Insonlar, ularning fe’l atvori ham turlicha. Shunday paytlar bo‘ladiki, biz o‘zimiz bilan yonma-yon yashayotgan, bir havodan nafas olayotgan odamning aslida qandayligini anglay olmaymiz. Shu kamchiligimiz tufayli hayotda ko‘p bor qoqilamiz, kechirilmas xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Quyidagi test barchangizga qanday inson kanligingizni aniqlab bersa ajab emas.
- Yaqin do‘stingiz sizdan katta pul qarz so‘radi. Tutadigan yo‘lingiz?
a) Meni xasis demasligi uchun albatta qarz beraman.
b) Moliyaviy ahvolimdan, do‘stim yoxud dugonamning muammosi katta-kichikligidan
kelib chiqib qarz beraman.
v) Qarz bermaslik uchun arzirli bahona o‘ylab topaman.
- Bolalar oilada ko‘proq kimga o‘z muammolarini aytishadi?
a) Kimgayam aytishardi? Dadasi ishda, shuning uchun onasiga aytadi.
b) Agar bola tarbiyasi bilan er shug‘ullansa, u bolalar g‘irt ahmoq bo‘lib ulg‘ayishadi.
v) Agar ruhiy muammolar bo‘lsa, onasiga, o‘qish, ish masalasi bo‘lsa, otasiga
murojaat etishadi.
- Oilangizda kim ovqat tayyorlaydi, axlat tashlashga chiqadi, idish-tovoqlarni yuvadi?
a) Er zarur bo‘lgandagina uy yumushlariga ko‘maklashadi.
b) Agar erga uy yumushlari ishonib topshirilsa, hammasini keyin qaytadan bajarib
chiqish kerak bo‘ladi.
v) Bizning huquqlarimiz bir xil. Shunday ekan, er-xotin birgalikda uy
yumushlarini bajaramiz.
- Siz ishxonangizda birdan yuzlab ishlarni bo‘yningizga olasizmi yo tartib bilanmi?
a) Mabodo hamkasblarim iltimos qilishsa, ularning yumushlarini ham o‘z bo‘ynimga
olaman.
b) Ishni hech kim menchalik do‘ndira olmaydi. Basharti kimdir shu ishni amalga
oshirgan bo‘lsa-da, baribir keyinroq o‘zim boshqatdan kirishaman.
v) Ishxonada har kimning o‘z vazifasi bor. Agar menga qo‘shimcha ish beriladigan
bo‘lsa, darhol boshliqqa bu ish mening majburiyatimga kirmasligini aytaman.
- Tez-tez atrofdagilarga tanbeh berib, ularni hayotga o‘rgatasizmi?
a) Begonalar bilan ishim yo‘q. O‘zimnikilarni esa albatta o‘rgataman.
b) Men bilgan odamlar shundoq ham hayotda to‘g‘ri yashashga intilishadi. Lekin
ehtiyot shart ba’zida tanbeh berib turaman.
v) Men aqli-hushi joyida odamga hayotdan dars berish keraksiz narsa deb o‘ylayman.
- Ishxonada, oilada tez-tez sizning fikringiz bilan hisoblashishadimi?
a) Bizning oilada doimo so‘nggi qarorni erkak, ishxonada esa boshliq chiqaradi.
b) Agar ishxona va uyda mening ishtirokimsiz muammo hal bo‘lishiga ishonmasam,
albatta, o‘z fikrimni o‘tkazishni burchim deb bilaman.
v) Men hamisha boshqalardan o‘tib nasihatgo‘ylik qilmaslikka, yonimdagilarning
fikri bilan hisoblashishga urinaman.
NATIJALAR:
Qaysi javob ko’pligiga qarab hisoblang
“A” javoblar uchun. Siz anchagina ko‘ngilchan odamga o‘xshaysiz. Sizga yaqin
odamlar bundan foydalanishga urinishadi. Muammolarini osonlikcha bo‘yningizga
yuklab qo‘yaverishadi. Yo‘q, har kimning yo‘rig‘iga yurib ketaverishingiz noto‘g‘ri.
Tanlab ish tutishga o‘rganing. Shunday qilsangiz, oddiy qilib aytganda, “Six ham,
kabob ham kuymaydi”. Toki, bir kun kelib boshingiz balodan chiqmay qolmasin.
“B” javob uchun. Bir qaraganda, siz balogardonday tuyulasiz. Agar ishxonada bir
kun bo‘lmasangiz, ish to‘xtab qoladigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Dunyo
sizsiz ham yashayveradi. Endi ko‘zingizni kattaroq oching. O‘zga muammolardan
hiyla uzoqroq bo‘lishga harakat qiling.
“V” javob uchun. Siz anoyi emassiz. Boshqalar o‘z maqsadi yo‘lida sizdan
foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaysiz. Oilada, ishda o‘z majburiyatingizni aniq
belgilab olishga ustasiz. Lekin sizga ham picha yumshoqlik zarur. Negaki, zarur bo‘lganda do‘stlarga ko‘maklashib yuborish biz insonlarga xos fazilatdir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.