#MOTIVATSIYA
Zamonamizning eng yaxshi #motivatorlaridan biri, yozuvchi, tadbirkor va bir qancha layf-kouching bestsellerlar muallifi – Toni Robbinsni ko’pchilik tanisa kerak. Hozir sizlarga Robbinsning iqtiboslaridan keltiraman:
1. Noodatiy yashash imkoni bor paytda, odatiy yashashni nima keragi bor?
2. Odam erinchoq emas, shunchaki ular oldiga ruhlantirmaydigan maqsadlar qo’yishadi.
3. Sizning o’tmishingiz kelajagingiz bilan tenglashmaydi.
4. Har bitta muammo – bu sovg’a. Muammolarsiz rivojlanib bo’lmaydi.
5. Ko’p odamlar nima qilishni bilishadi, lekin juda kam kishi o’sha bilganini qiladi. Shunchaki bilish yetarli emas, harakat ham qilish kerak.
6. Siz u haqida gapirsangiz – bu orzu, siz u haqida tasavvur qilsangiz – bu imkoniyat, siz uni amalga oshirishga harakatni boshlasangiz – bu reallik.
7. Shaxsiy hayotimizni yaxshilash o’z qo’limizda. Biz o’zimiz istagan insonga aylana olamiz.
8. Muvaffaqiyatli insonlar eng yaxshi savollarni berishadi va natijada eng yaxshi javoblarni olishadi.
9. Haqiqiy yetakchilar vaqtining 5 foizini muammoni aniqlashga sarflashadi va 95 foiz vaqtini muammoni yechishga.
10. Qachonki siz minnatdor bo’lsangiz, qo’rquv yo’qoladi va baraka kelishni boshlaydi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.