Savollarga faqat «ha” yoki «yo‘q” deb javob bering.
- Agar turmush o‘rtog‘ingiz sizning yoningizda begona ayolga nazar tashlasa, ko‘chada bo‘lsangiz ham janjal uyushtirasizmi?
- Agar sevgilingiz siz bilan uchrashuvga kech qolayotgan bo‘lsa, siz uni boshqa ayol bilan birga deb o‘ylaysizmi?
- Ishxonasidagi ayollar haqida so‘rab turasizmi?
- Bo‘sh vaqtingizni turmush o‘rtog‘im bilan o‘tkazishim kerak deb o‘ylaysizmi?
- Siz uning shaxsiy narsalarini tekshirib (titkilab) turasizmi?
- Tuyg‘ulari haqida gapiradimi?
- U sizning qiziqishlaringizga befarq bo‘lmasligi kerak, deb o‘ylaysizmi?
- Qaerga ketayotgani, kim bilan uchrashayotgani to‘g‘risida so‘roqlab turasizmi?
- Xafalashib qolganingizda, bir necha kunlab gaplashmay yurishingiz mumkinmi?
- Uning o‘tmishi haqida ko‘p o‘ylaysizmi?
- U sizga ishongani uchun sizni rashk qilmasligini aytdi. «Meni sevmay qo‘yibdi» deb o‘ylab qolasizmi?
Javoblar orasida «ha” ni hisoblab chiqing.
10 va undan ortiq «ha” javobini bergan «rashkchi” honimlar diqqatiga: sizning rashkingiz kasallik darajasiga etgan. Sevgan insoningizni faqat sizgagina tegishli bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz. O‘zingizni ko‘rimsiz, xunukman, mendan chiroyli bir xurliqo erimni tortib oladi degan hadikda yashaysiz. Turmush o‘rtog‘ingizga umuman ishonmaysiz. Bunchalik rashkchi bo‘lish yaxshilikka olib kelmaydi. Begingizga ishoning, axir shuncha xurliqolar ichidan u sizni tanladi.
5 — 9 «Ha” javobi uchun: sizga rashk tuyg‘usi yot, desa ham bo‘ladi. Ammo hammasini yig‘ib yuribsiz va vaqti bilan portlab turasiz. Lekin tinchlanib olganingizdan so‘ng, rashk qilishga hech qanday asos bo‘lmaganini o‘ylab, afsuslanasiz. Rashkingizni keltirgan narsalar haqida turmush o‘rtog‘ingiz bilan xotirjam gaplashib oling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.