TEZKOR BO'LISH UCHUN 21 MASLAHAT!

Internetda ish unumdorligini oshirish usullari haqida ko‘plab maqolalar topishingiz mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi samara bermaydi. Quyida tajribadan o‘tgan, kun davomida osongina qilish mumkin bo‘lgan turli choralarni tavsiya qilamiz. Ular sinovdan o‘tgan va minglab foydalanuvchilar tomonidan ma’qullangan maslahatlardir.

  1. Prioritet, ya’ni o‘zingiz uchun eng muhim bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab oling va ularga alohiga e’tibor qarating. Aks holda bugun bajarayotgan 80 foiz ishingiz yaqin orada hech qanday foydali natija bermaydi. Maqsadsiz qilingan ish unumsiz ish bo‘lib qolaveradi.
  2. Uyqu, ovqatlanish va mashqlar sizga natijani uch karra oshirishga ko‘maklashadi. Chunki ular diqqat, motivasiya va energiyangiz darajasini oshiradi.
  3. Ikki daqiqa qoidasi. Agar siz qilishingiz kerak bo‘lgan biror bir vazifani (masalan, muhim xatga javob yozish yoki stolingiz ustini tartiblash) mana shu ikki daqiqa ichida qila olsangiz unda uni hoziroq bajarib qo‘ying. Agar uni keyinroq qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, birinchidan, bu ish endi ko‘proq vaqtingizni oladi, ikkinchidan, qolgan ishga qor yog‘ar deganlaridek, ishni keyinga sursangiz u umuman yodingizdan ko‘tarilib, qilmasligingiz ham mumkin.
  4. Besh daqiqa qoidasi. Bu qoida dangasalikka qarshi qurol sanaladi. O‘zingizga qiyin ko‘ringan qilmaslikka qaror qilgan ishingizga, avvalo, 5 daqiqa ajratasiz va sekin shu ishga sho‘ng‘ib ketasiz. Bu yerda asosiysi vazifani bajarishga kirishish, shunda uning qanday tugab qolganini bilmay qolasiz.
  5. Seynfeld qoidasi. Agar qaysidir bir sohada yoki ishda professional bo‘lishni istasangiz u bilan har kun shug‘ullaning. Yangi yil, Navro‘z hatto 8 mart ham bundan istisno emas!
  6. Odatlaringiz ustida ishlang. Yaxshi odatlar har qanday insonga maqsadiga erishish uchun imkon yaratsa, yomonlari ishni orqaga tortadi. Shunday ekan, ijobiy odatlarni yanada rivojlantirib, salbiylarini kamaytirishga harakat qiling.
  7. Xotiraga ishonib qolmang. Hatto daho bo‘lsangiz ham har bir ma’lumotni esda saqlab qolishning iloji yo‘q. Yon daftarchangiz yoki qo‘l telefoningizda doimo qaydlar yozib, vazifalaringiz jadvalini tuzib boring.
  8. O‘zingizga qulay hamda keraklicha jihoz va xizmatlardan foydalaning. Hozirgi kunda raqobatdosh xizmat, dastur va mahsulotlar juda ko‘p. Ular ichidan qilayotgan ishingiz va qo‘ygan maqsadingizga mosini tanlang, qolganidan voz keching.
  9. Tartib-intizom. Tartibni quyidagi ikki narsadan boshlagan maqsadga muvofiq: har tong kuningizni rejalashtiring va har kecha o‘tkazgan kuningiz xususida kichik hisobot yozing. Bu sizga asosiy maqsadlaringizni aniqlashga, befoyda ishlardan qochib, aynan siz uchun kerak bo‘lgan vazifalarni anglashga yordam beradi.
  10. Pomodoro. Bu ish unumdorligini oshiruvchi maxsus texnikadir. Bunda ish kuni 25 daqiqali faol samarali qism va 5 daqiqali tanaffuslarga bo‘linadi. Ammo bu taqsimlashni siz o‘zingizga moslab olishingiz ham mumkin.
  11. Hamisha quloqchin taqib oling. Bu degani tinmay qo‘shiq eshitish degani emas, albatta. Quloqchin taqish atrofingizdagilarga sizni bezovta qilmasliklariga yoki ularning gapiga e’tibor qaratmaslikka bir bahona bo‘ladi.
  12. Elektron pochtangizni tez-tez tekshirib turish odatingizni bas qiling. Ish kuningizni pochtangizni tekshirish bilan boshlamang va tugatmang. Bu ishni kuniga ko‘pi bilan uch marta qiling, masalan, 11, 14 va 17da. Vazifalarni rejalashtirish, fayllarni saqlash va shaxsiy yozishmalarni arxivga joylash orqali xatlarni tartiblab turing.
  13. Telefon bilan ham xuddi shunday qiling, unga ham kamroq vaqt sarflang. Hamisha aloqada bo‘lishingiz shart emas-ku. Bandmisiz uni o‘chirib qo‘yishga, vaqtingizni qizg‘anishga o‘rganing. Kimga kerak bo‘lsangiz qayta qo‘ng‘iroq qiladi, qaytib qilmadimi, demak ular uchun vaqt sarflamay to‘g‘ri qilgansiz.
  14. Mayda ishlarni jamlab bir vaqtda bajaring. Pochta, Fesbuk xabarlarini tekshirish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish kabilar.
  15. MI3 qoidasi. MI3ning kengaytmasi Most Important three tasks, ya’ni eng muhim uch vazifa bo‘lib, u tongni siz uchun o‘ta muhim bo‘lgan uch ish bilan boshlash kerakligini anglatadi. Qolganini vaziyatga qarab joylashtirasiz.
  16. Iroda kuchi ham cheklangan. Shuning uchun zarur qarorlarni kunning birinchi qismida qabul qilishga odatlaning. Qolgan ikkinchi darajalilarini

bilvosita qilish ham mumkin.

  1. Eng muhimi. Hamisha o‘zingizgan “qaysi bir eng muhim ishni ayni damda bajarishim mumkin?” deb so‘rang va ro‘yxatdagi 4-qoidadan foydalanishdan boshlang.
  2. Mukammallik ketidan quvib, vaqt yo‘qotmang. Ishingizni tugallashni juda cho‘zib yubormang.
  3. Bosim mo‘’jiza yaratishi mumkin. Oldinga intilish uchun mukofot yoxud ijtimoiy majburiyatlardan foydalaning. Jazolanishdan qo‘rqish yoki maqtovga qiziqish mo‘’jizlar amalga oshishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayniqsa, qilishingiz kerak bo‘lgan vazifaning mas’uliyati katta bo‘lsa.
  4. Dangasalikning ham foydasi bor. Ba’zan bekorchilik va vaqtni istaganday o‘tkazish miyangizga energiya impul’sini taqdim qiladi. Faqat bu jarayonni nazorat qila bilish kerak.
  5. “Yo‘q” deng, rad qiling, hayotingizni hamkasblaringiz yoki tanishlaringiz xohishidek emas, balki o‘z rejalaringiz asosida qurishga o‘rganing

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish