng…
    Turmush o‘rtog‘ingiz ovqatlanib bo‘lgach, likopcha ustiga sanchqi va qoshiqni qo‘yib, o‘rnidan qo‘zg‘alsa, bu, shubhasiz, namunali tarbiya belgisidir. U bilan baxtli hayot kechirish uchun har bir narsa-buyum o‘z o‘rnida bo‘lishiga e’tibor berganingiz ma’qul. Єoshiq yoki sanchqini yalab qo‘yish odati bor erkak, odatda, prinsipial kishilar toifasidan bo‘lib, unga ma’naviy ta’sir o‘tkazish juda mushkul. Bordi-yu, eringiz ovqatlanayotib, dam qoshiqni, dam sanchqini tushirib yuborsa, bilingki, unda kutilmagan qaror va takliflar bisyor. Bunday erkak bilan hayotingiz zavqli o‘tsa-da, birga yashash oson kechmasligi mumkin.

Tasavvur qiling-a, eringizning qo‘lida jarohat borligini ko‘rib qoldingiz. Shu paytda: “Buni qaerdan orttirdingiz? Dori surtdingizmi? Infeksiya tushsa, nima bo‘ladi? Qaerga qaradingiz?”, deydiganlar toifasidan bo‘lsangiz, demak, juftingizning fe’l-atvorini o‘rganishda davom etishingiz lozim. Chunki siz noto‘g‘ri yo‘ldan borayapsiz va bu holatda u sizga yaxshi muomala qilmasligi tayin. Ammo vaziyat boshiga qaytib, surishtiruv ishlarini boshlamay, jarohatga malham qo‘yishga oshiqsangiz, marra sizniki! Zotan, siz juftingiz uchun chinakam ma’noda malham bo‘lishingiz kerak. Shunda ahil-inoq turmush kechirasiz.

Juftingizning xarakterini yanada yaxshiroq tushunish uchun yana qanday holatlarga diqqat qilishingiz kerakligini bilasizmi? Bu haqida ertangi kechki romantikada suhbatlashamiz. Erkakning tashqi ko‘rinishi, yoqtirgan mahsulotlariga qarab fe’l – atvorini tahlil qilish hamda unga moslashishni o‘rganamiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish