Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlash uchun 7 maslahat!

Dunyoda biz bilishni istagan narsalar juda ko‘p, biroq vaqt kam. AdMe.ru kuningizni samarali tashkillashtirish hamda o‘ylagan barcha ishlaringizni amalga oshirishga yordam beradigan 7 maslahat bilan o‘rtoqlashdi.

Barcha ishlaringiz va rejalaringizni yozib boring, hatto ularni esdan chiqarmasligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa ham

Kundalik ishlaringiz, o‘qigingiz kelgan kitoblar, ko‘rishni mo‘ljallagan fil’mlar ro‘yxatini tuzing.

Xarid qilish kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va hattoki istaklar ro‘yxatini tuzish – bu kichik, lekin foydali odat sizga hech narsani esdan chiqarmaslik va barcha ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish imkonini beradi.

«Bekorchi» vaqtni aql bilan sarflang

«Bekorchi vaqt» – bu yumushlar orasidagi bo‘shliqlar: jamoat transportida yurish, navbat poylash, do‘stlar va hamkasblarni kutishga ketadigan vaqt. Vaqtingizni telefondagi befoyda «o‘yinchoq»larga sarflamang, yaxshisi anchadan beri o‘qigingiz kelgan kitob mutolaa qiling, o‘zingiz bilan xorijiy til darsligini olib yuring, ma’ruzalarni o‘qing yoki sketchbukda rasm chizing.

Reklamaga vaqtingizni sarflamang – sevimli fil’mlaringizni yuklab oling yoki onlayn tomosha qiling

Bugungi kunda reklama televidenie efirining ko‘p vaqtini oladi, teleko‘rsatuvlar yoki seriallar reklama tufayli bir yarim barobar uzoq vaqt davom etadi. Qimmatli vaqtingizni tejang, sevimli teleshou, fil’m yoki serialingizni yuklab oling – shunda siz reklama ko‘rishga ortiqcha vaqt sarflamaysiz va bo‘sh soatlaringizni boshqa foydali ishlar ustida o‘tkazasiz.

Kun davomida qilayotgan ishlaringizni yozib boring va tahlil qiling

Tajriba o‘tkazib ko‘ring: 2-3 kun ketma-ket qilayotgan barcha ishlaringiz va ularga ketayotgan vaqtni yozib boring. Shundan so‘ng uni diqqat bilan o‘rganib chiqing – o‘shanda qimmatli vaqtingiz nimalarga sarflanayotganini tushunib yetasiz. Pochtani tekshirish yoki ijtimoiy tarmoqlarni sahifalashga qancha vaqt ketganini ko‘rib, o‘zingiz hayron qolasiz.

O‘z majburiyatlaringiz va ishlaringizni yaqinlaringizga ishonib topshiring

Uy ishlari ro‘yxatini o‘rganib chiqqach, ularning ba’zilarini yaqinlaringizga topshirish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Masalan, turmush o‘rtog‘ingiz sizning o‘rningizga chiqindi to‘kishga chiqib kelishi mumkin, bolalaringiz esa – yoshiga to‘g‘ri keluvchi uy yumushlarini bajarishda yordam berishadi.

Kichik yumushlaringizni kunma-kun taqsimlang

Ba’zi ishlarga kam vaqt ketadi: 5-15 daqiqa. Ana shunday yumushlar ro‘yxatini tuzing va har kuni bittadan bajaring. Bu javondagi changlarni artish yoki xona o‘simliklariga suv quyish bo‘lishi mumkin. Ishlaringizni bunday taqsimlash yirik, ko‘p bosqichli ishni osonlashtirishda yordam berishi shubhasiz.

Holdan toyganda emas, muntazam ravishda dam oling

Har bir soatning 10 daqiqasini dam olishga, haftaning bir kunini esa – butkul o‘zingizga ajrating. Shunda siz kamroq charchaysiz va ko‘proq ishlarga ulgurasiz. Yodingizda bo‘lsin, ishlaringizning samaradorligi sizning kuchingizga bog‘liq, shu bois dam olish uchun vaqtingizni qizg‘anmang.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish