- Otangizdan onangiz rahmiga o‘tgan o‘n million tirik hujayradan faqat siz tirik qolgansiz. Qolgan hujayra o‘lgan;
- Ko‘rimsiz bir maxluq emas, chiroyli inson bo‘lib yaralgansiz;
- Nogiron bo‘lib emas, to‘rt muchangiz sog‘ tug‘ildingiz;
- Odamlar boshpanasiz yashagan, ibtidoiy davrda emas, hamma sharoit muhayyo bo‘lgan davrda dunyoga keldingiz;
- Har qadamda dahshatli, zaharli hayvonlar xavf soladigan chakalakzorda emas, mo‘’tadil yurtda tug‘ildingiz;
- Muttasil jazirama issiq yoki doimo qahraton sovuq hukmron joylarda emas, to‘rt fasl mukammal yurtda tug‘ildingiz;
- Maxluqqa emas, Xoliqqa sig‘inadigan yurtda dunyoga keldingiz;
- Qarzlaringiz ko‘p emas.
- Ko‘nglingiz xotirjam.
- Yetimlikda tug‘ilmadingiz, ota-onangiz boshingiz soyaboni bo‘lib turibdi;
- Farzandlaringiz soppa-sog‘;
- Jismingiz sog‘lom, o‘z qo‘lingiz bilan ovqatingizni yeysiz, o‘z oyoqlaringiz bilan tanangizni ko‘tarib yuribsiz;
- Piyoda emassiz, tagingizda ulovingiz bor;
- Yurtimiz tinch, tunlari xotirjam uxlaysiz;
- Bekor qolganingiz yo‘q, tayinli ish joyingiz bor;
- Adashib, uloqib yurganingiz yo‘q, boshingiz sajdada, tilingiz duoda;
- Mast qiluvchi, aqldan ozdiruvchi narsalardan yiroqsiz.
Ko‘rdingizmi, o‘zingizni baxtiyor his qilishingiz uchun qancha sabablar bor.
Yana nima kerak sizga…‼️
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.